G’AZNACHILIKDA BUDJET TASHKILOTLARI XARAJAT SMETALARINI VA ULARGA KIRITILADIGAN O’ZGARISHLARNI RO’YXATGA OLISH Reja: Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi to ‘g‘risida umumiy tushuncha
Xarajatlar smetalarini tuzish, ко‘rib chiqish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish
G‘aznachilikda xarajatlar smetalarini va ularga kiritiladigan o‘zgarishlarni ro‘yxatga olish
1. Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi to ‘g‘risida umumiy tushuncha Budjet tashkiloti- noishlab chiqaruvchi, qisman yoki to’liq davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotdir. Bunday tashkilotlarga biz davlat boshqaruvi organlari, armiya, sud, va ijtimoiy-madaniy, maorif, ta’lim, sog’liqni saqlashga yo’naltirilgan tashkilotlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.1 Davlat budjeti hisobiga mablag ‘ bilan ta'minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqu rlashtirish , budjet tashkilotlarin i mablag' bilan ta’minlash mexanizm ini takomillashtirish , budjet mablag 'laridan samarali va aniq foydalanish maqsadida 1999 -yil, 3-sentabrda O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 414 -son Qarori qabul qilindi.
Mazkur Qaror 2000-yil, 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag ' bilan ta’minlashning yangi tartibini belgilab berdi. U quyidagilarni nazarda tutad i:
-budjet mablag’ laridan tejab , sam arali va aniq foydalanish hamda budjet intizomini mustahkam lash uchun budjet tashkilotlari
rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish ;
budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlas h mexanizmini soddalahtirish va budjet mablag 'laridan foydalanishda yuqori natijalarga erishish maqsadid a mavjud mablag‘larni oqilona taqsimlash uchun imkoniyatlar yaratish ;
ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni, ish haq iga qo'shimchalar, kapital qo‘yilmalar va boshqa xarajatlarni guruhlagan holda bir satrda mablag’ bilan ta’minlash usulida budjet tashkilotlarini normativlar bo'yicha (fao liyat turiga ko‘ra) mablag’ bilan ta’minlashning yangi tar tibini joriy etish;
budjetdan mablag’ bilan ta’minlashni budjet tashkilotlarining faoliyat turi bo'yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish faoliyatini kengaytirish bilan birga qo‘shib olib borish ;
bud jet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag ‘batlantirish , ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o‘rnashib qolishi uchun shart-sharoitlar yaratish .
Mazkur Qarorning to‘liq ijrosini ta’minlash maqsadida yuridik shaxs maq m iga ega bo’lgan faoliyatdagi tashkilotlarga qo'shimcha rav ishda 2000 -yildan boshlab bir qator budjet tashkilotlari va muassasalariga yuridik shaxs maqomi berilgan . Bular:
Maorif sohasida:
kasb – hunar kollejlari, akadem ik litseylar, bolalar uylari;
umumta’lim maktablari, gimnaziyalar, litseylar, maktablararo o‘quv -ishlab ch iqar ish kombinatlari - o'quvchilar kontingenti 400 kishidan kam bolmasa;
internatla r - o'quvchilar kontingenti 200 kishidan kam bo’lmasa;
maktabgacha tarbiya muassasalari - bolalar kontingenti 350 kishidan kam bo'lmasa;
viloyat va tuman (shahar) ahamiyatiga molik maktabdan tashqari muassasalar;
Sog‘liqni saqlash sohasida:
kasalxonalar ( ixtisoslashtirilgan mar kazlar bilan ), tu g 'ruqxonalar , tibbiy - sanitariya qismlari, d ispanserlar, shifoxonalar ;
bolalar uylari, bolalar sanatoriylari, kattalar uchun sil kasalliklari sanatoriylari;
tajriba tariqasida ochilgan qishloq vrachlik punktlari.
Budjet tashkilotlari bo‘ysunuviga ko'ra respublika budjeti va mahailiy (viloyat, tuman, shahar) budjetlardan mablag' bilan ta’minlanadi, ularning joriy faoliyati budjet tashkilotlarini mablag' bilan ta’minlashning o'matilgan tartibiga asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan tashkilotlar mustaqil ravishda o 'z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida qonunchilik bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadi.
Xarajatlar smetasi - budjet tashkilotining unga ajratilgan budjet mablag'larining hajmi, maqsadli yo'nahshi va yil choraklari (har bir chorakning oylari) bo'yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjatidir.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil, 29- oktabrdagi 92-son buyrug'i bilan tasdiqlanib, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil, 19-noyabrda 2157-son bilan ro'yxatga olingan "O'zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko'rib chiqish, tasdiqlash va ro'yxatdan o'tkazish tartibi to'g'risida nizom”ga muvofiq, budjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlariarnalda qo'llaniladi:
yakka (individual) smetalar;
jamlanma smetalar;
budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha smetalar; markazlashgan tadbirlar uchun smetalar.