"eshmonbek" qissasida milliy ruh talqini



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix16.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#144000
  1   2   3   4   5   6
ANVAR SUYUN



Journal of Advanced Research and Stability 
ISSN: 2181-2608 

www.sciencebox.uz/ 
126
“Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century”
 

 
Special Issue | 2022

"ESHMONBEK" QISSASIDA MILLIY RUH TALQINI 
Suvanov Husniddin 
A.Navoiy nomidagi TDO’TAU magistranti 
Annotatsiya: Ushbu maqolada "Eshmonbek" qissasida milliy ruh talqini mavzusi yoritib 
berilgan bo’lib, maqola mazmunini ochib berishda turli xil tahlil usullaridan foydalanilganini 
ko’rishimiz mumkin. 
Kalit so’zlar: "Eshmonbek" qissasi, qahramonlik, dramatik, tragik, satirik, yumoristik, 
sentimental, romantik. 
Аdabiyotda bir necha janr turlari bo'lib, bunda qahramonlik, dramatik, tragik, satirik, yumoristik, 
sentimental, romantik turlarga ajratadilar. Ushbu manbada tragik, sentimental va romantik 
pafosning esa adabiy yo'nalishlar bilan bog'liqligi aytiladi. Anvar Suyun qissasida milliy ruh 
tasvirlardan foydalanishi yaqqol ko'zga tashlanadi. Аslida, badiiy asar negizidagi eposni anglash, 
unga to'g'ri tashxis qo'yish oson emas. Chunki, barcha asarlar qaysidir darajada xalq hayoti bilan, 
o'sha xalqqa mansub insonlarning ehtirosi bilan bog'liq bo'ladi. So'z sanʼatkorlari xalq mulki 
bilan yaqindan munosabatga kirishib, undan bahramand bo'lishi doimiy ehtiyoj sanaladi. O'zbek 
adabiyotida bir qator shoir va yozuvchilar ijodini aynan ana shu bahramandlik nuqtai nazaridan 
jiddiy
o'rgangan yozuvchi Anvar Suyun shunday misli ko'rilmagan yo'nalishga qo'l urdi. 
“Eshmonbek” qissasi xalq ongiga butun hayoti davrida ijodi har xil yo'llar bilan bevosita va 
bilvosita taʼsir etib keladiki, buni eʼtirof etish kerak. “Eshmonbek” qissasini xalq ichida 
og'izdan-og'izga o'tib kelgan folklor namunasiga o'xshatasan kishi. Boshqacha qilib aytganda, 
folklor yozuvchi ongiga va tushunchasi, xotirasiga bevosita o'zlashtiriladigan ijodiy materialgina 
bo'lib qolmay, ayni chog'da yozuvchi tasavvurini qo'zg'ovchi, unga turtki beruvchi boy haqiqiy 
assotsiatsiyalar tug'diruvchi, tasvirlanuvchi voqelikni to'la va o'z bo'yog'ida bera oluvchi turli 
murakkab taassurotlar yaratuvchi kuchli badiiy xazinadir. O'z ijodini xalq ijodi namunalariga 
xoslik jamlangan bo'lib, unda mahzun vaziyatlar tasvirlangan bo'lsada Anvar Suyun ijodi 
mohiyatida keng miqyosda xalq, millat, Vatan dardi bo'lgani uchun samimiylik seziladi. Аslida, 
har qanday inson badiiy adabiyotda sanʼat hodisasiga, tasvirlangan shaxslar hayotining 
mohiyatiga qiziqadi. Odamlar xatti-harakati va kechinmalarida kuchli qarama-qarshiliklar 
yuzaga keladi, yozuvchining qahramonlarga ichi achiydi. Bunday tragik vaziyat g'oyaviy 
jihatdan bitik hisoblanadi. Bugungi adabiyotning holati bilan bir qadar tanish odamga ma'lumki, 
hozir adabiy janrlar orasida shiddatli sintezlashuv jarayoni kechmoqda. Agar oldingi har bir 
asarda u mansub bo'lgan janrning o'ziga xos jihatlari ustunlik qilgan bo'lsa, bugunga kelib, bir 
janrdagi bitikda boshqa janrga tegishli birgina emas, bir necha belgilar bo'lishiga ko'nikdik. 
Masalan, shunday asarlardan biri “Eshmonbek” qissasi desak xato qilmaymiz. 
Xalq hayotining jonli tasviri poeziya va proza shakl ifodasida ziddiyat va qarama-qarshiliklar 
bilan birga turli badiiy tasvir vositalari muhim ahamiyat kasb etadi o'ziga xos bo'lgan qirrani 
namoyon qildi. Bunda asosiy holat tasviri, xalqona bitikni yuzaga chiqarish birinchi o'ringa 
chiqadi. Xalq dostonlariga o'xshagan “Eshmonbek” qissasida ham “oila, vatan, do'stlik, urug', 
obro'-eʼtibor, romantik maʼnoda sadoqat va muhabbat” kabi tushunchalarni kiritadi. Diqqat 
qaratilsa, bu tushunchalarning birortasini badiiy asardagi mavzular va ularda yoritilgan xalq 
hayotidan ajratib tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu janr o'z tabiatiga ko'ra millat hayotidagi bo'lgan 
holatlarni nishonga oladi. Bir jihatdan odam zavqlanib o'qiydi. Ikkinchi tomondan esa ba'zi 
o'rinlarida o'yga tolasan. Xalqona ohangda nasr va nazm yo'li bilan yozilgan “Eshmonbek” 



Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin