Guruh talabasi Iskandarova Nodiraning “Matematika o‘qitish metodikasi” fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu



Yüklə 351,04 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü351,04 Kb.
#167387
  1   2   3
1 - betni chiqarish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

Pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi
20/13 -guruh talabasi Iskandarova Nodiraning
Matematika o‘qitish metodikasi” fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: 3 – sinf o’quvchilariga og’irlik o’lchovlarini o’rgatish metodikasi .


Topshirdi: Iskandarova N.X.
Qabul qildi: Bobojonov Mahkam
Urganch-2023

Mundarija


Kirish……………………………………………………………….3……………4
I BOB Boshlang‘ich sinflarda og‘zaki va yozma hisoblash usullari
1.1. O‘quvchilarda yozma hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish…....5..............7
1.2. Og‘zaki hisoblash mashg‘ulotlarining turlari……………….8……………13
II BOB Og‘zaki va yozma hisobning o‘rin almashtirish, guruhlash va taqsimot qonunlari
2.1 Og‘zaki va yozma hisobda o‘rin almashtirish, guruhlash va taqsimot qonunlarini qo‘llashga asoslangan usullar……………………….......14………21
2.2 Maktabda tez (chaqqon) og‘zaki hisoblashni o‘stirish mashg‘ulotlarini tashkil qilish……………………………………………………………....22………….30
Xulosa……………………………………………………………………………31
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………....32


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirgi maktab o‘rindiqlarida o‘tirgan yosh avlod ertaga bizning qo‘limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, ovzidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O‘zbekiston buyuk kelajagining egalaridir! Shu sababli Prezidentimiz Shavkat Mirziyayev butun mamlakatimiz diqqat e’tiborini barkamol avlod tarbiyasiga qaratmoqda. Ta’lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma’lum. Bu haqda Prezidentimizning quyidagi so‘zlari ibratlidir: “Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota –ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi”[1]
Matematikaning asosiy tushunchalari natural son, arifmetik amallar, to‘g‘ri chiziq kesmasi, aylana kabi geometrik tushunchalar insoniyat tarixining ilk davridayoq paydo bo‘lgan. Matematika fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bevosita amaliy ehtiyojdan-narsalarni sanash, xo‘jalik hisob kitobi, masofalarni o‘lchash, buyumlarning shaklini belgilash, quyosh va yulduzlar vaziyatiga qarab dunyo tomonlarini aniqlash kabi tirikchilik uchun zarur masalalardan kelib chiqqan.
Og‘zaki hisoblash sanoq sistemasini osonlashtiradi va amallarni bajarish usullariga asos bo‘lgan xususiyatlarni yaxshiroq tushunish va o‘zlashtirib olishga yordam beradi va bundan tashqari amallarni bajarish uchun odatda ishlatiladigan qoidalardan tashqari chiqishga va qisqaroq usullar ishlatishga imkon berib, o‘quvchilarning kuzatuvchanlik sezgisini va ziyrakligini oshiradi.
Og‘zaki hisob maktab uchun sof metodik tomondan ham ahamiyatlidir, chunki har qanday murakkab amalni tushuntirish ishini og‘zaki hisob yordami bilan hammadan tezroq bajarib bo‘ladi. O‘qituvchi og‘zaki yechiladigan yengil masala va misollardan boshlab, bolalarni murakkabroq amallarni yozma bajarishni talab qilgan masala va misollarga olib keladi.
O‘qitish protsessida har xil metodlar, usullar va vositalardan foydalanib ko‘p soli mashq qildirish harakatlaridagi mashqlarni bajarish bilan arifmetik amallarni jadval xollarini tezlashtirishni avtomatizmlarda (yod olishga yetkazish kerak). Arifmetik amallarning jadval xollarini yetarlicha puxta o‘zlashtirmaslik yozma hisoblash usullarini o‘zlashtirishda pand berib qo‘yish mumkin. Bu hisoblashlar 3 sinfda avtomatizmga o‘tkazilishi kerak.[2]

Yüklə 351,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin