Harakatning nisbiyligi



Yüklə 73,18 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.06.2023
ölçüsü73,18 Kb.
#134441
7 fizika uzb 2017 (1) kk emas-002



9
I bob. Mexanik harakat haqida umumiy ma’lumotlar
Harakatning nisbiyligi
Odatda, jismning vaziyati yerga nisbatan o‘zgarmasa, u tinch turibdi, 
deymiz. Aslida, jismning tinch yoki harakat holati nisbiydir. Qayiqda o‘tirgan 
odam qayiqqa nisbatan tinch holatda bo‘lsa, daryo qirg‘og‘iga nisbatan 
harakatda bo‘ladi. Yerdagi barcha narsalar go‘yoki tinch turganga o‘xshaydi. 
Lekin ular Yer bilan birga Quyosh atrofi da aylanadi, ya’ni harakatda bo‘ladi. 
Ma’lum tezlikda ketayotgan poyezd ichida yurib ketayotgan odam vagonga 
nisbatan kichik tezlikda harakatlansa, tashqaridagi temiryo‘l relsiga nisbatan 
katta tezlikda harakatlanayotgan bo‘ladi. Bu odam tezligi turli jismlarga 
nisbatan turlicha bo‘ladi. Boshqa jismlar bo‘lmasa, yakka bir jism tezligi 
haqida biron bir fi kr yuritish mumkin emas. 
Barcha jismlarning harakati nisbiy bo‘lib, ularning tinch turishi 
ham nisbiydir.
Sanoq jism
Harakatning nisbiyligini hisobga olish uchun «sanoq jism» tushunchasi 
kiritiladi. Masalan, odam va avtomobillarning harakati yoki tinch 
holati Yerga nisbatan olinadi. Bu holda Yer – sanoq jism hisoblanadi. 
Atrofi mizdagi barcha jismlarning tinchlik holati yoki mexanik harakati ana 
shunday sanoq jismlarga nisbatan qaraladi. Agar Yerning Quyosh atrofi dagi 
harakati qaralayotgan bo‘lsa, Quyosh sanoq jism bo‘ladi.
Jismning harakati yoki tinch holati qaysi jismga nisbatan kuz a-
tilayot gan bo‘lsa, o‘sha jism sanoq jism deb ataladi.
3-rasmda yerga nisbatan 10 m/s tezlik bilan ke-
tayotgan platforma ustida shu yo‘nalishda 1 m/s 
tez lik bilan ketayotgan odam tasvirlangan. Bu 
odamning harakati uchun platforma sanoq jism deb 
olinsa, uning tezligi 1 m/s bo‘ladi. Agar sanoq jism 
sifatida Yer tanlab olinsa, odamning tezligi 11 m/s 
bo‘ladi (10 m/s + 1 m/s = 11 m/s). Yo‘lda ketayotgan avtomobil, poyezd 
va bosh qa larning harakatida sanoq jism sifatida Yer shari o‘rniga uning 
sirtida qo‘zg‘almas holatda joylashgan bino, daraxt kabilarni olish mumkin. 
Masalan, avtomobilning harakati yo‘l yoqasidagi daraxtga nisbatan ku za-
tilayotgan bo‘lsa, ayni paytda shu daraxt sanoq jism deb olinadi.
3-rasm.
Platforma ustidagi 
odam harakati nisbiydir

Yüklə 73,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin