HASHAROTLAR – BUYUM VA MATERIALLAR ZARARKUNANDALARI.
HASHAROTLARNING MATERIALLAR BILAN BOG‘LIQLIGI
I-BOB. HASHAROTLAR – INSECTA SINFINING UMUMIY TASNIFI
Hasharotlar hayvonot dunyosining katta qismini tashkil etib, yer sharining barcha hududlarida keng tarqalgan. Turlar tarkibi 2 mln.dan ortiq bо‘lib, tabiiy ekosistemalardagi roli beqiyosdir. Hasharotlar faunasi О‘rta Osiyo, jumladan, О‘zbekistonda ham ularning xilma-xilligi boy bо‘lib, endemik turlar va avlodlari bila ajralib turadi. Ushbu vaziyat ekologik muhitning rang-barangligi bilan chambarchas bog‘liqligini kо‘rsatishi mumkin. Qoraqum, Qizilqum chо‘llari va boshqa tekislik landshaftlari, yashil vohalar va tog‘ sistemalari, Pomir-oloy, Hissor, Tyan-Shan bilan uzviy bog‘liqligi, hasharotlar uchun qulay sharoitlarni tashkil topishiga olib kelganligidan dalolat beradi. Hozirgi kunda, О‘zbekistonda hasharotlar sinfiga mansub turlar tarkibi 16 mingdan ziyod bо‘lib, 30 turkumga birlashtirilgan (Nasekomiye Uzbekistana, 1993; Krasnaya kniga Uzbekistana, 2006, 2009). Hasharotlar turkumining 10-60 % ni endemik turlar tashkil etadi. Bu esa, hasharotlar faunasi shakllanishining о‘ziga xosligini kо‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda, ta’kidlash lozimki, hasharotlar turkumlarining о‘rganilganlik darajasi bir xilda emas. Ayrim turkum vakillari bir qator olimlarimiz tomonidan chuqur tahlil etilgan (Xamrayev, Ahmedov, Gapparov, Gan va b.q.)
Ekologiyaning asosida alohida bir turning hayoti yotib, uning atrof-muhit bilan о‘zaro munosabatlari ta’kidlanadi. Ushbu jarayon populyatsiyalarda amalga oshadi. Xususan, oddiy hollarda populyatsiyaning tashqi sharoit ta’siridagi reaksiyasi tufayli ularning statistik tarqalish hususiyati namoyon bо‘lib, kо‘pincha murakkab (atrof-muhit ta’siridan) bog‘liqlik ham kuzatiladi, bir territoriya (xududda) yashayotgan hayvonlar populyatsiyasi va turli о‘simliklar majmuidan yanada murakkabroq tizim, ya’ni biogeotsenoz yoki ekosistema hosil bо‘ladi. Shunday qilib, mos ravishda hasharotlar ekologiyasini ketma-ket uch pog‘onada: individ – populyatsiya – biogeotsenoz (ekosistema) sifatida qarash mumkin.
Umuman hasharotlar inson hayotiga xalal beruvchi jonivorlar sifatida keng tushuniladi. Faraz qilaylikki, sayyoramizdagi barcha hasharotlar yо‘qoldi deb? Taygada qon sо‘ruvchi ikkiqanotlilar bо‘lmasligi tufayli, yashash bir muncha yaxshilanadi, xonadonlar suvaraksiz, dala va omborxonalar zararkunandalarsiz bо‘ladi. Ammo bunda bir yо‘la hasharotlar bilan changlanuvchi о‘simliklar ham yо‘qoladi, kо‘pchilik qushlar va baliqlar oziqasiz nobud bо‘ladi. Tuproq hosil bо‘lishi keskin susayadi. Yerning usti о‘simlik qoldiqlari, hayvon murdasi va tezaklari uyumi bilan tо‘lib-toshadi. Sayyoramiz qiyofasi mutloqa о‘zgaradi, barcha hozirgi biotsenozlar bо‘linib ketadi.
Shunday qilib, hasharotlar biosferaning ajralmas qismi bо‘lib, sayyoramiz hayotida ularning roli beqiyosdir. Lekin insonga katta talofot keltiruvchi alohida zararkundalar sonini boshqarish ma’lum ahamiyat kasb etadi. Jumladan, uy chorva mollariga katta zarar beradigan gо‘sht pashshasini (Cochiliomyia hominivorax c.p) ni genetik usul bilan nurlantirib, sterilizatsiyalash dasturi muvafaqqiyatli bajarilgan. Shuni aniq yodda tutmoq kerakki, har qanday tur – bu xalqa, biogeotsenozning alohida qismidir. Mabodo, biz biror-bir biotsenozning andozasi (modelini) yaratishga xarakat qilsak, unda har doim bizda qandaydir “oshiqcha” gayka va vinti qoladi. Shunga qaramasdan tо‘liq aniqki bunday “detallar”siz biotsenoz mavjud bо‘lishi va normal amal qilishi mumkin emas, yoki sezilarli ravishda mahsuldorligi va barqarorligini yuqotadi (Xamrayev, Nasriddinov, 2003).
Bundan tashqari ushbu tur inson uchun zararlimi yoki foydalimi bir ma’noli xar doim xam xal qilinmaydi. Masalan, tо‘lig‘icha aniqki, hasharotlar madaniy о‘simliklarni yoki о‘rmon daraxtlarini zararlab bizga zarar yetkazadi. Ammo ma’lum bо‘lishicha, о‘simlikning biroz zararlanishi uning rivojlanishi va hosildorligini kuchaytiradi, qaysiki о‘simlik oldindan uning ayrim qismi tabiatning zarariga mо‘ljallangan. Shunday ekan, fitofaglar - “zararkunandalar” nisbatan ularning ozroq sonida, foydali bо‘lib, hosildorlikni oshirishi mumkin, zararkunanda ommaviy rivojlangan taqdirda ham, natija hamisha ham salbiy bо‘lavermaydi. Masalan, eman barg о‘rovchisi ommaviy kо‘payganda may oyi oxiriga kelib, eman mutlaqo yalang‘ochlanib qishdagi kabi, bargsiz bо‘lib qoladi. Keyinchalik daraxt takroran barg chiqara boshlaydi. Bunda daraxt yog‘ochining о‘sishi bir yilda tо‘xtaydi. Ammo, barg о‘rovchining tezaklari daraxt osti tuprog‘ini tо‘liq о‘g‘itlaydi. Bunda nafaqat daraxt о‘g‘itlanadi, balki tuproq xam о‘g‘itga boyiganligi va daraxt ostida quyosh nurlari tо‘liq tushganligi tufayli uning ostida о‘t о‘lanlar gurkirab о‘sadi va daraxt yog‘ochi yillik о‘sishi tо‘xtashi hisobiga serhosil pichan о‘rib olinadi. Yetkazilgan zarar hisobiga qо‘shimcha pichan olinadi.
Nazarimizda mayda pashsha va chivinlar hamda inson uchun boshqa zararli hasharotlar komponentlari havfli hisoblanadi. Ammo, bu hasharotlarning lichinkalari suv xavzalarida rivojlanib, baliqlar uchun qimmatli oziqa bо‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ularning yana bir muhim hususiyati shundaki, tuproqdan suv xavzalariga yig‘iladigan mikroelementlarni о‘zlarida tо‘plab, bunday lichinkalardan paydo bо‘lgan imago bunday mikroelementlarni tabiatga, jumladan suv ayrg‘ichlariga keng tarqatadi. Natijada, bunday hasharotlar tabiatda zarur bо‘lgan butun tiriklik uchun muhim mikroelementlarni tarqatadi, chunki ularning biomassasi g‘oyat kattadir. Shunday qilib, u yoki bu hasharotlarning zarari yoki foydasi tо‘g‘risidagi tushunchalar bunday olib qaraganda nisbiydir.
Inson faoliyati tufayli hasharotlar unga xaqiqatda katta zarar yetkazishi yoki kamdan-kam hollarda boshqa sabablar tufayli ham zarar berishi mumkin. Ayniqsa, bunday turg‘unlikni tabiiy bо‘lmagan landshaft agrotsenozlarida saqlash murakkabdir. Shuning uchun ham, zamonaviy entomologiyaning muhim vazifalaridan biri hasharotlar tabiiy populyatsiyalari sonini nazorat qilish va ularni boshqarishni ilmiy asoslash natijasida, hamisha tabiiy muvozanat ta’minlanishiga qaratilgan bо‘lishi kerak.
Hasharotlar biogeotsenozdagi turli-tumanligi, moslanuvchanligi, intellekti jihatidan sutemizuvchilar bilan bir qatorda olam chо‘qqisini egallaydi. Ammo, hasharotlar sutemizuvchilardan sayyorada yashayotgan barcha mavjudotlar bilan о‘zining anchagina chuqurroq keng tarmoqlangan aloqalari bilan ajralib turadi, chunki hasharotlarning geologik yoshi bir muncha kattadir. Hasharotlarning avlod-ajdodlari ehtimol silur davrida quruklikda paydo bо‘lib, karbon davrida ularning eng kо‘rkamlik davrlari boshlanib shu kunga qadar davom etib kelmoqda. Hasharotlar - birinchi bо‘lib quruqlikni zabt etgan va faol uchish qobiliyatiga ega bо‘lgan dastlabki tirik organizmlardir. Nihoyat, hasharotlar birinchi bо‘lib ijtimoiy turmush tarziga о‘tib, jamoa azolari orasida mehnat taqsimotini amalga oshirgan.
Shunday ekan, hasharotlar tabiat tomonidan muvafaqqiyatli yaratilgan maxsus “konstruksiyadir”. Sо‘zsiz hasharotlarni umurtqalilar, ayniqsa sutemizuvchilar bilan xar qanday solishtirish yuzaki hisoblanadi, chunki ular bir-biridan prinsipial farqlanadigan organizmlardir. Shuning uchun xam hasharotlar ekologiyasi kо‘p jihatidan boshqa hayvonlar ekologiyasidan farq qiladi.
Eng mayda hasharot - tuxumxо‘r yaydoqchining о‘lchami 0,3-0,5 mm dan kam emas. Eng yirik - uzun zamonaviy hasharot tropik tayoqchasimoni - uning о‘lchami 30 sm. Eng og‘ir hasharot - goliaf qо‘ng‘izi 40 gr og‘irlikka ega. Geologik о‘tmishda tana о‘lchami bir oz uzunroq va eng yirik hasharotlar bо‘lgan.
Minimal о‘lchamning sababi shundaki, kо‘p xujayrali murakkab organizmning xujayra о‘lchami maydaligidadir. Shuni unutmaslik kerakki, tipografiya nuqtasi diametridan kichik bо‘lgan tuxumxо‘r-trixogramma prinsipida о‘lchami bir necha santimetr keladigan pardaqanotli skoliyasida mavjud organlar, trixogrammada ham mavjuddir.
Murakkab masala shundan iboratki, hasharotlarning maksimal tana о‘lchami nima uchun chegaralangan?
Dostları ilə paylaş: |