1.Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis mеtodikalari to`plami”Toshkеnt, 2003 yil
2.Qoziеv E.Q., Mamеdov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkеnt 2003 yil
3.Z.Ibodullaev. Tibbiyot psixologiyasi. T., 2008 yil darslik.
4. P.I.Ivanov va M.Zufarova Umumiy psixologiya. T., 2008 yil darslik.
5.Z.Nishonova va Sh.Asomiddinova. Psixologik maslahat.T. 2010 yil
6.G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. Toshkent 2010
7. www.ziyonetkutubxona.uz
8. www.aim.uz
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha keltirilgan hujjatlar (kitob, tezis, maqola) haqida bibliografik ma’lumotlar yig‘indisi bo‘lib, ular hujjatning alohida identifikatsiyasi va umumiy xarakteristikasi uchun kerak bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati ketma-ketligi qat’iy belgilangan va o‘zgartirib bo‘lmaydigan sarlavha va elementlardan iborat. Hujjatda quyidagi tartibda joylashgan maydonlar bor:
bayon sarlavhasi, unda muallif(lar) ism(lar)i yoki kollektiv nomi beriladi;
sarlavha va ma’suliyat to‘g‘risida ma’lumotlar oblasti; sarlavha va unga tegishli ma’lumotlar; hujjatni yaratishda ishtirok etgan shaxslar va tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumot;
nashrning vazifasi, qayta nashr, uning xarakteristikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar oblasti;
nashr joyi, nashriyot, nashr yili to‘g‘risidagi ma’lumotlar oblasti;
hujjat hajmi va illustrasion material to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi son xarakteristikasi oblasti;
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati maydonlari va elementlarini chegaralash uchun yagona shartli ajratish belgilari tizimidan foydalaniladi:
. – (nuqta va tire) – birinchidan tashqari barcha oblastlarning oldidan keladi;
: - (ikki nuqta) – sarlavhaga tegishli ma’lumotlar, nashriyot nomidan oldin qo‘yiladi;
/ - (yonbosh chiziq) – ma’suliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlardan oldin qo‘yiladi. (nashrda ishtirok etgan mualliflar, tuzuvchilar, redaktorlar, tarjimonlar, tashkilotlar).
// - (ikkita yonbosh chiziq) – asosiy qism joylashgan hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar oldidan qo‘yiladi. (maqola, bob, bo‘lim).
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati elementlari ichida til normalariga mos keluvchi punktuatsiya saqlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati maydonlari va elementlarini aniqroq bo‘lishi uchun shartli belgi oldidan va undan keyin bitta belgi probel qo‘llaniladi.
Bibliografik bayonning uch turi mavjud:
individual muallif nomi ostida;
kollektiv muallif nomi ostida;
sarlavha ostida.
"Individual muallif nomi ostida” bayoni birinchi element sifatida individual muallif nomi tanlanishini bildiradi. Hujjat uchtadan ortiq muallifga ega bo‘lmagan sharoitda nashr qilingan kitob, maqola, doklad, dissertatsiyalarga beriladi.
"Kollektiv muallif nomi ostida” bayoni birinchi element sifatida hujjatni chop etgan tashkilot nomi tanlanishini bildiradi. Odatda hukumat qarorlari, konferensiya, yig‘ilish materiallariga beriladi.
"Sarlavha ostida” bayoni birinchi element sifatida hujjat sarlavhasini tanlashni anglatadi. Uchtadan ortiq muallifga ega kitoblar, turli mualliflarning asarlari bitta sarlavha ostida berilgan bo‘lsa, qonunlar to‘plami, ITI hisobotlari, normativ hujjatlar, dasturiy-metodik materiallarga beriladi.
Dissertatsiya ishi adabiyotlar ro‘yxatida barcha foydalanilgan adabiyot manbalari: barcha nashrlar, patent materiallari, dissertatsiya avtoreferatlari, ITI to‘g‘risida hisobotlar va h.z.ni o‘z ichiga oladi.
Ro‘yxatni tuzish tartibini muallif belgilaydi. Materialni adabiyotlar ro‘yxatida joylashtirishining keng tarqalgan usuli: alfavit, tizimli va matnda eslash tartibi bo‘yicha.
Ro‘yxatni tizimli berish yoki matnda eslash tartibi takrorlashlarni keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun eng qulay usul bu alfavit tartibi hisoblanadi.
Matnda havolar kvadrat qavslarda berilishi kerak, masalan, [1], [3-5], [54, 239b.].
Xorijiy manbalarga havola xorijiy tilda berilishi kerak, tarjima qilingan bo‘lsa. Tarjima ko‘rsatma berilishi lozim.