Fan: O’zbekiston tarixi Mavzu: Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr



Yüklə 17,88 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü17,88 Kb.
#187821
7 sinf O\'zbekiston tarixi 27 28 VIII asrda Xuroson va Movarounnahr


@dars_ishlanma_yangi

Sinf:

Sinf:

Sana:

Sana:

Fan: O’zbekiston tarixi
Mavzu: Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr.
Darsning texnologik xaritasi

Maqsad va vazifalar

Ta’limiy maqsad: abbosiylar davri haqida ma’lumot berish
Tarbiyaviy maqsad: Axloqiy jihatdan tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: Boshqaruvchilik, intiluvchanlik qobiliyatlarini shakllantirish

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars metodi:guruhlarda ishlash, “Tarmoq”,”Aqliy hujum”,”Zinama-zina”,”Xotira mashqi”,”Uzilmas zanjir”,”Manzilga kim tez yetar”,”Himoya”,Slayd,suhbat
Dars tipi: og’zaki va yozma bayon _________________________________
Dars jihozi: darslik,tarqatma materiallar,mavzuga oid ko’rgazmali materiallar _____________________________________________________________________
Baholash: 5 balli tizim asosida.

Kutiladigan natijalar

O’qituvchi: qisqa vaqt davomida mavzu yuzasidan bilim , ko’nikma va malaka hosil qilinadi.Mavzuning dars jarayonida ta’limning ilg’or usullari vositasida barcha o’quvchialr tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi.O’quvchining faolligini oshiradi. O’quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi.

Kelgusi rejalar

O’qituvchi:pedagogik tenologiyalarni o’zlashtirishda va darsda tadbiq etish, takomillashtirish, o’z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O’quvchi: Mavzu yuzasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil ishlashni o’rganadi. O’z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo’shimcha materiallar topadi.

Uyga vazifa:




Darsning bosqichlari:

Mazmuni

Vaqti

Salomlashish. O’quvchiarni darsga tayyorligi, sinfda psixologik muhit yaratish

3 daqiqa

O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, uyga vazifa bajarilganligini tekshirish

12 daqiqa

Yangi mavzu tushuntiriladi. O’quvchilarda yangi mavzu haqida bilim va ko’nikma hosil qilinadi.

20 daqiqa

O’quvchilarni egallagan bilim va ko’nikmalari savol-javob orqali aniqlanadi.

5 daqiqa

Baholar e’lon qilish, uyga vazifani tushuntirish,o’quvchilar bilan xayrlashish

5 daqiqa

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:a)salomlashish, suhbat; b)psixologik iqlim yaratish
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:

  1. Jiz’ya qanday soliq?

  2. 720-yilgi qo’zg’olon qayerda boshlandi?

  3. Nasr ibn Sayyor kim?

III.Yangi mavzu bayoni:
748-yilning boshida Abu Muslim Xurosonning poytaxti Marv shahrini egallaydi. Xalifa Marvon o'z ixtiyoridagi barcha harbiy kuchlarni qo'zg'olonchilarga qarshi safarbar qilsa-da, ammo umaviylar hokimiyatini saqlab qola olmaydi. 749-yilda Abu Muslim boshliq qo'zg'olonchilar xalifalikning markaziy viloyatlari tomon yo'l oladilar. Poytaxt qo'lga kiritilib, xalifa Marvon II taxtdan ag'dariladi. Uning o'rniga abbosiylar xonadonidan bo'lgan Abul Abbos Saffoh (750-754) xalifalik taxtiga ko'tariladi. Joylarda umaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari qirib tashlanadi. Shunday qilib, Arab xalifaligida davlat hokimiyati abbosiylar qo'liga o'tadi. Abbosiylarning xalifalik taxtiga chiqishi mehnatkash aholiga hech qanday yengillik keltirmagan. Abu Muslim vositasida abbosiylar tomonidan xalq ommasiga berilgan va'dalardan birortasi ham amalga oshmadi. Abu Muslim Bag'dodda davlat va harbiy kuchlarning yuqori lavozimiga tayinlanadi. Biroq abbosiylar uning xalq orasidagi obro'yining tobora ortib borishiga xayrixoh emas edilar. Oqibat Abu Muslim poytaxtdan uzoqlashtirilib, Xuroson va Movarounnahrga noib qilib yuboriladi. Mehnatkash aholi o'rtasida abbosiylarga qarshi qo'zg'olon ko'tarish kayfiyati paydo bo'ladi. Bunday qo'zg'olonlardan biri 750- yilda Buxoroda sodir bo'ldi. Abu Muslim mahalliy kuchlar yordami bilan qo'zg'olonni arang bostirdi. Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib, Xitoy imperatorining qo'shinlari Turkistonga bostirib kiradi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:

  1. Abbosiylar ummaviylarni nimada ayblaganlar?

  2. Qachondan boshlab Arab xalifaligi Abbosiylar qo’liga o’tdi?

  3. Abbosiylarning Muhammad payg’ambarga qanday aloqasi bor?

V.O’quvchilarni baholash: ______________________________________________________
Yüklə 17,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin