Erkinova firuza erkinovna



Yüklə 97,6 Kb.
səhifə1/8
tarix26.12.2023
ölçüsü97,6 Kb.
#197327
  1   2   3   4   5   6   7   8
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi b-www.hozir.org (1)


O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
O`ZBEK FILOLOGIYASI KAFEDRASI

ERKINOVA FIRUZA ERKINOVNA


MAVZU: HOZIRGI O`ZBEK SHE`RIYATIDA SARBAST VAZNI
5 220100 - Filologiya (o`zbek filologiyasi) yo`nalishida bakalavr

akademik darajasini olish uchun yozgan
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Ilmiy rahbar: Afoqova N.M.,

filologiya fanlari doktori

Buxoro - 2013

MUNDARIJA:
Kirish.

I bob. O`zbek she`riyati vaznlari va ular ichida sarbastning o`rni.

II bob. Sarbast – mustaqil she`r tizimi.

III bob. O`zbek she`riyatida sarbast tizimining joriylanishi va taraqqiyoti.

IV bob. Sarbast vaznidagi she`rlarning badiiyati.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`zbek adabiyoti XX asr boshlarida jiddiy o`zgarishlarga uchradi. Uzoq asrlik an`analarga ega bo`lgan she`riyat o`zining qiyofasi, ko`lami va mazmun ko`rinishini o`zgartirdi. Aruz o`rnini barmoq va sarbast egalladi. O`zbek she`riyatida ro`y bergan jiddiy yangilanish, ayniqsa, unda sarbast she`riy tizimining paydo bo`lishida aniq namoyon bo`ldi. Sarbast XX asr boshlaridayoq paydo bo`lib, o`zbek she`riyatidan mustahkam o`rin egalladi, xususan, keyingi davr she`riyatida Rauf Parfi, Xurshid Davron, Tilak Jo`ra, Abduvali Qutbiddin, Bahrom Ro`zimuhammad singari shoirlar ijodi misolida birmuncha yutuqlarga erishdi. Bugungi adabiyotshunoslikda modernizm namunasi sifatida talqin etilayotgan she`rlarning ko`pchiligi ham sarbast vaznida yozilgandir. Bunga ishonch hosil qilish uchun o`ndan ortiq ijodkor asarlarini to`plab, yaqindagina nashr etilgan «O`zbek modern she`riyati» to`plamini ko`zdan kechirish kifoya. Xullas, sarbast o`zbek she`riyatida o`zining qadim ildizlari, jahon adabiyotining ta`sirida shakllandi va tadrijining muayyan bosqichiga ko`tarildi. Shubhasiz, paydo bo`lgan adabiy material umumlashtirishni taqozo etadi. Bitiruv ishi mavzuining dolzarbligi, birinchidan, ana shu bilan belgilanadi.
Ikkinchidan esa, sarbast o`zbek she`riyatining asosiy vaznlaridan biri sifatida joriylanib ulgurganiga qaramasdan, bu masalada adabiyotshunoslikda bahsu munozaralar hozircha tingan emas. Chunki sarbastni vazn hodisasi sifatida, janr hodisasi sifatida, mazmun hodisasi sifatida turlicha tushunishlar hali ham davom etib, masala aniq bir yechimga kelgan emas. Sarbast namunalarini bir joyga to`plab, ularni qiyosan tahlil etish sarbast xususida aniqroq bir mulohaza bildirish imkonini beradi.



Yüklə 97,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin