Meksika (Mexiko), Meksika Qoʻshma Shtatlari (Estados Unidos Mexicanos) — Shimoliy Amerikaning janubiy qismida joylashgan davlat. BMT aʼzosi. Maydoni 1958,2 ming km². Aholisi 101,9 mln. kishi (2001). Poytaxti — Mexiko shahri. Maʼmuriy jihatdan 31 shtat va 1 poytaxt federal okrugiga boʻlinadi.
M. — federativ respublika. Meksika Qoʻshma Shtatlarining 1917-yil 5-fevraldagi Siyosiy Konstitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Vi-sente Foks Kesada), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi. Konstitutsiyaga binoan, prezident qayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (2 palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi.
Meksika xaqidagi faktlar
M. — industrial-agrar mamlakat. Lotin Amerikasida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,5%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 9%. M. paxta, shakarqamish, kofe yetishtirishda, neft, gaz, kumush, rux, qoʻrgʻoshin, oltingugurt, simob qazib olishda dunyoda oddingi oʻrinlarda turadi.
Sanoatida iqtisodiy faol aholining 15,3% band. Muhim tarmoqlari: konchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, metallurgiya, qurilish, toʻqimachilik, oziq-ovqat, mashinasozlik sanoati. Neftgaz sanoati va ularni qayta ishlash korxonalari M. qoʻltigʻi sohilida, konchilik va metallurgiya sanoati Meksika togʻligi shimolida, ishlab chiqarish sanoati korxonalari yirik shaharlarda joylashgan.
Iqtisodiy qisqacha faktlar
Transport yoʻli uz. — 26,4 ming km, avtomobil yoʻllari uz. — 242,3 ming km. 11 ming km neft va gaz quvuri bor. Barcha shtat va shaharlari aviatsiya havo yoʻllari orqali tutashtirilgan. Mexiko, Verakrus, Merida, Monterreyda katta aero-portlar bor. Asosiy dengiz portlari: Verakrus, Mexiko, Tampiko, Koatsa-koalkos, Salina-Krus.
Meksikaning asosiy bozori 1994—2008-yillarda tashkil etilgan Kanada va AQSh bilan erkin savdo zonasi (NAFTA) hisoblaandi. Natijada, 1993—2013-yillar uchun. Meksikaning AQShga eksporti 49,5 milliard dollardan 277,7 milliard dollarga, Kanadaga esa 3,3 milliard dollardan 25,5 milliard dollargacha koʻtarildi[5] va bu davrda import qiymati AQShdan 50,8 milliard dollardan 216,3 milliard dollarga, Kanadadan esa 0,8 milliard dollardan 5,4 milliard dollargacha koʻtarildi[5].
1-yanvaridan Meksikada eng kam ish haqi hudud va sanoatga qarab, mamlakatning asosiy qismida kuniga 172,87 pesodan (8,47 dollar) 222,67 pesogacha (10,91 dollar) va har bir kishi uchun 260,34 peso (12,76 dollar)ni tashkil etadi. Meksikaning Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan chegarasi boʻylab, alohida iqtisodiy maqomga ega boʻlgan Shimoliy chegara erkin zonasi, AQSh bilan chegaradosh munitsipalitetlardan tashkil topgan