First page



Yüklə 448 Kb.
səhifə1/12
tarix25.02.2022
ölçüsü448 Kb.
#53101
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
10-ma\'ruza


Mavzu: Elektron va multimediali qo’llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar

Reja:

1.Elektron va multimediyali axborot resurslari.

2.Elektron va multimediyali qo’llanmalar yaratish texnologiyalari.

3.Elektron va multimediyali qo’llanmalar yaratish vositalari.



Ma’ruza bayoni

Turli xil manbalarda elektron o’quv qo’llanmalarga quyidagicha ta’tiflar berilgan:

Elektron o’quv qo’llanma – bu garfik, matnli, raqamli, tovushli, musiqiy, vodeo, foto va boshqa turdagi axborotlar majmuasi. Elektron nashr ixtiyoriy ma’lumot tashuvchilarda – magnit va optik disklarda, shuningdek kompyuter tarmoqlarida amalga oshirilishi mumkin;

Elektron o’quv qo’llanma – mos ilmiy-amaliy bilimlar sohasiga oid tartiblangan materiallardan iborat bo’lishi kerak, ta’lim oluvchilar va talabalarning faol va ijodiy tarzda bu sohaga oid bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lishlarini ta’minlashi kerak. Elektron o’quv nashri yuqori darajada ijro etilganligi va bezatilganligi, axborotlarning to’liqligi, metodik ko’rsatmalar sifati, texnik ijro sifati, ko’rgazmalilik, mantiqiylik va ketma-ket ifoda uslubi bilan ajralib turishi kerak.

Elektron o’quv qo’llanma – ma’lum yo’nalish va mutaxassislikning davlat ta’lim standartlariga to’liq mos tuzilgan yuqori ilmiy uslubiy darajada yaratilgan o’quv nashridir.

Elektron o’quv qo’llanma – bu o’quv qo’llanmani qisman yoki to’liq o’rnini bosuvchi va mazkur turdagi nashr sifatida rasmiy tasdiqlangan elektron nashrdir.

Elektron o’quv qo’llanma - bu elektron shaklda taqdim etilgan va uning bir qismidan boshqa qismiga bir zumda o’tish imkonini beradigan tarmoqlanuvchi aloqa tizimi bilan ta’minlangan matn [2-4].

Odatda elektron o’quv qo’llanmalar shaxsiy kompyuterlar xotira qurilmalarida joylashtiriladigan o’qitish, nazorat qilish, modellashtirish va boshqa dasturlar majmuasidan iborat bo’lib o’quv predmetining asosiy ilmiy mazmunini aks ettiradi. Elektron o’quv qo’llanma oddiy o’quv qo’llanmani to’ldiradi va quyidagi hollarda yanada samaralidir:



  • bir lahzada qayta bog’lanishni ta’minlaydi;

  • oddiy o’quv qo’llanmalarda izlash qiyin bo’lgan ma’lumotlarni tez topish imkonini beradi;

  • gipermatnli izohlarga ko’p marta murojaat qilishda vaqtni sezilarli darajada tejaydi;

  • qisqa matn bilan birga namoyish qiladi, aytib beradi, modellashtiradi va hokazo;

  • muayyan bo’lim bo’yicha bilimlarni tez tekshirish imkonini beradi.

Elektron o’quv qo’llanmalarning kamchiligi displeyning ma’lumot olish vositasi sifatida noqulayligi va kitob bilan narxi orasidagi farqning yuqoriligidir.

Oxirgi 20 yil mobaynida elektron o’quv qo’llanma bilan bog’liq tushunchalar va unga bo’lgan talablar ahamiyatli tarzda o’zgardi. Elektron o’quv qo’llanmalarni mualliflari ko’plab bahs munozaralar va eskicha qarashlarga qarshi chiqishlari natijasida elektron o’quv qo’llanma tushunchasining ma’lum shakl-shamoili, talablari yuzaga keldi. Quyida elektron o’quv qo’llanmaka bog’liq asosiy tushunchalarni keltirib o’tamiz:



Elektron nashr (EN)bu grafikli, matnli, raqamli, nutqiy, musiqiy, video–, foto– va boshqa ma’lumotlar, shuningdek foydalanuvchining bosma xujjatlari majmuasidir. Elektron nashr istalgan elektron ma’lumot tashish qurilmalarida tarqatilishi mumkin – magnitli (magnitli lentalar, magnitli disk), optik (CD–ROM, DVD, CD–R, CD–I, CD+), shuningdek, kompyuter tarmoqlari orqali tarqatish mumkin.

O’quv elektron nashr (O’EN) ilmiy-amaliy bilimlar sohasiga mos keladigan tartiblashtirilgan ma’lumotlarni o’z ichiga olishi, talabalar va o’quvchilar tomonidan bu sohaga oid bilim, ko’nikmalarni ijodiy va faol egallashlarlarini ta’minlashi kerak.

Elektron darslik (ED) – ma’lum yo’nalish va mutaxassislikning Davlat ta’lim standartlariga to’liq mos tuzilgan yuqori ilmiy-uslubiy darajada yaratilagan asosiy o’quv elektron nashrdir.

Elektron o’quv qo’llanma (EO’Q) – bu o’quv qo’llanmani qisman yoki to’liq o’rnini bosuvchi va mazkur turdagi nashr sifatida rasmiy tasdiqlangan elektron nashrdir.

Gipermatnt – bu elektron shaklda berilgan va tarmoqlangan, tizimli bog’lanishli, bir fragmentdan ikkinchisiga bir lahzada o’tishni ta’minlaydigan matndir.

Intellektual yadro (IY) – matematik amallarni sonli va belgili shakllarda ifodalovchi maxsus dasturlar uyg’unligi.

Kompyuterli tushuntirish – induktiv xulosa chiqarish va savollarga “ha” “yo’q” qabilidagi javoblar orqali ko’rgazmali tushuntirish.  

Vizuallashtirish – rasm, grafik va animatsiyalar vositasida ko’rgazmali tarzda taqdim etish.

Barcha murakkab tizimlarni yaratishdagi kabi elektron o’quv qo’llanmalarni tayyorlashda ham ishning muvafaqqiyati muallifning qobiliyatiga bog’liq. Shunga qaramay, elektron o’quv qo’llanma tayyorlash uchun o’quv qo’llanma asosini tashkil etuvchi elementlar mavjud. Ular quyidagilar:




Yüklə 448 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin