O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“PEDAGOGIKA” FAKULTETI MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI KURS ISHI
MAVZU: MILLIY ISTIQLOL G'OYASINI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA MAKTABGACHA TA'LIM HAMKORLIGI KURS ISHI
Topshirdi: Abdullayeva Ozoda
Qabul qildi:Niyozova Gulnoza
GULISTON - 2023 Mundarija I.Kirish…………………………………………………………………..…..3-5 I. BOB. MILLIY TA’LIM-TARBIYANING ISTIQLOL G‘OYASINI YOSHLAR ONGIGA SINGDIRISH IMKONIYATLARI.
1.1. Milliy g‘oyani inson ongi va qalbiga singdirishda yangi pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish vazifalari………………………6-18
1.2.Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlarning rolini oshirish masalalari. ………………………………………….18-22
II .BOB. MILLIY G‘OYA TARG‘IBOTI VA TASHVIQOTIDA MADANIY-MA’RIFIY MUASSASALARNING O‘RNI. 2.1. Yoshlar qalbiga vatanparvarlik, el yurtga sadoqat, insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini singdirish……………………………………...22-25
2.2. Mustaqillikning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, siyosiy-huquqiy zaminlarini mustahkamlash………………………………………………………..25-30
2.3. Bolalar doim biror foydali ish bilan band bo‘lishini ta’minlash…..30-32
Xulosa………………………………………….……………………….38-39 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….40 Kirish O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma’naviy merosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga yetkazish borasida keng ko‘lamda faoliyat olib borilmoqda.
Respublika Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlab o‘tganidek, ma’naviyatning mohiyati shunchalik kengki, uni o‘lchab ham, poyoniga yetkazib ham bo‘lmaydi. U inson uchun butun bir olamdir.
Bozor munosabatlari sharoitida ma’naviyat va ma’rifat ishlariga g‘oyat katta e’tibor berilishi mustaqil O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Shu borada “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil qilish va ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan 1994-yil 23-apreldagi va keyingi Prezident farmonlari Respublikada ma’naviy va mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yilning 2-iyunidagi Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi yangi farmoni mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim dastur bo‘ldi. Yurtboshimizning ma’naviyatga bosh homiy bo‘layotgani, viloyat hokimlarining ma’naviy va ma’rifiy Kengashlariga shaxsan o‘zlari raislik qilayotganlari mamlakatimizda ma’naviy qadriyatlarni tiklash, har tomonlama kamol topgan insonni tarbiyalashga qanchalik katta e’tibor berilganlikni ko‘rsatadi.
Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Prezident farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida “Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish”, “Aholini siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish” yuzasidan hujjatlar qabul qilib, 39 ta kichik ishchi guruhlarni tuzdi. Qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini kuchaytirish yuzasidan kengashning joylardagi bo‘limlari muayyan ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan boy madaniy meroslarini o‘rganish ham katta o‘rin egallaydi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o‘rganish va targ‘ib etish uchun keng yo‘llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablag‘lar ajratildi. O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san’at oliy o‘quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o‘choqlariga aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qo‘yila boshladi.
Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtayi nazaridan yondoshishga chek qo‘yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo‘ja Axror, Cho‘lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib asarlari chop etildi.Barkamol avlodni tarbiyalashdagi katta hizmatlarni hisobga olib adabiyotning ilg‘or namoyandalari Abdulla Oripov,Sayid Ahmad, Erkin Vohidov, Qayibergen To‘lepbergenov, Ibroxim Yusupovlar O‘zbekiston Qaxramoni unvoniga sazovor bo‘ldilar.
1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini o‘tkazish katta ahamiyatga molik voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994-yil Mirzo Ulubek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tdi.
Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib o‘tdi. YUNESKO tomonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Shu yili YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzuida anjuman va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi, Amir Temur nomi berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi.
Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bohovuddin Naqshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.
Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludi, “Alpomish” dostoni yaratilishining 1000 yilligi keng miqyosda nishonlandi.
Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al Buxoriyning yubileyiga bag‘ishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan “Al-Jome’ as-Sahiyh” (Ishonarli to‘plam), “Al-adab, al-mufrad” (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chiqarildi.
1998-yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmad al Farg‘oniy tavalludning 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi.