Farmoyish hujjatlari



Yüklə 22,06 Kb.
tarix28.09.2023
ölçüsü22,06 Kb.
#150351
Farmoyish hujjatlari


Mavzu: Farmoyish hujjatlari
Farmoyish — boshqaruvga doir huquqiy hujjat; konstitutsiyaviy huquqda davlat boshligʻi va ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vakolatlari doirasida chiqariladi. Ijro etuvchi hokimiyat organining tez hal qilinishi kerak boʻlgan va boshqa joriy masalalarga oid qarori F. shaklida chiqariladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94moddasida koʻrsatilishicha, Prezident konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar va F.lar chiqaradi. "Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fukarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va F.lar chiqaradi" (Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 98modda). Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi F.lar chikarishi Konstitutsiyada koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, muassasa rahbarining yakka uzi tomonidan chikariladigan huquqiy hujjatlar ham F. hisoblanadi. F. mansabdor shaxslarning muayyan aniq doirasiga moʻljallanib, uning amal qilish va bajarilish muddati belgilangan boʻladi.
FARMON — 1) muayyan mamlakatlarda davlat boshligi (Prezident) chiqaradigan muhim huquqiy hujjat. F. bilan, odatda, shaxslar yuksak lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy etiladi, orden va medallar bilan mukofotlash amalga oshiriladi, oliy harbiy va faxriy unvonlar beriladi, umumnormativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlar rasmiylashtiriladi. Umumiy qoidaga koʻra, F. mazkur davlat konstitutsiyasi va qonunlariga (OʻzRda — Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Krraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va OʻzR qonunlariga) zid boʻlmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasida Prezident F.lari Oliy Majlis yoki Vazirlar Mahkamasi roziligisiz mustaqil tarzda Prezident tomonidan qabul qilinadi. F. — mazmun va mohiyatiga koʻra, konstitutsiyaviy normalarni ijtimoiy hayotga tatbiq qilishning vositasi sifatida namoyon boʻlib, yuridik kuchi nuqtai nazaridan konstitutsiya va qonun normalariga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining "Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonuni (2000-yil 14 dek.)ga koʻra, Prezident F.lari belgilangan tartibda kuchga kiradi va ular eʼlon qilinishi shart. Gʻarb mamlakatlarida, F.ga oʻxshash hujjatlar koʻpincha dekret (AQShda ijro etuvchi direktivalar) deb ataladi; 2) Eron shohlari, Usmonli turk imperiyasi sultonlari, Old va Oʻrta Sharq mamlakatlarida qad. hukmdorlarning oliy buyrugʻi
Davlat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatmaviy hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularningbajarilishi yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi, ma’sul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.
Ichki mehnat tartibi qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiiqlash bilan bog'liq me’yoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlarga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo'lib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga qaratidiladi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda, mazmunidan kelib chiqib avhaqo‘yiladi( ba’zi qisqa buyruqlarda qo‘yilmasligi ham mumkin).
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan iborat. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar kabilar ko‘rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, sanasi yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa asos bo'lgan hujjat uning loyish qismi tegishli bandida ham ko'rsatiladi. Ba’zi buyruqlarni ilashga hujjat bo‘lmasligi mumkin, bunday hollarda ular to‘gridan-to‘gri loyish qismi bilan ham berilaveradi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan BUYURAMAN» so'zi bilan boshlanadi. Shu so'zdan so‘ng ikki nuqta qo'yilib, yangi satrdan farmoyishlar beriladi.
Farmoyishlarda odatda, kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarilishi ko‘rsatiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“Amalga oshirilsin”, minlansin”, “Yuklatilsin”, “Hisoblansin” va h.k). Bajaruvchilar-muassasa uning tarkibiy qismlari (bo‘limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari ko‘rsatilgan holda) ko‘pincha jo‘nalish kelishigida qayd qilinadi. Buyruq farmoyish qismining oxirida, odatda, umuman mazkur buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo'yiladi: «Buyruq ijrosini nazorat qilish ga yuklatiladi» (lavozimi va famiiiyasi to‘liq yoziladi).
Ba’zi buyruqlarda shu buyruq munosabati bilan ilgarigi joriy buyruq yoki boshqa xil hujjat bekor qilinganligi ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruq yoki indivudual buyruqlar biror xodim ishga qabul qiiinganda yoki bo‘shatilganda, boshqa bo'Iimga o'tkazilganda, shuningdek, muayyan xodim mukofotlanganda, mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday buyruqlar, odatda, bo‘limlar rahbari tavsiyanomasi, shaxsiy arizalar va shu kabilar asosida tayyorlanadi.
Ko‘p korxonalarda kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog‘ozlarida yoziladi.
Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan taqdirda oddiy buyruq qog‘oziga ham yoziladi. U holda buyruq boshiga «Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid» deb yozib qo'yish kerak. Buyruq sarlavhalari: «lshga qabul qilish haqida buyruq», «Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq», «Ishdan bo‘shatish haqida buyruq», «Mehnat ta’tili berish haqida buyruq», «Rag'batlantirish haqida buyruq» va h.k.
Yüklə 22,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin