SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 3
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 172
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA EKOLOGIK TARBIYANI
SHAKLLANTIRISH MAZMUNI
Dildora Iskandarovna Tosheva
Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ekologik xavfsizlik va talabalar uchun ekologik ta'lim mazmuni
haqida ma'lumot berilgan.
Tayanch so'zlar:
ekologik tuyg'u, ekologik idrok,
ekologik tasavvur, ekologik
ong, ekologik bilim, ma'lumot, ko'nikma, odatlar, ekologik madaniyat.
Kirish.
Ekologik xavfsizlik muammosi nafaqat milliy va mintaqaviy, balki butun
insoniyatning umumbashariy muammosidir. Ekologiya hozirgi zamonning keng
miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal
etish barcha xalqlarning
manfaatlariga mos bo'lib, rivojlanishning hozirgi kuni va kelajagi ko'p jihatdan ana shu
muammoning hal qilinishiga bog'liqdir. Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy «Bolalarga
jonim fido» asarida «Men bolalar «Alifbo»sini ochib, birinchi so'zni hijjalab o'qishlariga
qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim» -
deb ta'kidlaganidek, bu borada barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash
maqsadga muvofiqdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasida:
«Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar» va 55-
moddasida esa: «Yer va er osti boyliklari, suv, o'simlik
va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy zahiralar umumiy boyliklardir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular
davlat mudofaasidadir» - deb juda o'rinli ta'kidlangan. Fuqarolarda ekologik
madaniyatni tarkib toptirish,
ularga tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda
bo'lishni o'rgatish ijtimoiy pedagogika nazariyasi va amaliyotining eng dolzarb
mavzusiga aylandi. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 9
dekabrda qabul qilingan
«Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonuni, «Sog'lom avlod uchun» ordenining
ta'sis etilishi,
shu nomda Davlat dasturi, «Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ning
ishlab chiqilishi, «Ekosan» jamg'armasining tuzilishi va 2000 yilning «Sog'lom avlod
yili» va 2005 yilning «Sihat-salomatlik yili» deb e'lon qilinib,
davlat dasturi ishlab
chiqilishi ekologik tarbiyaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga qaratilganligidan
dalolat beradi. Aholi sonining tez o'sib borishi natijasida ekologik ijtimoiy muammolar
ham tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, aholini yer, suv,
energetika, oziq-ovqat bilan
ta'minlash haqidagi muammolar butun dunyo ijtimoiy muammolariga aylanib
bormoqda. Yer kurrasida insonning farovon yashashi
endi ekologik muammolarni
yechishga bog'liq bo'lib qolmoqda.