Freyd va psixoanaliz Javohir Ergashev o`zmu amaliy psixologiya yo`nalishi 1-kurs talabasi



Yüklə 4,68 Kb.
tarix30.09.2023
ölçüsü4,68 Kb.
#151296
Freyd va psixoanaliz-hozir.org


Freyd va psixoanaliz

Freyd va psixoanaliz

Javohir Ergashev o`zMU amaliy psixologiya yo`nalishi 1-kurs talabasi

Reja:

Psixoanaliz haqida tushuncha Uning tarixi Freyd nazariyasi Ong va ongsizlik Psixoanalizdagi turli nazariyalar

Psixoanaliz:


  • Ongdan unga muvofiq kelmaydigan (asosan, jinsiy) mayllar va ruhiy kechinmalarni siqib chiqarish Psixoanalizda har xil nevrozlar va turli patologik hodisalar (unutish, yanglish harakatlar va q.k.)ning asosiy manbai sifa-tida qaraladi. Har bir bostirilgan mayl, istak o`zini boshqa ko`rinishda namoyon qiladi deb tushuntiriladi. Va psixoanalizga ko`ra bu ko`rinish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

psixoterapiya metodi va Freyd tomo-nidan rivojlantirilgan psixologik taʼlimot. Ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyani diqqat markaziga qoʻyadi. Inson xulqi asosini lazzat olish (libido)ga nisbatan, ayniqsa, ilk bolalikda paydo boʻlgan seksual (jin-siy) mayl tashkil qiladi degan gʻoyani ilgari surib, odam xulqidagi ijtimoiylik, onglilikni inkor etadi.

Psixoanalizga asos solinishi doktor Zigmund Freyd nomi bilan bog`liq.

 I.Breyerning ishlari Freydda psixoanaliz ta’limotining ilk kurtaklarini paydo qilgan. Chunki I.Breyer nevroz va isteriya tashxisi qo‘yilgan bemorlarga kasallik alomatlarini uzoq so‘zlatgan. Bemor o‘zini bezovta qilayotgan belgilar haqida qancha uzoq so‘zlasa, uning ahvoli shuncha yaxshilanavergan. Bunga dastlab Breyer e’tibor qaratgan va bu holatni katarsis deb atagan. “Katarsis” grekchadan ruhiy poklanish degani. Freydning izlanishlari uni “insondagi barcha intilishlar asosida jinsiy mayllar yotadi” degan xulosaga kelishiga sabab bo`ladi. Inson hayotida muammolarning ko`payishi, ruhiyatida buzilishlar va nevrozlar vujudga kelishini jinsiy faollikning kamayib ketishi yoki haddan oshishi bilan izohlaydi.

“Muz tog‘ining ustki, ya’ni oltidan bir qismi ong bo‘lsa, suv ostida ko‘rinmay yotgan oltidan besh qismi ong ostidagi jarayonlar, ya’ni ongsizlikdir”.

Z. Freyd

Freydning psixoseksual qarashlari nafaqat jamoatchilikda, balki olimlarda ham norozilik uyg`otadi. Uning maqolalarini psixologiya jurnallarida chop etmay qo‘yishdi, ilmiy kengashlar ham usiz o‘ta boshladi. Unda fanda yangi bir yo‘nalish ochishdan boshqa iloj qolmadi. Ongli jarayonlarni ongsiz jarayonlar orqali o‘rganish uning fikru xayolini qamrab olgandi. Inson ruhiyati haqidagi demagogiya ham uning joniga tekkan edi. U fanda yangi bir yo‘nalish ochadi va uni “Psixoanaliz” deb ataydi. To‘g‘ri, “psixoanaliz” atamasi fanga yaqin bo‘lsa-da, uning shakllanishida fiziologiya, nevrologiya va psixologiya yotardi. Bu uchala fanning ishtirokisiz psixoanalizni tasavvur qilib ham bo‘lmaydi.

Z.Freyd 1897 yildan boshlab nevroz va seksual qoniqmaslik orasida bog‘liqliklarni sistematik tarzda o‘rgana boshlaydi. Freyd seksual qoniqmaslik g‘oyasiga shu qadar berilib ketadiki, u nafaqat nevrotik buzilishlar va xulq-atvordagi o‘zgarishlarni, balki psixosomatik simptomlarni (bosh og‘rig‘i, oyoq og‘riq, bel og‘riq, qorin og‘riq, yurak og‘rig‘i va h.k.) ham seksual qoniqmaslik bilan bog‘laydi. Buning natijasida Freyd “panseksualist” degan laqabni oladi. Undan ko‘p olimlar va hatto o‘zining ustozlari ham yuz o‘giradi. Uning maqolalarini chop qilmay qo‘yishadi. Chunki o‘sha paytlari ijtimoiy omillarga burkangan psixologik nazariyalar yaxshi rivojlanib kelayotgan edi. Freyd esa aslida hayvonlar xulq-atvorini belgilab beruvchi biologik instinktlar insonlar xulq-atvorini ham belgilab beradi degan edida. Freyd bunday bemorlarga gipnozning yordam bermasligiga ishonch hosil qiladi va bu usuldan voz kechadi. U Sharkoning davolash usullarini deyarli qo‘llamay qo‘yadi. “Gipnoz – bemorning ahvolini vaqtincha yaxshilovchi vosita, xolos” degan edi Freyd. U gipnoz usulini ham tark etdi va ruhiyatning yangi modelini yaratishga kirishdi. Z. Freyd o‘z kuzatuvlariga asoslanib, inson ruhiyatining yangi bir modelini yaratdi. Unga asosan bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan 3 ta psixologik tuzilma mavjud. Bular id, ego va super-ego. “Id” – bu instinktlar, unda asosiy mayl ehtiyojlar joylashadi, U ongdan xolis. “Ego” – bu Men, ya`ni shaxsiyatning real hayot bilan bog`liq qismi. Uning ongi bor. “Super-ego”, ya’ni “Super-men” – bu odamni o‘rab turgan muhit, jamiyat. “Super-men” odamning xulq-atvorini “tepadan” nazorat qilib turadi. 



http://hozir.org
Yüklə 4,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin