Tuproqqa ishlov beruvchi murakkab mashina va agregatlar.
1.Frezali mashinalar vazifasi va klassifikatsiyasi. Frezalarning ish organlari traktorning quvvat olish validan majburiy aylanma harakatga keltirilganidan ular aktiv ish organlari deb ataladi. Frezalar vazifasiga ko‘ra to‘qay, o‘rmon, dala, bog‘larda ishlaydigan, ekin qatorlari orasini chopiq xillarga bo‘linadi. Dala frezalari shudgordagi kesaklarni maydalab, dalalarni ko‘klamgi ekin ekishga tayyorlashda ishlatiladi. CHopiq frezalari g‘o‘za qatorlariga orasini chopiq qilib, begona o‘tlarni yo‘qotish hamda tuproqni yumshatish uchun mo‘jallangan.
Frezalarning aylanish o‘qi vertikal va gorizantal joylashishi mumkin. Hozirgi frezalarda ish organlari harakat yo‘nalishiga ko‘ndalang joylashgan gorizontal o‘qda aylanadi.
Frezalarning ish organlari lisklarni aylanasi bo‘ylab bir hil oraliqda joylashgan G-simon pichoqlardan iborat. Bunday disklar to‘plami frezali barabanni tashkil etadi. Diskdagi pichoqlar (o‘naqay va chapaqay) soni frezaning vazifasiga qarab 3...8 ta bo‘ladi. Pichoqlarni shakli va o‘lchamlari frezaning vazifasi va ish sharoyitlariga bog‘liq.
Pichoqlar yuqoridan pastga, ya’ni to‘g‘riga va pastdan yuqoriga, ya’ni mashinaning harakat yo‘nalishiga teskari tomonga aylanish mumkin. To‘g‘ri aylanishda mashinani oldiga surishga intiluvchi kuchlar paydo bo‘ladi, teskari aylanishda esa, aksincha, tortish qarshiligi oshadi, energiya ko‘p talab qilinadi. SHuning to‘g‘ri aylanish usuli barcha dala frezalarida, teskari aylanish esadi toshli erlarda va kundakov qilingan o‘rmonlarni o‘zlashtirishda ishlatiladigan frezalarda qo‘llaniladi.
rasm. Freza mashinasining tuzilishi
Frezaning namunaviy tuzilishi 36-rasmda keltirilgan. Uning ishchi kismi: uchi bukilgan pichok 2lar disk 3 larga urnatilib, barabanni tashkil kiladi. Disk 3 lar barabanni aylantiradigan val 1 ga erkin kiydirilgan bulib, ularni bir-biridan ajratib turadigan friksion disk 4 lar esa mazkur valga shponka yordamida maxkamlangan. Disk 3 va 4 larni bir-biriga sikilib turish darajasini maxsus prujina yordamida uzgartirish mumkin. Demak, xarakat val 1 dan pichogli disk 3 ga friksion disk 4 ning ishgalanish kuchi xisobiga uzatiladi. Agar biron diskdagi pichok tusigga uchrab kolsa, diskni toyishi xisobiga vaktincha aylanmasdan koladi, pichoklar sinishdan saklanadi. Pichog tusikdan utgandan sung, disk yana aylanib ketadi.
Freza pichogining tezligi katta bulganligi sababli, u tuprok kirindisini katta tezlikda uzokka irgitadi. Irgitilgan tuprokni kerakli joyga yotkizish maksadida freza barabani maxsus gilof 8 bilan yopiladi. Gilofning pastki cheti xaskash 9 bilan tugagan bulib, pichoklar irgitayotgan tuprok xaskash 9ga urilib, kushimcha maydalanadi. Traktor ЈOV idan barabanga xarakat 6 va 7- reduktorlar orkali uzatiladi. Ish jarayonida freza ramasi ikkita gildirak 11ga tayanib, ishlov berish chukurligi a ni bir me’yorda ta’minlab turadi. a ni sozlash uchun gildirak xolatini (balandligi) ramaga nisbatan vintli mexanizm 10 yordamida uzgartiriladi.
Freza pichoklari bukilgan va bukilmagan chopki, iskanasimon kurinishda buladi (37- rasm).
M.V. Pichoqlarni disklarga biriktirilishi yo‘llari?