Er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari



Yüklə 18,25 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü18,25 Kb.
#159000
er-xotinnig shaxsiy huquq va majburiyatlari (1)


5-mavzu. Er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari
Reja:
1.Er va xotin huquq va majburiyatlarining vujudga kelishi
2. Oilada er va xotinning teng huquqliligi
3. Er va xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini hal qilishi

1.Er-xotinning shaxsiy-nomulkiy huquq va majburiyatlari Er-xotin o‘rtasidagi munosabat qanchalik barqaror bo‘lsa, oila ham shunchalik mustahkam bo‘ladi, bolalarni tarbiyalash ishi to‘g‘ri olib boriladi. Binobarin, mamlakatimizda insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurishda hamda nikoh munosabatlarini tartibga solishda huquqiy normalarning ahamiyati yuqoridir. Qonunda belgilangan qoidalarga binoan tuzilgan nikoh er va xotin uchun huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradi, boshqacha qilib aytganda er-xotin munosabatlari vujudga keladi. Nikoh qayd etilgan paytdan boshlab shaxsiy huquqlar er va xotindan har birining subyektiv oila huquqini tashkil etadi hamda faqat oilaviy-huquqiy munosabatda namoyon bo‘ladi. Demak, u faqat shu ma’noda oilaga oid qonun hujjatlari bilan himoya qilinadi. Er-xotinning har biriga tegishli bo‘lgan shaxsiy huquq va majburiyatlar faqat oila huquqi bilan emas, balki huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi. Bunda xotin-qizlar siyosiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqqa ega bo‘lganlaridek, oilada ham barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda erkaklar bilan teng huquqlardan foydalanadilar va bab-baravar majburiyatlarga egadirlar. Bu qoida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan. Er-xotinning qayd etilgan nikohi natijasida vujudga kelgan huquq va majburiyatlari ikki xil ─ shaxsiy va mulkiy bo‘ladi. Shaxsiy huquqlarning ko‘pi er-xotinning nikohi tufayli yuzaga keladigan huquqi kabi, nikohga o‘tgunga qadar ham ularga tegishli bo‘ladi. Masalan, familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va oila-turmush masalalarini hal qilish, mashg‘ulot turi, kasb va turarjoy tanlash huquqlari shular jumlasidandir. Bunday holatlar ularning mehnat va fuqarolik huquqi muomala layoqatining elementi bo‘lib, oila huquqi sohasiga kirmaydi. Nikoh qayd etilgan paytdan boshlab shaxsiy huquqlar er va xotindan har birining subyektiv oila huquqini tashkil etadi hamda faqat oilaviy-huquqiy munosabatda namoyon bo‘ladi. Demak, u, faqat shu ma’noda oilaga oid qonun hujjatlari bilan himoya qilinadi. Er-xotinning har biriga tegishli bo‘lgan shaxsiy huquq va majburiyatlar faqat oila huquqi bilangina emas, balki huquqning boshqa sohalari bilan ham tartibga solinadi. Fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 20 va 100-moddasiga muvofiq himoya qilinadi. Oilaviy munosabatlarda er-xotinning shaxsiy huquqlari mulkiy huquqlariga nisbatan ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, ularning hajmi, mazmuni, xarakteri er va xotinning oilaviy huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi sifatidagi huquqiy holatini belgilab beradi.


2.Oilada er va xotinning teng huquqliligi. Konstitutsiyaning 19-moddasiga asoslangan va tenglik tamoyilidan kelib chiqib, Oila kodeksining 19-moddasida oilada er va xotinning teng huquqliligi belgilab qo‘yilgan. Barcha huquqiy munosabatlarda er-xotin huquqning teng subyekti hisoblanib, ularga bab-baravar huquqlar beriladi va tegishli majburiyatlar ham yuklanadi. Bu tamoyil to‘la amalga oshiriladi va moddiy ta’minlangan. Er-xotin mulkiy huquqqa tegishli bo‘lmagan shaxsiy huquqlariga oid barcha masalalarni birgalikda hal qiladilar. Ular oilada hamma shaxsiy huquqlarda tengdirlar. Amaldagi qonunlar turmushga chiqqan ayolni muomala layoqatini hech qanday cheklamaydi, uni eriga bo‘ysundirib, qaram qilib ham qo‘ymaydi. Barcha huquqiy munosabatlarda er-xotin huquqning teng subyekti hisoblanib, ularga bab-baravar huquqlar beriladi va tegishli majburiyatlar ham yuklanadi. O‘zbekistonda er va xotin rasmiy jihatdangina emas, balki oilada ham teng huquqqa egadir. Oila huquqiga asosan, er-xotin umumiy xo‘jalik ishlarini birgalikda, o‘zaro hamjihatlik asosida olib boradilar. Ular bir-birlariga ma’naviy yordam berib, ko‘makdosh bo‘lib yashaydilar, hamma masalalarni bamaslahat hal qiladilar. Biroq er-xotindan birining shaxsiy huquqini amalga oshirishga muntazam xalaqit berish (masalan, erning yoki xotinning mashg‘ulot turi, kasb tanlashiga ), shaxsiy huquqlarni amalga oshirishni suiiste’mol qilish, oila manfaatlariga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar nikohdan ajralishga olib kelishi mumkin. Familiya tanlash huquqi er-xotining muhim shaxsiy huquqlaridan hisoblanadi. Oila kodeksining 20-moddasiga binoan, “Nikoh tuzish vaqtida er va xotin o‘z xohishi bilan eri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha bo‘lgan o‘z familiyasini saqlab qoladi. Er va xotindan birining o‘z familiyasini o‘zgartirishi boshqasining ham familiyasi o‘zgarishiga olib kelmaydi”. Keyinchalik familiyani o‘zgartirishga faqat umumiy asoslarda, qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Agar nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida nikohga o‘tuvchilar o‘zlarining nikohga qadar bo‘lgan familiyalarida qolgan bo‘lsalar, keyinchalik esa ular eri yoki xotinining familiyasiga o‘tishni xohlasalar, bu masala qonunda belgilangan tartibda -fuqarolarning familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirish tartibida hal qilinadi . Nikohga o‘tuvchilarga ularning familiya tanlash huquqlarini tushuntirib berish nikohni qayd etuvchi mansabdor shaxsning majburiyati hisoblanadi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibiga kirgan davlatlar qonunchilik tajribasida er-xotinlar qo‘sh familiyada, ya’ni er va xotinning familiyasida bo‘lishi amaliyoti ham bor. bizning Respublika hududida nikohni qayd etuvchi fuqarolar erxotinning qo‘sh familiyasini umumiy familiya qilib tanlab olishlari mumkin.
3. Er va xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini hal qilishi. Oila kodeksining 21-moddasida “Bolalar tarbiyasi va oilaviy turmush masalalarini er va xotin birgalikda hal qiladilar,”- deb belgilangan. Ota-onaning asosiy vazifalaridan biri ─ farzand ko‘rish va tarbiyalashdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida “Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqishi.ularning tarbiyalasi, ta`lim olisi,soglom,to`la qonli va har tomonlama kamol topishi xususida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar,”- deb belgilab qo‘yilgan. Huquqiy nuqtai nazardan oilaning asosiy belgilaridan biri oila a’zolarining birgalikda yashashidir. Shuning uchun oilaviy turmushning hamma masalalari, umuman, oila manfaatlari va ayniqsa, voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini inobatga olgan holda, er-xotin tomonidan o‘zaro rozilik asosida birgalikda hal qilinadi. Bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning ayrim masalalarini hal qilishda rozilik bo‘lmasa, er-xotindan har biri yoki ularning ikkalasi birgalikda vujudga kelgan nizoni hal qilish uchun tegishli davlat organiga murojaat etish huquqiga egadirlar. Vujudga kelgan nizoning qaysi organ tomonidan hal qilinishi qonunda belgilangan. Nizoning xarakteriga qarab, bunday organlar tarkibiga sud, vasiylik va homiylik organi kiradi. Er-xotin o‘rtasida bolalar tarbiyasiga oid nizolar, bolalarga familiya yoki ism berish masalasidagi kelishmovchilik vasiylik va homiylik organi tomonidan hal qilinadi. Respublika sudlari ota-onalar o‘rtasidagi bolalarga doir nizolarni to‘g‘ri hal qilishga amaldagi oila qonunlari bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentyabrdagi 23-sonli “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori dasturiy ko‘rgazmasiga asoslanishi lozim. Bu hujjat bolalarning tarbiyasi bilan bog‘liq nizolarning sudlar tomonidan to‘g‘ri hal etilishini, ota-onalar va bolalar huquqlarining muhofazasini, ota-onalarning o‘z bolalarini tarbiyalashdagi mas’uliyatlari oshirilishini ta’minlashga imkoniyat tug‘diradi, ota-onalarning bolalari manfaatlariga zid kelishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan foydalanishlariga barham beradi, voyaga yetmaganlarning qonunbuzarliklari oldini olish choralaridan hisoblanadi. Er va xotinning mashg‘ulot turi, kasb va turar joy tanlash huquqlari. “Er va xotinning har biri mashg‘ulot turi, kasb va turish hamda yashash joyini tanlashda erklidir”. Oila kodeksining 22-moddasida belgilab qo‘yilgan mazkur qoida er-xotinning birgalikda oilaviy masalalarni hal qilishdagi huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Oilada mashg‘ulot turi, kasb tanlash masalalari kelishilgan holda hal qilinadi. Ammo bu masalalarni uzil-kesil hal qilish huquqi er-xotinning har biriga tegishli bo‘ladi. Er-xotindan har biri qiziqishi, xislati, ijodiy qobiliyati, jismoniy rivojlanishiga qarab, o‘ziga mos keladigan faoliyat turini tanlaydi. Er yoki xotin tanlagan kasb uni qanoatlantirib, oila ta’minoti uchun mablag‘ topishga xizmat qilishi lozim. Er-xotindan birining tekinxo‘rlik bilan kun kechirishi, oilaning moddiy ta’minotida o‘z mehnati bilan ishtirok etmasligi ham nikohdan ajralish uchun asos bo‘lishi mumkin. Er-xotinning erkin kasb tanlash huquqi qonun bilan mustahkamlangan. Bu er-xotin o‘z kasbi masalalarini (o‘quv yurtida va kurslarda o‘qishi, to‘garaklarda ishtirok etishi va boshqalar) mustaqil ravishda hal qilishni anglatadi. Bu masalalar voyaga yetmagan bolalar manfaatlarini hisobga olib hal qilinadi. Er-xotinning birga yashashi bolalarni tarbiyalash, mustahkam oila qurish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Qonun har bir er-xotinga qayerda yashashni erkin hal qilish huquqini berib, bir yo‘la ularni rag‘batlantiradi. Qonunchilik bunday maqsadlarga ko‘maklashib, ulardan birortasi asosiy ish joyidan ko‘chadigan bo‘lsa, yo‘l puli to‘lash, o‘quv yurtini tamomlagan mutaxassislarni ishga taqsimlashda ularni yashab turgan joyida ishda qoldirish va boshqa masalalarni hal etish tartibini belgilaydi. Er-xotinning turar joyiga qarab, ularning voyaga yetmagan farzandlari turar joylari belgilanadi.
Nazorat savollari: 1. Konstitutsiyaviy shaxsiy huquq va majburiyatlar hamda oilaviy shaxsiy huquq va majburiyatlar: ularning birligi va o‘ziga xosligi. 2. Er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlariga nimalar kiradi? 3. Er-xotinning familiya tanlashdagi huquqlari nimalardan iborat? 4. Er-xotinning kasb, turar-joy, mashg‘ulot turini erkin tanlash huquqlari qanday amalga oshiriladi ?
Yüklə 18,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin