Reja:
Genetik axborotning ko’chirilish turlari.
Replikatsiyaning molekulyar asoslari.
Transkriptsiyaning molekulyar asoslari.
Oqsillar biosintezi - translyatsiya. Insulin gormoninig ta’sir mexanizmi
Genetik axborotning ko’chirilishi va uning hujayra faoliyati uchun ahamiyati.
Genetik axborotning ko’chirilishi, ya’ni irsiy xususiyatlarning uzatilishi tirik organizmlarning noyob xossasi hisoblanadi. Genetik axborotning saqlanishi va uzatilishi nuklein kislotalarning vazifalari hisoblanadi. Yadro xromosomalari va organizm hujayrasining mitoxondriya va xloroplastlaridagi DNK da joylashgan genetik dastur bir xil. Ularning ixtisoslashuvidagi farqlar hujayra rivojlanishi davomida genetik axborotning taqsimlanishida namoyon bo’ladi. Shuning uchun yetilgan, differentsiallangan hujayralar, masalan miya to’qimasi, jigar hujayralari bir-biridan molekulyar komponentlari to’plami bilan farqlanadi. Turli xil hujayralarning shakllanishini sxema ko’rinishida ifodalash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |