Proceedings of Global Technovation
2
nd
International Multidisciplinary Scientific Conference
Hosted from London, U.K.
https://conferencepublication.com
December 28
th
, 2020
72
SAYFI SAROYINING “GULISTONI BIT-TURKIY” ASARI TILI
XUSUSIDA.
Eshonqulova Shahnoza Yusufovna,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti
universiteti 2-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Sayfi Saroyining “Gulistoni bit-turkiy” asari tili bo„yicha ma‟lumotlar berilgan.
Kalit so„zlar:
Turk, turkiy til,
qipchoq lahjasi, erkin tarjima, o„zbek tili, turkiy xalqlar.
Sayfi Saroyi “Guliston” tarjimasi bilan o„z ismini turk adabiyotiga oltin harflar bilan yozgan tarjimon
va shoirdir. Asarlarini turkiy tilning qipchoq lahjasida yozgan.
Sayfi Saroyi Movarounnahrda, Oltin O„rda davlatining poytaxti Saroyda yashab ijod qilgan. Misr va
Turkiyada ham yashagan. “Gulistoni bit-turkiy” kitobidagi quyidagi misralar
shoirning Misr maliklaridan
birining xizmatida bo„lganligi, qarib qolganligi tufayli o„z vataniga ketish uchun malikdan ruxsat
so„raganidan dalolat beradi:
Ilohiy bu qari miskin qulingni,
Bag‘ishla ko‘rguzub to‘g‘ri yo‘lingni.
Maliklar rasmidir dilshod qilmoq,
Qarisa qullarin ozod qilmoq.
Qari yorli quling Sayfi Saroyi,
Faqiru benavo lutfing gadoyi.
Ani lutfing bilan dilshod qilg‘il,
Bag‘ishlab yozuqin ozod qilg‘il.
Adib taxminan 1396-yilda vafot etgan. Sayfi Saroyining o„zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo„shgan
hissasi bebahodir. Undan bizgacha bir qancha g„azal, qasida, qit‟a, ruboiylar, “Suhayl va Guldursun” dostoni,
“Sinbondnoma”, “Guliston” kabi asarlarining erkin tarjimalari yetib kelgan.
Bulardan tashqari, Sa‟diy
“Guliston”i tarjimasiga kiritilgan original she‟riy parchalar, masnaviylar ham Sayfi Saroyi qalamiga
mansubdir. (
http://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/sayfi-saroyi.html
)
Sayfi Saroyining “Guliston bit-turkiy” asari turk lahjalarida so„zlashuvchi xalqlar uchun o„z davrida
o„rnak asar hisoblangan. Hatto maktablarda darslik sifatida ham o„qitilgan.
Siyosatchi, turkolog va
adabiyotshunos olim Mehmet Fuat Ko„prulu “Guliston bit-turkiy” haqida shunday yozadi: “Shu qadar aniq
va toza tilda yozilganki, tarjimonning adabiy qudrati chindan ham har qanday tanqiddan ustun turadi. XIV
asr qipchoq lahjasida adabiy nasrning bundan ortiq go„zal bir namunasini topish imkonsiz”.
1
“Gulistoni bit-turkiy” Sadiy Sheroziyning “Guliston” asarining erkin tarjimasidir. Sayfi Saroyi
“Guliston”ning asosiy mag„zini olib uni yangi hikoyatlar, qit‟a va baytlar bilan to„ldirib, ona tilida xalqiga
taqdim etadi. Sayfi Saroyi bu asarni o„sha vaqtdagi Misr maligining iltimosiga binoan yozishni boshlagan.
Shoirning o„zi bu haqda “Gulistoni bit-turkiy” asari boshlanmasidasida shunday yozadi: „Iliq yoz kunlarinda
bir
kun bpston ichinda, gullar orasinda bir necha zarif olimlar bilan o„turub, insho ilmindan bahs qilib,
abyoti g„arib va ash‟ori ajib o„qudum esa, ul olimlarning ulusi aruz ilmindan bir mushkul baytning taqattu‟in
savol etti. Filhol javobin eshitib aytti: „Ey adibi g„arib, senga bir muvofiq nasihatim bor, qabul qilsang, xayr
bo„lg„ay”. Ayttim: „Buyurung”. Aytti: „Shayx Sa‟diy Gulistonin turkiy tarjima qilsang, bir sohib-davlat er
oting misroi yodgoring jahonda qolsun deb”.
2
1
M. Fuat Köprülü, Türk edebiyatı tarihi, s-374
2
Sayfi Saroyi, “Gulistoni bit-turkiy”. Uch bulbul gulshani. T., 1986-y., 170-bet