Fakulteti fanidan kurs ishi



Yüklə 492 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü492 Kb.
#167327
1405684844 56263




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI MILLIY UNIVERSITETI


________________________________________FAKULTETI
__________________________________________ FANIDAN


KURS ISHI
MAVZU:____________________________________________________________________

GURUH: __________­­­­­­­­­­


BAJARDI:_____________________


QABUL QILDI:_______________________


TOSHKENT­-2023


Reja:


1.Kirish
2.Notiqlik madaniyati.
3. Xoja Muayad Mehnagiy va mavlono Riyoziy yetuk notiq.
4. Husayii Voiz Koshifiy-o’z zamonasining yetuk notig’i.

KIRISH
Notiqlik- o’tmish so’z san'atining eng va ommaviy barkamol natijalaridan bo’lib, bu san'atni musulmon Sharqida voizlik deb atalgan. Shunga ko’ra nutq-va'z, notiq-voiz deb yuritilgan. O’rta Osiyo xalqlari, jumladan o’zbek xalqi IX-XV asrlarda dunyo madaniyati taraqqiyotida oldingi saflardan biriga ko’tarila olgan edi. Umuman, o’rta asrlarda fan va madaniyatning rivojida Xorazmiy, Farog’iy, Ibn Sino, Beruniy, Qoshg’ariy, Navoiy kabi ulug’ siymolar katta hissa qo’shganlar. Bular yashagan davrni Sharq tarixida uyg’onish davri ham deb atalardi. Bu davrda ilm-fan, adabiyot, san'at madaniyatimizning ravnaq topgan yillari bo’ldi. Adabiyot-san'at, fan va umuman, madaniyatimizning targ’ibotchilari bo’lgan bu allomalar ayni vaqtda voiz (notiq)lik san'atini ham yaratdilar. IX-X asrlar orasida yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy (837-950), Abu Ali ibn Sino (980-1037) kabi yirik olimlarimiz faqat zamonlarining ilm-fani bilan chegaralanib qolmay, ayni vaqtda notiqdan bo’lganlar hamda notiqlikning tug’ilishi, shakllanishi va rivojiga ham katta e'tibor berganlar. Bulardan tashqari, XI asrda Kaykovus tomonidan yaratilgan "Qobusnoma"da ham notiqlik san'ati haqida batafsil to’xtalib o’tilgan. Hatto muallifning ta'kidlashiga qaraganda, barcha hunarlar ichida o’z hunarini-notiqlikni ulug’laydi. Notiqlik juda uzoq tarixga ega, yana shu davr ichida u shakllanadi, o’zgardi va kamol topdi. Albatta, bu tarixiy jarayonda nasldan-naslga meros qolishga arzigulik an'analar ham yetib keldi.




Sharq va xususan o’rta Osiyoda juda ko’plab notiqlar yetishib chiqdilar, faqat yetishib chiqdilargina emas, balki ular notiqlik asoslarini yaratib butun sharqqa, hatto, bu Jumladan: Voiz Muhammad Rafi'- "Abvobul jinon", Voiz Kazviniy "Zilolu maqol", Voiz Shirvoniy "Aksanul axoddis", Muhammad Bobur binni Muhammad Voiz "Hidoyatul-taqvim", Kuraysh Sindiy "Anisul-voizin", Mulla Kalon voiz, Samarqandiy "Ravzatul-voizin", Qozi Ushiy " Miftoxun-najjoh" ("So’zning kaliti") va boshqa bir qator mohir so’z ustalari o’zlarining risolalarini yaratib, notiqlik nazariyasi sohasida ham katta yutuqlarni qo’lga kiritganlar. Bularning har bir o’z tarixi, taqdiriga ega bo’lgan siymolardir. Voizlikning kelib chiqishi tarixi ham ancha qiziq nuqta Shveytsar olimi Adam Metsning ma'Iumotlariga ko’ra ilgari podshohlar el oldiga chiqib, davlat tuzumi, itoatkorlik, xalqaro ahvoldan diniy qoidalardan, o’z siyosatlari va boshqa mavzularda nutq so’zlab turganlar. Ularning nutq matnlarini esa, saroy xodimlari, yani devonul insho xodimlari yozib bergan. Ayniqsa, juma namozi kunlari ularning chiqib, nutq so’zlashlari shart bo’lgan. Vaqtlar o’tishi bilan bunday ishlarni maxsus so’z ustalariga topshira boshlaganlar. Jumladan, Mavlono Faxriddin Ali Safiyning "Latoyifut-tavoyif' asarida aytilishicha, Sulton Husayn Boyqaro bir kuni Sherozga, Shoh Shijo’ oldiga rasmiy davlat ishi bilan muzokara olib boorish uchun bir , vakil yubormoqchi bo’lgan. Arkoni davlat bilan maslahatlashib, Mavlona Irshoddan boshqa munosib kishi topa olmaydilar. Xullas Irshod borib, rasmiy ishlarni oz muddatda ijobiy hal etadi. Ammo, uning notiqlik mahoratiga qoil qolgan shoh Shijo’ Irshodga javob bermay, bir majlis qurib keyin ketishi mumkinligini aytib iltimos qiladi. Notiq majlisni juma kunga tayinlaydi. Boshqa odamlar qatori shoh va uning ayonlari masjidi Jomega yig’iladilar. o’sha kuni mavlono Irshod shunday ehtirosli nutq -so’zlaydiki yig’ilgan xaloyiq ho’ng-ho’ng yig’lay boshlaydi. Notiq hamma nutqqa berilib ketib yig’layotganini ko’radi. Shunda mavlono Irshod o’z notiqligining yana bir bunyodkor kuchini namoyish qiladi: u to’satdan shunday kutilmagan burilish yasaydiki, hamma birdaniga ko’z yoshi aralash qah-qah soladi. Shoh Shijo’ ham, yig’ilgan xaloyiq ham buyuk notiq Mavlono Irshodni hurmat-ehtirom bilan kuzatib qo’ydilar, o’zbek xalqi orasida Mavlono Irshodga ham o’xshagan notiqlar juda ko’p bo’lgan. Ulardan biri Farg’onalik mashhur notiq Qozi Ushiy bo’lgan. U o’sh shahrida qozilik lavozimida ishlagani uchun qozi Ushiy taxallusiga ega bo’ladi. U xalq o’rtasida juda katta obro’ga ega bo’ladi. Yuqoridagi asarda yozilishicha, Erondagi Siiston viloyatining xalqi qattiq qo’lligi bilan dong chiqargan, hatto gadoyga ham non bermas ekanlar. Qozi Ushiy esa bu xalqning ko’ngil qulfini so’z kaliti bilan ochib yumshataman deydi. U Siistonga borib, bir ikki hafta shu xalq ichida yuradi, ularning ruhiy holatini o’rgandi. Shahar qozisidan ruxsat olib, juma kuni masjidi Jomeda katta, nutq so’zlaydi notiq bilan baravar xalqning fig’oni falakka ko’tariladi. Siiston xalqi topgan-tutganini minbar ostiga tashlaydi. Lekin Qozi Ushiy nutqi uchun hech kimdan haq olmasligini aytadi, buni eshitgan xalq notiqni yanada e'zozlaydi. Notiq, u xalqning xasis emasligini, aksincha oilyjanob ekanligini xalqning mehr xazinasini ochish uchun munosib kalit topa olish kerak ekanligini isbot etadi. Mutaxassis notiqlarni voizlar deb ataganlar. Ularning va'z matnlari odatda chiroyli va badiiy yuksak saviyada bo’lgan. Nutq matnlarining aksariyati nasriy she'r hatto she'riy shakllarda yozilgan. O’tmish sharq notiqlari orasida o’z zamonasining Demosfen va Sitseronlari juda ko’p bo’lgan. o’zbek va yunon san'atkor-mutafakkirlarining nutq talqinlari, ta'sirchanligi va notiqlik sanlati asoslari bo’yicha, olg’a surgan flkrlari jahon taraqqiyparvar notiqligining shu masalalaridagi talqinlarbilan hamohangdir.
Biz Alisher Navoiy tomonidan tilga olingan va ularning ijodi haqida fikr yuritgan notiqlardan faqat uch voiz haqida qisqa-qisqa ma'lumot beramiz. Xoja Muayyad Mehnagiy. U o’z zamonasining yetuk notiqlaridan bo’Iish bilan birga, oddiy mozor shayxlaridan bo’lgan. Alisher Navoiyning yozishicha, u "zohir ulumin takmil qilib erdi", ya'ni yuzadagi ilmlardan, o’ziga ayon bo’lgan fanlarning hammasini o’zlashtirgangina emas, balki uni to’ldirgan. Shuning bilan birga u o’z tinglovchilari qalbiga qo'l sola olgan, ularni faqatgina tinglovchilikdan, har birini faol fikr yurituvchi, va'z mazmuniga nisbatan faol munosabatda bo’luvchi ijodkor tinglovchilar darajasiga ko’tara olgan. o’z majlislarining qizg’in o’tishiga erisha olgan. o’sha davrlarda Xoja Muayyad kabi otash nafas notiqlar soni juda kam bo’lgan. Shuning uchun ham ular nomi ulkan adiblar nomi qatorida tarix sahifasidan sharafli o’rin olgan. Uning ijodiy mahorati boshqa notiqlar uchun namuna bo’la oladi. Chunki, u o’sha davrdagi mavjud fanlarning barchasini to’la o’zlashtirgan donishmand olimdir. Muayyad kabi, mahorat va bilimga ega bo’lgan har bir notiq o'z tinglovchilari qalbini larzaga keltirishi, ularni hayajonga sola olishi turgan gap. Ana shunday qudrat-zakovati tufayligina sultonlar, podshohlar ham uning mahorati, is'tedodi oldida bosh ekkanlar. Mavlono Riyoziy Zova deb atalgan viloyatda o’sdi ulg’aydi. O’zining aql-zakovati ila shu viloyatning qozilik lavozimigacha ko’tarildi. Biroq Alisher Navoiy "Majolisun-nafois" asarida yozishicha u ayrim o’rinsiz hatti harakatlari uchun qozilik lavozimidan chetlashtirilgan kishanga solib badarg’a qilingan. Natijada bir umr taqib o’tida yuradi, g’ariblikda kun kechiradi. Maviono Riyoziyning yetuk notiq darajasiga erishadi, mamlakat hukmronlari mafkurasi bilan uning qarashlari o’rtasidagi kelishmovchilik, turli ziddiyatlar asosiy omillaridan biri bo’lgan. Riyoziy notiqligining tabiiy tomonlaridan biri hamdardlik tuyg’ularini birinchi o’ringa qo’yabilishdir. Alisher Navoiyning yozishicha: "...va'z aytib, minbarda o’z ash'orin o’qib, yig’lab vajdihol qilur erdi",-deydi. Shoirning bu so’zlari ancha diqqat E'tiborga loyiq, chunki el oldida rasmiy nutq bilan chiqib yig’lash darajasiga borib yetish va bu ko’z yoshiga nisbatatL kinochilarda kulgi emas, balki hamdardlik kayfiyatini uyg’ota olish uchun katta san'atkorlik mahorati kerak. Mavlono Riyoziy nutq paytida ko’z yoshi darajasiga yetib borar ekan, qalbidagina yig’lab bayon etar va kishilarni shunga ishontira olar ekan, demak shubhasiz, u juda iste'dodli notiq, chinakam so’z san'atkori bo’lgan. Mavlono Riyoziy ajoyib so’z san'atkori bo’lish bilan bir qatorda, o’z davrining ko’zga ko’ringan pedagoglaridan biri bo’lgan. U o’z ishlarini dunyoviy fanlar: tabiatshunoslik, geografiya, tarix, adabiyot, nazariyasi va boshqa fanlarni chuqur o’rganib, uni yoshlar o’rtasida targ’ib qilgan. Alisher Navoiy yozishiga qaraganda Mavlono Riyoziy o’z fikrida qattiq turuvchi va shu fikr uchun kurashuvchi shaxs sadoqatli ya mohir pedagog va butun hayotini sevimli kasbiga bag’ishlagan ulug’vor inson ekanligini ta'kidlaydi. o’z kasbining mohir ustasi bo’lgan Mavlono Riyoziy nutqlarida boshqa notiqlar qatori xalq og’zaki ijodi va ayniqsa badiiy adabiyotdan juda ustalik bilan foydalangan. U o’z zamonasining zabardast notig’i, olimi, pedagog va shoirlardan bo’lgan. Husayin Voiz Koshifiy. Husayn Voiz asli tug’ilgan joyi Eronning shimoliy sharqidagi sabzavor shahri bo’lib qachon tug’ilgani hozircha bizga noma'lum, sharqshunos olimlarning fikriga qaraganda vafot etgan yili 1504-1505 yillarga to’g’ri keladi. Xullas, Husayn Voiz Alisher Navoiyning zamondoshi, ubilan bir davrda yashagan, ijod qilgan hatto, Alisher Navoiydan 3-4 yil keyin olamdan o’tgan.
Husayn Voiz eng asosiy fazilati, uning ilm egasi ekanligidir. U juda ko’p fanlarni egallagan va ularning har birida chuqur ilmiy tadqiqotlar olib brogan mashhur olimlardan biridir. Uning: "Javohirut tafsir" yoki "Tafsiri Husayn", "Mavohibud dunyo", "Lubbi-lubob", "Anvori Suxayli", "Ravzatush Shuxado", "Dah majlis", "Axloqi Muhsiniy", "Mahzanul Insho", "Sabo", "Koshifiya", "Asrori Qosimiy”, "Hotamnoma", "Matlaul avvor", "Ehtiyorat" va boshqa bir qator asarlari shundan dalolat beradi.
Husayn Koshifiy notiq sifatida o’z zamonasining mashhur notiqlaridan bo’lgan. Uning nutqini eshitish uchun shaharning turli tomonlaridan yig’ilishlar, tinglovchilar soni shuqadar ko’payib ketishi natijasida orqada turganlarga notiqning ovoziyetib kelolmasa ham, uning ichki ruhiy holatini turli holatlar orqali ifodalanishini kuzatar ekanlar. Bu haqda Voizning o’g’li Faxriddin Ali Safiy o’zining "Latoyifut-Tovoif nomli asarida takidlanishicha otasi masjidi Jomeda nutq so’zlayotgan ekan, odam shunchalik ko’p ekanki majlisga kelayotgan o’sha davrning mashhur so’z ustalaridan Mavlono Sayid G’iyosiddin tasodifan o’sha yerdan o’tib qolib majlis ahliga mahliyo bo’lib, o’zi qatnashish uchun ketayotgan majlisdan kech qoladi. Ittifoqo shu majlisda Abdurahmon Jomiy ishtirok etayotgan bo’ladi. Sayid G’iyosiddin kirib kelishi bilan undan so’raydi. Nechun kechikdingiz, Mavlono G’iyosiddin? Meni ma'zur tuting, ustod, -dedi G’iyosiddin, kelayotgan edim, masjidi Jomeda Husayin Voiz nutq so’zlayotgan ekan, shunga mahliyo bo’lib qolibman. Xo’sh, qanday yangilik eshitdingiz?
Hech qanday, -deydi G’iyosiddin. Sabab? Sababi shuki,-dedi gunohkor,-odam juda ko’p ekan. Olomon meni turtib bir nechta chiqarib yubordi. Men shunchalik uzoq masofada edimki, uning ba'zi-ba'zi so’zlari zo’rg’a qulog’imga chalindi. Unday bo’lsa nima qilib o’tirdingiz? Qarab o’tirdim,-dedi G’iyosiddin, -Husayn Voiz shunday nutq so’zlayotgan ediki gaplarini eshitmasam ham uning mahoratiga mahliyo bo’lib, nutqining oxirigacha qarab o’tirdim. o’z zamonasining ulkan so’z san'atkori Husayn Voiz Koshifiyning yuksak mahoratiga hatto Alisher Navoiy va Sulton Husayn Boyqarolar ham qoyil qolib tan berganlar, hatto o’z asarlarini rasmiy ijro etish lozim bo’lganda bunday ishga Husayn Voizni munosib ko’rganlar. Jumladan, 898 (1492) yil 8 noyabr kuni, Abdurahmon Jomiyning Dafn etish marosimida Husayn Voiz nutq so’zlaydi va ana shu marosimda Alisher Navoiy o’zining quyidagi tarkibband-tarixini va 7band, 140 misradan iborat marsiyasini o’qib eshittirish uchun unga topshiradi.
"Gavharog koni haqiqat, durri bahri ma'rifat, K-u ba xak vosil shuda dar diya nabudali mosivoh. Koshifi sirri ilohi bud beshak 3-on sabab Gasht tarixi vafotosh asrori iloh".

YA'NI:

Haqiqat konining gavhari ma'rifat dengizining durikim, Haqiqatga erisha oldi va qalbida undan boshqa narsa yo’q edi.Shubhasiz ilohiy sirning ochuvchisi edi, shu sababdan, Vafotining tarixi "Kashfiy asrori ilox"bo'ldi.
Alisher Navoiy tomonidan Husayn Voizga bildirgan Ana shu ishonchning o’ziyoq, mamlakatda, ayniqsa Voizlar o’rtasida katta [shonch va hurmatga sazovor ekanligidan dalolat beradi. Husayn Voiz notiq sifatida shuqadar hurmatga sazovor bo’lganki, buning asosiy sabablaridan biri, uning ovozining shiraligiga, ohangi, ichki ruhi holatini turli harakatlar bilan ifoda qila bilishi bo’lgan. Shuning uchun bo’lsa kerak, doimo har yerga taklif etishavergan shuning natijasida bu aniqjadval bilan ishlashga majbur bo’lgan.
Xondamirning aytishiga qaraganda, u juma kuni ertalab Hirotning markaziy chorsusida joylashgcdi shoh nomozgohida va'z aytgan shu kun peshindan keyin Alisher Navoiyning masjidida, seshanba kuni Sulton Husaynning madrasasi, chorshanba kunf pir Mujarrat Xoja Abdul Valid Ahmad mozori boshida payshanba kuni Sulton Ahmad Mirzo mozori boshida nutq so’zlagan.
Bularning barchasi, notiqning har tomonlama bilimdonligidan va jahonning baland pastini yaxshi bilganligi uning nutqining sermazmun bo’lishini ta'minlagan omillardan biridir.

Nutq madaniyati – bu tо‘g‘ri sо‘zlay olish, ya’ni nutqiy muloqot shartlari va fikr bildirishdan kо‘zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zahira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir.


Uchta tushuncha zamon va makon tanlamaydi. Bular so‘zlash, tinglash va anglashdir. Odamzot yaralibdiki, o‘zaro munosabat jarayonida ana shu uch birlikka amal qilib kelinadi. Buning namoyon bo‘lishi har bir xalqning o‘z mentalitetiga mos va xos. O‘zaro munosabat, murojaat qilish jarayonidagi o‘zni tutish va fikr almashuvlar muomala madaniyati tushunchasida uyg‘unlashadi. Munosabat, murojaat, muloqot, munozara, mubohasa, muhokama, mulohaza singari tushunchalarning barchasi muayyan millatning ziynatiga mos bo‘lgan ziynatlar bo‘lib, u yetik va estetik me’yorlar, qoidalar bilan amalga oshiriladi.
Nutq madaniyati, notiqlik san’ati bu tilshunoslik fani obyekti emas, u mantiq, ruhiyatshunoslik, etika, estetika, falsafa, tafakkur, siyosatshunoslik, jamiyatshunoslik ilmi hamdir.
Nutqning ijro etilishida unga ma'lum bir voqea-hodisa haqida ma'lumot berishdan tashqari yana bir maqsad—tinglovchi ongiga va ruhiyatiga ta'sir etish vazifa qilib qo‘yiladi. Shuning uchun ham ta'sirchanlik nutqning asosiy sifatlaridan biri sanaladi hamda to‘g‘rilik va aniqlik ham, mantiqiylik va tozalik ham suhbatdoshga, tinglovchiga yoki o‘quvchiga ta'sir etishga qaratilgan bo‘ladi. Bu sanab o‘tilgan xususiyatlarda til omillari birinchi o‘rinda tursa, ularning barchasidan foydalangan holda ta'sirchanlik keng doirada tildan tashqaridagi omillarni ham qamrab oladi.
Nutqning ta'sirchanligi deganda, asosan og‘zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e'tiborga olish ham muhim sanaladi. Ya'ni, notiq auditoriyani hisobga olishi – ularning bilim darajasidan yoshigacha, hatto nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turilishi, nutqning tinglovchilar tomonidan qabul qilinishi nazorat qilib borilishi lozim bo‘ladi. Malakali bilimga ega bo‘lgan kishilar oldida jo‘n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo‘lmagani kabi, oddiy, yetarli darajada ma'lumotga ega bo‘lmagan auditoriya oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi. Va butun diqqat-e'tibor ifodalamoqchi bo‘lgan fikrni to‘laligicha tinglovchilarga yetkazish vazifa qilib qo‘yiladi.
Kishilar chiroyli, mazmundor nutq masalasi bilan juda qadimdan qiziqib keladilar. Qadimgi Gretsiya (Yunoniston)da va Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratildi. Nutq oldiga qo’yiladigan talablar ishlab chiqildi. Bu davrda davlatning, savdo-sotiqning, sud ishlarining nihoyatda taraqqiy etishi, notiqlikni san’at darajasiga ko’tardi. Yetuk inson bo’lishi uchun albatta, notiqlik san’atini egallash shart qilib qo’yiladi. Ana shu ehtiyoj tufayli notiqlik nazariyasi yaratildi. Uning Sitseron, Demosfen, Kvintilian, Aristotel kabi nazariyotchilari yetishib chiqdi. Eramizning 335-yilida Aristotelning «Ritorika» asari yaratildi. Unda notiq oldiga quyidagilarni vazifa qilib qo’ydi:
- materialni har tomonlama tayyorlash;
- materialni joylashtirish rejasini belgilash;
- materialni o’zlashtirish, nutq qurilishini to’g’rilash;
- notiqning nutq materialini o’rganishi;
- materialni so’z bilan ifodalash;
- nutqni talaffuz qilish, ya’ni nutq jarayoni.
Bu talablar hozir ham o’z kuchini saqlab kelmoqda. O’sha davr sud notiqligida yuksak muvaffaqiyatlarga erishdi, notiqlik san’ati nazariyasiga ulkan hissa qo’shdi. Sitseronning «Notiq haqida», «Notiq», «Brut» asarlari hozir ham ma’lum qimmatga egadir.
Rim notiqlik maktabining yana bir buyuk vakili Mark Fabiy Kvintiliandir. U o’zining «Notiq bilimi haqida» kitobida bilimdonlikni notiqliqning birinchi sharti qilib qo’yadi. Kvintilian notiqlikka doir bilimni juda yoshlikdan o’rgana borish kerak, deydi. Nutqning tinglovchi uchun tushunarli bo’lishiga katta ahamiyat beradi. U: «Sen shunday so’zlaginki, seni har bir kishi tushuna olsin», - degan edi.
Xullas, qadimgi Yunoniston va Rimda madaniy notiqlik nazariyasi rivojlantirildi. Bu nazariya keyinchalik Yevropada nutq madaniyatiga bag’ishlangan fanning maydonga kelishiga asos bo’ldi. O’rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bilan shug’ullaning o’ziga xos mavqega ega.
Taniqli siyosatshunos olim Nazrullo Jo’rayev o’zining «Agar ogohsen...» nomli kitobida haqli ravishda yozganidek, «Sivilizatsiya dunyoning turli mintaqalarida turlicha yuz berib, muayyan hududlar aholisi dunyoqarashi va turmush tarziga chuqur o’rnashgan. Sivilizatsiya, jumladan Yunonistonda nafosat, Hindistonda din, Ovrupada moddiy texnika taraqqiyoti, Turonda esa axloq tarzida vujudga kelgan. Yurtimizda axloq benihoya qiyosi yo’q tushuncha sifatida ardoqlanib kelingan. Ma’nili va bejirim gapira bilish, nutqdagi ma’qul va noma’qul so’zlarni ilg’ay olish, so’zning orqa o’ngini, munosib o’rnini farqlay bilish, nutq odobi kabi fazilatlar Turonda inson umumiy axloqining ma’naviy rasoligining tayanch ustunlaridan sanalgan».
Va’zxonlikning, balog’at (chechanlik, notiqlik) san’atining usuli bilan nutq oldiga qo’yilgan talablar mukammallashib bordi. Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg’ariy, Zamahshariy kabilar tilga, lug’atga, grammatika va mantiqshunoslikka bag’ishlangan asarlar yozdilar yoki boshqa sohalarga doir asarlarida bu mavzuga aloqador fikrlar bildirdilar.
Buyuk qomusiy olim Beruniy (973-1048) o’zining «Geodeziya» asarining kirish qismida fanlarning paydo bo’lishi va tarmoqlanib ko’payishi haqida so’z yuritib, har bir fanning inson hayotidagi zaruriy ehtiyojlar talabi bilan yuzaga kelishini aytadi. Uningcha, grammatika, aruz va mantiq fanlari ham shu ehtiyojning hosilasidir. Inson nutqi o’z tuzilishi materialiga ko’ra rostni ham, yolg’onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko’plab munozaralarga sabab bo’ladi. Inson bu munozaralar jarayonida rostni yolg’ondan ajratadigan «mezon» ni yaratadi. Bu mantiq fani edi. Inson nutqida shubhali o’rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi. Olim mantiqni o’rganmaganlarga: «Agar u dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan bog’lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she’r o’lchovi) va mantiq (logika) ni mutolaa qilganda edi, so’z zotan, nasr va nazmga ajralishini bilgan bulardi», - deydi. Demak, Beruniy nutqning ikki xil - nasr, nazm ko’rinishi borligini ko’rsatadi. Nutqning bu turlari ma’lum qoidalar asosida shakllanadi.
Beruniy shakl va mazmun birligiga katta ahamiyat beradi. SHakl mazmunga xizmat qilishi kerak. Mazmunsiz har qanday chiroyli shakl ham el orasida e’tibor qozonmaydi. Nutqning nasriy shaklida ham nazmiy shaklida ham mazmun bosh mezondir. Nutq o’zining har ikki shaklida ham so’zlovchi o’z oldiga qo’ygan ma’noni ifodalashi shart. Olim yozadi: «So’ngra so’z mana shu ikki qismda (nasr va nazmda) ham so’zlovchi maqsad qilgan ma’nodan iborat bo’lib qoladi». Nasriy va nazmiy nutqda mazmun (ma’no) bor yoki yo’qligini bilish tuzilgan gaplarni bir￾biri bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. Bu vazifani mantiq fani o’z bo’yniga oladi.
«Xullas, yaxshi nutq tuzish uchun nahv, aruz, mantiq fanlari hamkorligidan foydalaning zarur bo’ladi. Ularning birortasiga ham ahamiyat bermaslik, bulardan birining qoidasining buzilishi, qolgan ikkitasiga ta’sir qilmay iloji yo’q».
Nutq madaniyati tilshunoslikning keng qamrovli sohalaridan biri sanaladi. Bu soha insoniyat aqliy va nutqiy salohiyatining taraqqiy darajasini ko‘rsatib turgan va doimiy rivojlanishni taqozo etuvchi sohalardan biridir. Zero, til kishilarga doimo o‘zaro aloqa munosabati, madaniy-ma’naviy zaruriyat, ijtimoiy taraqqiyot, kurashish qurol bo‘lib xizmat qilgan. Mana shu qator vazifalarni bajaruvchi til egalarining nutq irod etish imkoniyatlari, til birliklaridan qay tarzda foydalanish chegaralarini ma’lum bir me’yorga solish ehtiyoji asosida ilmiy negizga ega bo‘lgan mazkur soha vujudga kelgan. Til qanchalar rivojlangan bo‘lmasin, insonlar tomonidan ma’lum me’yorlar va talablarga asoslangan nutqiy madaniyat bir xil darajada rivojlangan bo‘ladi deyish doimo ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Shu sababli ham nutq madaniyati sohasi doimiy e’tibor va rivojlanish sari harakatlarni talab qiladi.
Nutq madaniyati ijtimoiy fan sifatida keng ma’nodagi til tarbiyasini va ommaviy uslubiy savodlilikni, boshqacha aytganda, so‘zlovchi va yozuvchi omma orasida til haqidagi fanning hozirgi zamon yutuqlarini tatbiq etishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
Nutq madaniyati insoniy madaniyatning asosiy ifodasidir. Ma’naviyati yuqori bo‘lgan inson barkamolligi uning omilkorligi, bilimdonligi, donishmandligida namoyon bo‘ladi va unda albatta nutq madaniyati ham yuqori bo‘ladi. Til odobi ko‘nikmalarini, nutq madaniyati malakalarini egallash, adabiy til me’yorlariga amal qilish oliy ma’lumotli shaxs uchun juda muhim. Shu sababli ham mazkur o‘quv kursimiz bir qator maqsad va vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi. Belgilangan vazifalar doirasida quyidagi masalalarga e’tibor qaratamiz:
til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalarining farqli hamda aloqador jihatlarini o‘rganish;
til taraqqiyoti va nutq madaniyatining bog‘liq jihatlarini o‘rganish;
masalaga ilmiy yondashuvni shakllantirish;
nutq madaniyati tushunchasining lingvistik va nolingvistik sohalar bilan aloqadorligini tahlil qilish;
nutq madaniyati va notiqlik san’atining o‘zaro bog‘liq jihatlari;
notiqlik turlari va nutq ko‘rinishlari;
adabiy tilning normativligi va nutq madaniyati;
madaniy nutq mezonlarini o‘rganish;
nutqning ifodaliligi va nutq texnikasi;
nutq madaniyatini egallash yo‘llari;
nutq madaniyati va stilistika masalalari;
pedagog nutqining o‘ziga xos jihatlari va boshqalar.
Nutq madaniyati lingvistik soha hisoblanadi va u tilning turli sathlarini o‘rganuvchi fanning barcha tarmoqlari bilan uzviy aloqadordir. U fonetika to‘g‘ri talaffuz me’yorlariga oid orfoepik qoidalarni bilishni, leksik imkoniyatlar doirasining kengligini, semantik, morfologik bilimlarning mukammalligini, sintaktik konstruksiyalarning me’yoriy holatlarini egallashni taqozo etadi. Umumiy tarzda aytiladigan bo‘lsa, nutq madaniyati soxasi adabiy til doirasida fonetikadan tortib to uslubiyatgacha bo‘lgan barcha lingvistik sohalarni qamrab oladi. Ilmiy jihatdan asoslangan nutqning o‘ziga xos jihatlari mavjudligi va u qaysi fan sohasida bo‘lishidan qat’i nazar ma’lum me’yorlarga bo‘ysunishi kerakligi nutq madaniyatining boshqa nolingvistik sohalar bilan aloqadorligini ko‘rsatuvchi omillardan sanaladi. Chunki nutq madaniyati bu eng avvalo, nutqning to‘g‘riligi demakdir, ya’ni yaxshi nutq noaniqlikka, uzundan uzoq jumlalarga qarshi bo‘lishi, qisqalik va aniqlik uning o‘lchovi bo‘lishi lozim. Har qanday ilmiy nutq uchun bu mezonlar asosiy talablar hisblanishini bilamiz. Keng ma’noda esa nutq madaniyati nutqiy ta’sirchanlikni, ijodiy yorqinlikni, o‘tkirlik va ifodalilikni bildiradi. Bu jihatdan istalgan soha vakili og‘zaki nutqining madaniy me’yorlarga asoslanishi, ma’lum normalarga bo‘ysunish zarurati muhimki, bu holat har qanday notiqning madaniyati va saviyasini ko‘rsatuvchi jihatlar sanaladi
Nutq madaniyati va notiqlik san’ati, ular haqidagi ta’limotlar tarixi juda ham uzoq davrlarga borib taqaladi. U ta’limot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo‘lsa ham, urga qadar Misrda, Assuriyada, Vavilon va Hindiston mamlakatlarida paydo bo‘lganligi notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Shunga ko‘ra notiqlik san’ati tarixi haqida so‘z yuritganda qadimgi Yunon notiqligi, Rim hukmronligi davridagi notiqlik, O‘rta Osiyo notiqligi tarixi haqida bir qator ma’lumotlarning mavjudligini aytish mumkin.
Juda ko‘plab ilmlar markazi hisoblangan Yunoniston notiqlik san’ati sohasida ham jahon madaniyati tarixida yorqin sahifalar yaratgan. Qadimgi yunon notiqlik san’ati o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan murakkab voqelikdir.
Notiqlik san’ati haqidagi ilk ma’lumotlarni Gomerning (eramizdan oldin XII asrlar o‘rtasida yashagan) “Iliada” va “Odisseya” dostonlaridan olish mumkin. Gomer dostonlari ma’lumotiga qaraganda, qadimgi Yunoniston tuprog‘ida eramizdan avvalgi shu davrlarda Nestor, Menelay, Odissey, Axill kabi mashhur notiqlar bo‘lgan. Bu to‘rt notiq shu san’atning 4 yo‘nalishiga mansub bo‘lib, ular maxsus notiqlik maktablarida tahsil olganlar.
Bu san’at harbiy mutaxassislik va boshqa zarur ijtimoiy mutaxassisliklar qatori maxsus maktablarga ega bo‘lgan. Shuning uchun e’tiborli oilalar farzandlarini yoshligidan shu san’at bilan qurollantirishga uringanlar.
XIII-XII asrlardagi notiqlik san’ati tarixiy taraqqiyotning madaniy cho‘qqisi bo‘lgan, ana shu ravnaq necha asrlar osha yangidan ko‘tarilgan, keyingi yuksaklikning pishib yetishiga ijobiy ta’sir etgan.
Adabiyotlar.
1. Alisher Navoiy. Majolisun-nafois. Asarlar. O'n beshlik tomlik, 12 tom, 42-bet.
2. Alisher Navoiy. Majolisun-nafois, Asarlar, o’n besh tomlik, 12tom 101-bet.
3. S.Inomxo'jayev, A. Zunnunov. Ifodali o’qish asoslari. T. o’qituvchi. 1978 yil.
4. K. Oripov, M. Oripova. Ifodali o’qish. o’qituvchi. T. 1994 y.
5. SJnomxo’jayev, Badiiy o’qish asoslari T. 1973 y.
Yüklə 492 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin