Guruh: bha-90-2 Bajardi: Buvanazarov. B



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix20.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#101132
  1   2
favorite



O’ZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIУ TА’LIM, FAN VA 
INNOVATSIYALAR VАZIRLIGI 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 


 

Mavzu: Banklarning iqtisodiyotidagi ro’li


 

 
 
Guruh:BHA-90-2 
Bajardi:Buvanazarov .B

 
 
 
 
Toshkent 2023 
 
MUSTAQIL ISH


Banklarning iqtisodiyotidagi ro’li 
 
Bank deb, pul mablaglarini yig`uvchi, saqlab beruvchi, kredit-xisob va boshqa 
vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi. 
Banklar paydo bo`lishining asosi bo`lib tovar-pul munosabatlarining 
rivojlanishi xisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarinig bo`lishi va ularning rivojlanib 
borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo`lishini taqazo etadi. 
Banklar o`rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, 
shaxar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o`z 
bo`sh turgan mablag`laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga 
mablag` zarur bo`lgan subyektlarga ssudalar berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi 
puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan. 
Bank so`zi italyancha «banka» so`zidan olingan bo`lib, «stol», «pullik stol» 
degan ma`noni anglatadi, chunki o`rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, 
idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo`yib xisob-kitob qilganlar. 
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancherii» deb atalib, agar 
puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma`suliyatsizlik qilsa, u o`tirgan 
stol sindirib tashlangan va uni «Banco rotto», ya`ni bankrot deb atashgan. Banklar 
paydo bo`lishining boshlang`ich nuqtasi bo`lib XVI asrda Florensiya va Venetsiyada 
tashkil qilingan kichik jiro-banklar xisoblanadi. Keyinchalik bunday banklar 
Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurenbergda, Genuyada 
vujudga kelgan. Bu banklar asosan o`z mijozlari – savdogarlarga xizmat qilgan, ular 
o`rtasida naqd pulsiz xisob-kitoblarni olib borgan. 
Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat 
hisoblanadi. Angliya bankirlari oltinni saqlab beruvchilar va savdogarlardan kelib 
chiqqan. Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanadi, u 1694 


yilda aksioner bank sifatida tashkil bo`lgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida 
banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil bo`lgan. . 
Natural xo’jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotik munosabatlarining 
rivojlanishi pullik xisob-kitoblar olib borishga, kredit tizimini rivojlanishiga yo`l 
ochdi. 
Ssuda kapitalisti asosan o`z bo`sh mablag`ini qarzga berib ssuda foizi sifatida 
daromadga ega bo`lsa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag`larni kreditga 
berib foydaga ega buladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo`sh 
pul mablag`larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag`ni jamlab uni 
xarakatini boshqaradi. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatini takomillashuvi ularni 
maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib keldi. 
Xozirgi vaqtda jahonda umum qabul qilingan bank tizimi ikki pog`onali 
bank tizimi bo`lib u markaziy bank va tijorat banklari tarmog`ini o`z ichiga oladi. 
Bank tizimini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib qayta tashkil etish 
quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi: 
- Xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-
moliya tizimi barqarorligiga erishish 
- bank tizimidagi islohatlar umumiqtisodiy islohatlarning o`tkazilishi bilan mos 
kelishi 
- bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo`li bilan jahon 
banki tizimiga yaqinlashtirish 
- pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojini va uning 
iqtisodining xususiyatini hisobga olish 
- banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun quyish va boshqalar. 


Jahon amaliyotidagi xozirgi mavjud banklarning rivojlanishini quyidagi ikki 
davrga bo`lish mumkin: 
Birinchi davr – bu O`zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo`lgan davrdagi 
bank tizimi 
Ikkinchi davr O`zbekiston mustakillikka erishgandan keyingi davrdagi bank 
tizimi. 
Bank tizimi rivojlanishining birinchi davri quyidagi bosqichlarni o`z 
ichiga олади: 
- Birinchi bosqich XIX-asrning oxiridan 1930-32 yillargacha bo`lgan davrni 
o`z ichiga olib bunda oldingi mavjud bo`lgan banklar zaminida sobiq ittifoqning 
kredit tizimi tashkil qilindi. Bu davrda shu vaqtdagi iqtisodiyotning rivojlanishiga mos 
keluvchi tarmoq banklari, o`lka banklari, tijorat banklari, maxsus banklar, davlat 
banklari kabi banklar faoliyat ko`rsatgan.
- Ikkinchi bosqich 1932 yildan 1959 yillargacha bo`lgan davrni o`z ichiga 
oladi. Bu davrda banklar korxonalarni veksel orqali kreditlashdan (egri kreditlash) 
to`g`ridan-to`g`ri kreditlashga o`tdi. Bunda banklar xalq xo`jaligi sohalari bo`yicha 
tashkil qilindi va ular shu sohalarga muddatli kreditlash va moliyalashtirish bilan 
shug`ullangan. Davlat banki asosan qisqa muddatli kreditlashni olib borgan. 
- Uchinchi bosqich 1959 yildan 1988 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga 
oladi. Бунда mavjud tarmok banklari qayta tashkil qilinib mamlakatdagi barcha kredit 
munosabatlarni olib borish maqsadida uchta yirik bank - Davlat banki, qurilish banki, 
tashqi savdo banki tashkil qilindi. Davlat banki xalq xo`jaligining barcha sohalariga 
(qishloq xo`jaligiga o`zoq muddatli kredit ham) qisqa muddatli kredit bergan. Qurilish 
banki kapital quyilmalar bilan boglik operatsiyalarni bajargan. Tashki savdo banki 
mamlakatning eksport-import operatsiyalarini bajargan. 


- Turtinchi bosqich bank tizimini qayta tashkil qilish bosqichi bo`lib, u 1988 
yildan 1990 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda davlat banki bilan bir 
qatorda ko`plab maxsus tarmoq banklari tashkil etildi. 
Bu davr bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib ikki pog`onali bank 
tizimiga o`tish bilan ham bog`liq. 
Xalqaro amaliyotda ikki pog`onali bank tizimi Vengriyada 1987 yilda, 
SSSRda 1988 yildan, Polshada 1989 yildan, Bolgariya, Ruminiya va 
Chexoslavakiyada 1990 yildan joriy etilgan. 
Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning 
muhim subyekti hisoblanadi. Banklar bozor munosabatining boshqa subyektlaridan 
farq qilib pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo`sh turgan pul mablag`larini yig`uvchi, uni 
unga ehtiyoj sezgan subyektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul 
mablag`larini samarali ishlatish asosida o`z faoliyatini olib boruvchi muassasa 
hisoblanadi. 
Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni xarakatga keltiruvchi 
subyekt hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi 
sifatida kapital aylanishining uzluksizligini ta`minlab jamiyatning ravnaq topishiga
iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a`zolari farovonligiga zamin yaratadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda 
rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyat ochib 
beradi. 
Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos 
keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug`ildi. 
O`zbekiston Respublikasining bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari 
Respublikamiz mustaqilligining e`lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari 
tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham 


kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti 
talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug`ildi. 
Bank tizimini qayta qurish: 
- ikki pog`onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy emission bank va 
bevosita xo`jalik subyektlariga xizmat ko`rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari; 
- ixtisoslashtirilgan banklarni to`laligicha xo`jalik hisobiga va o`z-o`zini 
moliyalashga utkazish; 
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo`ladigan kredit 
munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o`z ichiga 
oladi. 
O`zbekiston bozor iqtisodiyotiga o`tishning bosqichma-bosqich yo`lini 
tanlagani bois bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega: 
- Birinchi bosqich milliy valyutani muomilaga kiritish uchun asos yaratilgan va 
ikki pog`onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yildan 1994 yilgacha bo`lgan 
davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish 
bo`yicha olib borilgan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan O`zbekiston 
Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi Qonuni asosida amalga 
oshirildi.
Ushbu qonun asosida sobiq SSSR davlat bankining respublika 
muassasi asosida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`zildi (1992 yil 
sentabr) va unga respublikada pul muomilasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini 
vujudga keltirish va tulov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi. 
Ushbu davrda tashkil etilgan maxsus ixtisoslashgan banklar jumlasiga sanoat 
qurilish banki, kommunal qurilish va sotsial taraqqiyot banki, agrosanoat banki, tashqi 
iqtisodiy faoliyat banki, jamg`arma banki va boshqa banklarni kiritish mumkin. 


O`zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta 
muomilaga kiritilgan (1994 yil 1 iyul) va ikki pog`onali bank tizimining xuquqiy 
asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni o`z ichiga oladi. 
1994 yil 18 martdagi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish 
va 
pul-kredit 
munosabatlarini 
barqarorlashtirish 
bo`yicha 
chora-tadbirlari 
to`g`risida»gi qarori, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to`g`risida»gi va 1996 yil 25 aprelda «Banklar va 
bank faoliyati to`g`risida»gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bank 
tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasidagi mustahkam qonuniy poydevor 
yaratdi. 
Ushbu bosqichning xususiyatlaridan biri 1995 yildan boshlab O`zbekistonda 
maxsus nobank kredit tashkilotlari (investitsiya kompaniyalari, sug`o`rta 
kompaniyalari va boshqalar) tashkil qilina boshlandi. 
O`zbekiston bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997-2000 
yillarni o`z ichiga olib u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish va 
aksiyador – tijorat banklarida boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida 
nazoratni ko`chaytirishdan iborat. 
Bu bosqichda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy tijorat 
banklari tashkil qilishni rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi (1997 yil 24 
aprel), «Aksiyadorlik-tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari 
2.Banklar va bank faoliyati to`g`risidagi qonun , Toshkent,1996y 
to`g`risida»gi (1998 yil 2 oktabr), «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va 
isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to`g`risida»gi (2000 yil 21 mart) farmonlari 
muhim ahamiyatga ega. 
Shu kabi 1999 yil 15 yanvarda O`zbekiston Respublikasining «Bank tizimini 
isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida» gi, 2000 yil 24 martdagi «Bank tizimini isloh 
qilishga doir qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida» gi qarorlari qabul qilindi. 


Shu bosqichda bank tizimini islox qilish respublika komissisiyasi tuzildi, 
mijozlarga xizmat kursatish sifati oshirildi, kichik va o`rta biznesni yanada 
rivojlantirishga, ichki nazorat ta`sirchanligini oshirishga e`tibor qaratildi. 
Bank tizimi rivojlanishining to`rtinchi bosqichi 2001 yildan boshlandi va uning 
asosiy xususiyatlari bo`lib kuyidagilar hisoblanadi: 
1. Banklar faoliyatini yanada rivojlantirish asosida aholining bank tizimiga 
bo`lgan ishonchi mustahkamlandi. Agar 2001 yilni boshiga tijorat banklar kapitali 
502 mlrd so`mdan 2008 yilni boshiga 1500 mlrd. so`mga, ya`ni 298,8% ga oshgan 
bo`lsa, shu davrda axolining banklardagi pul jamgarmalari (yangi omonat turlari, 
yukori foizlar va boshqalar xisobiga) 91,5 mlrd. so`mdan 994,6 mlrd. so`mga yoki 
10,9 barobarga oshdi.
So`nggi yillarda mamlakatimizda aholining milliy valyutamiz-so`mdagi 
muddatli va jamg`arma omonatlari bo`yicha to`layotgan o`rtacha foiz stavkalari 16-18 
foizni tashkil etmoqda. 
2. 
Tijorat 
banklarining 
xususiy 
tadbirkorlik, 
kichik 
va 
o`rta 
biznes subyektlariga ko`rsatgan yordami ortdi. Ma`lumki, kichik tadbirkorlik 
subyektlarining soni yil sayin oshib bormoqda va ularni soni 1.01.2000 yilga 159,7 
ming tani tashkil etadi. 2007 yilning boshiga kichik biznes subyektlarining soni 
384,1 mingtaga yetdi. Barcha manbaalar tomonidan kichik biznes subyektlariga 
berilgan kreditlar 2004 yilni boshiga 354 mlrd so`mni tashkil etgan bo`lsa bu 
ko`rsatkich 2006 yilning boshiga 510,4 mlrd so`mni tashkil etdi. Kichik biznes 
subyektlarining 
YAIMdagi 
ulushi 
2006 1.O`zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi, Toshkent, 2001y 
yilda 42,1 foizni tashkil etdi, 2007 yilni rejasiga ko`ra uni 45 foizga yetishi 
muljallangan. 


Tijorat banklarining mikro kreditlari tufayli 2007 yilda kichik biznes 
subyektlari tomonidan 106778 ta yangi ishchi o`rinlari yaratildi. Bu ko`rsatkich 2006 
yilga nisbatan 1,5 barobarga ko`p demakdir. 
3. Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish bo`yicha ishlar jadallashtirildi. Bu 
bosqichda milliy valyutani erkin ayirboshlash ishlari bosqichma-bosqich amalga 
oshirildi va 2003 yil 15 oktabridan boshlab joriy xalqaro operatsiyalar bo`yicha 
so`mning erkin almashtirilishi joriy etildi. 
Valyuta munosabatlarini takomillashuvi munosabati bilan O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 2003 yil 11 dekabridagi 557 son qarori bilan 
«Valyutani tartibga solish to`g`risida»gi qonuniga o`zgartirishlar kiritildi. 
Shu asosda respublikamizda bank tizimini taraqqiy etishi va takomillashuvi 
davom etmoqda. 
Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi 
«Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi va 
2007 yil 12 iyuldagi “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodi|tni 
modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish 
chora -tadbirlari to`g`risida”gi Qarorlari katta ahamiyatga ega 
Umuman, O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov o`zbek 
modeliga munosib bank tizimi asoschisi hisoblanadi. 
Markaziy bank va uning funksiyalari. O`zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki faoliyatining asoslari 
Markaziy bank – kredit tizimining bosh banki bo`lib, mamlakatda pul-kredit 
siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi. 


Birinchi markaziy banklar bundan qariyib uch yuz yil oldin tijorat banklarining 
rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil bo`lgan Shved Riks 
Jiro banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir. 
Yevropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, asosan XVIII 
asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko`rsata boshlagan. AQShda Markaziy 
bank funksiyasini 12 federal rezerv bankidan iborat federal rezerv tizimi bajaradi. 
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1992 yilning sentabr oyidan sobiq 
SSSR davlat bankining Respublika bo`limi zaminida paydo bo`lgan. 
Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yuli 
mavjud: 
Birinchi yul – o`zoq davr mobaynida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida 
ularni Markaziy bankka aylanishi. Shu holat 1844 yilda Angliyada, 1848 yilda 
Fransiyada, 1874 yil Ispaniyada, 1875 yilda Germaniyada (Reyxsbank), 1893 yilda 
Italiya Markaziy banklari tashkil bo`lishi bilan bog`liq. 
Ikkinchi yo`l – bir yo`la Markaziy bank – emission markaz sifatida tashkil 
qilingan banklar. Bunday banklarga AQShning federal banklari, 1913 yildan tashkil 
etila boshlangan Lotin Amerikasi mamlakatlari banklari, Avstriya Markaziy banki va 
boshqalarni kiritish mumkin. 
Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarishda va bank tizimini nazorat qilishda 
muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham uning faoliyati uning Ustaviga nisbatan 
yuqori kuchga ega bo`lgan qonun bilan tartibga solinadi. Markaziy bank alohida 
statusga ega bo`lgani holda butun bank tizimini, davlat organlarini nazorat qilib uning 
faoliyati, vazifalari va yuklatilgan majburiyatlar uni tijorat faoliyati chegarasidan 
chiqadi. 
Respublikamizda Markaziy bank to`g`risidagi qonun 1995 yilni 21 dekabrda 
qabul qilinib 2002 yilda unga ayrim o`zgartirishlar kiritilgan. 


Qonunning 3-moddasiga kura Markaziy bankning bosh maqsadi milliy 
valyutani barqarorligini ta`minlash hisoblanadi. Valyuta barqarorligi tushunchasi pul 
massasi barqarorligini, baho va milliy valyuta almashuv kursini barqarorligini 
anglatadi. 
Qonunning 6-moddasi Markaziy bankning mustaqil ekanligiga bag`ishlanib u 
quyidagilarda ko`rinadi: 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin