Fan: ma`lumotlar tuzilmasi va algoritmlar



Yüklə 0,57 Mb.
tarix28.09.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#150148
1-ma\'ruza Algoritm tushunchasi

FAN: MA`LUMOTLAR TUZILMASI VA ALGORITMLAR


Raqamli tehnologiyalar va matematika kafedrasi o’qituvchisi: A.Jumakulov

Akademik
Daraja

Bakalavr

Ta’lim yo‘nalishi

Kompyuter injiniringi

Fan kodi

DAT101

Semestr

1

Fan nomi

Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar

Modulning davomiyligi

16 hafta

Kredit hajmi
(1 kredit = 30 soat)

ECTS: 5

Tayyorladi

Abdumannon Jumakulov
jumakulov19862106@gmail.com

Ajratilgan akademik soat
hajmi

150

Talabalarni erkin qabul qilish kuni

Dushanba-Payshanba,
soat 15.00 – 17.00

60 (aud)

90 (must)

FAN: MA`LUMOTLAR TUZILMASI VA ALGORITMLAR


1-MAVZU:
Algoritmlarga kirish, algoritm xossalari va berilish usullari
Raqamli tehnologiyalar va matematika kafedrasi o’qituvchisi: A.Jumakulov

Reja


2. Algoritmning xossalari
3. Algoritmlarning berilish usullari
1. Algoritm tushunchasi
4. Masalani kоmpyuterda yechishning quyidagi bоsqichlari
A l g o r i t m - bu biror masalani yechishda natijaga olib boradigan bajarilishi zarur bo’lgan buyruq va amallarning tartiblangan ketma-ketligidir. Har bir algoritm aniq va tugallangan qadamlarga bo’lingan bo’lishi kerak.
Algoritm tushunchasi
Algoritmning xossalari
1-xossa. Diskretlilik
2-xossa. Tushunarlilik
3-xossa. Aniqlilik
4-xossa. Ommaviylik
5-xossa. Natijaviylik
Algoritmning diskretlilik xossasi
1-xossa. Diskretlilik, ya’ni algoritmni chekli sondagi ko’rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Tugallanlangan amallar ketma-ketligi qadam deyiladi. Demak, algoritm chekli qadamlardan iborat bo’lishi kerak.
Algoritmning tushunarlilik xossasi
2-xossa. Tushunarlilik, ya’ni ijrochiga tavsiya etilayotgan ko’rsatmalar uning uchun tushunarli bo’lishi shart, aks holda ijrochi oddiy amalni ham bajara olmay qolishi mumkin. Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalar tizimi mavjud.
Algoritmning aniqlilik xossasi
3-xossa. Aniqlik, ya’ni ijrochiga berilayotgan ko’rsatmalar aniq mazmunda bo’lishi lozim hamda faqat algoritmda ko’rsatilgan tartibda bajarilishi shart. Algoritmning har bir qoidasi aniq va bir qiy­matli bo’lishi zarurki, bunda vaqtning biror daqiqasida olin­gan miqdorlar qiymati vaqtning shundan oldingi daqiqasida olingan miqdorlar qiymati bilan bir qiymatli aniqlangan bo’ladi.
Algoritmning ommaviylik xossasi
4-xossa. Ommaviylik, ya’ni har bir algoritm mazmuniga ko’ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo’lishi lozim. Algoritm.bitta masalani yechish uchun emas balki shunga o’xshash turdosh masalalar sinfini hal etish uchun xizmat qiladi
Masalan, ikki oddiy kasr umumiy maxrajini topish algoritmi har qanday kasrlar umumiy maxrajini topish uchun ishlatiladi.
Algoritmning natijaviylik xossasi
5-xossa. Natijaviylik, ya’ni har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so’ng albatta natija berishi lozim. Algoritm masalaning еchimiga chеkli sondagi qadamlar ichida olib kеlishi yoki masalani "еchib bo’lmaydi" dе­gan xabar bilan tugashi kеrak.
Algoritimni turli usullar bilan ifodalash mumkin:
so’zlar bilan;
formulalar orqali;
blok-sxemalar shaklida;
algoritmik tillar orqali
Berilga a,b,t – larninig qiymatlari uchun ShKda qo’yidagi funksiyaning qiymatini hisoblang.
Basic
Pascal
Delphi
Ci
Ci++
Jadval orqali

x

-1

0

1

2

Y=f(x)

f(-1)

f(0)

f(1)

f(2)

Algoritmni blok-sxema ko’rinishda tasvirlashda quyidagi shakllardan foydalaniladi


algoritmni boshlanishi va tugashini
o’zgaruvchilarni kiritish va chiqarish
xisoblash jarayonlarini amalga oshirish
shart tekshirish
sikl (parametrli takrorlanuvchi);
qism dasturi
chop etish

Masalani kоmpyuterda yechishning quyidagi bоsqichlari mavjud


Masalani qo’yilishi
Masalani matеmatik modеlini tuzish;
Hisoblash algoritmini ishlab chiqish;
Dasturlash tilida algoritmga mos dastur tuzish;
Dasturni kompyuter xotirasiga kiritish va natija olish;
Olingan natijalarni tahlil qilish.
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT
Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin