Fan: Musiqa o’qitish metodikasi va maktab repertuari Ma’ruzachi: dots. G. M. Davronova



Yüklə 91,88 Kb.
səhifə1/6
tarix23.10.2023
ölçüsü91,88 Kb.
#160023
  1   2   3   4   5   6
1- mavzu Mus. o\'qitish met. 1- dars slayd

Fan: Musiqa o’qitish metodikasi va maktab repertuari

Ma’ruzachi: dots. G.M.Davronova

  • 1-MAVZU. Musiqa o`qitish metodikasi va maktab repertuari fanining maqsad va vazfalari Fan bo’yicha DTS talablari. 
  • REJA :
    • 1. Musiqa o’qitish metodikasi fanining maqsad va vazifalari.
    • 2. Musiqa o’qitish metodikasi fanining, boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
    • 3.Darslarni tashkil etishning o’ziga xos metodlari.
    • 4. Fan bo’yicha davlat ta’lim standarlari talablari.

Musiqa o’qitish metodikasi va maktab repertuari fani, musiqa ta’limi yo’nalishida mutaxassislar tayyorlash o’quv rejasida yetakchi o’rinni egallaydi. Ushbu o’quv rejada bo’lajak mutaxassislarning yetuk kadr bo’lib yetishishlari uchun zarur predmetlar, o’qitishning ta’limiy-tarbiyaviy vazifalari, o’qitilayotgan predmetlarning boshqa predmetlar bilan aloqasi ko’rsatib berilgan.


“Musiqa o’qitish metodikasi va maktab repertuari” fani birdaniga shakllangan fan emas, balki o’z tarixiy tarqqiyot yo’liga ega bo’lgan fan. O’zbekistonda metodika fani shakllanishiga buyuk mutaffakirlar, olimlar, ilg’or tajribali o’qituvchilar, metodistlar, mahalliy olimlarning tadqiqot ishlari, izlanishlari, tajriba – sinov ishlari, risolalari, fikrlari, o’quv dasturlari va darsliklarini yaratib o’z hissalarini qo’shganlar. Bularga misol qilib, olimlardan: Ikrom Akbarov, Ilyos Akbarov, To’ra Husanov Aliftina Vasileva, Yelena Kenzer, Lutfulla Qo’ldosh, Ye. Gudkova, Qo’ldosh Mamirov, Oqilxon Ibragimov, Soibjon Begmatov; kompozitorlardan: Shermat Yormatov, Fattox Nazarov, Doni Zokirov, Nadim Norxo’jayev, Rustam Abdulayev, Habibulla Rahimov, Dilorom Omonullayeva, Avaz Mansurov; metodistlardan Hamidulla Nurmatov, Emma Shainskaya, Dildora Karimova, Gulnora Sharipova, G.Davronovalar o’z hissasini qo’shib kelmoqdalar.
  • Musiqa o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari.
  • “Musiqa o’qitish metodikasi va maktab repertuari” fanining maqsadi: bo’lajak musiqa o’qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda, umumiy musiqiy tamoyillar, usullar shakllar, metodlar tizimini o’rgatish va tushuntirishish orqali, umumta’lim maktablarida, maktabgacha ta’lim mussalarida musiqa ta’limi va mashg’uoltlarini sifatli tashkil etish bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

Yüklə 91,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin