Hinduiylik dinida tabaqalanish to‘rtga bo‘linadi



Yüklə 23,06 Kb.
səhifə1/3
tarix02.11.2022
ölçüsü23,06 Kb.
#67118
  1   2   3
Hinduiylik


Hinduiylik. Hinduiylik murakkab din bo‘lib, u uzoq davr mobaynida shakllangan. 22 Miloddan avvalgi VI–V asrlarda braxmanlik bilan buddaviylik o‘rtasidagi raqobat natijasida hinduiylik dini yuzaga keldi. Bu dinga Hindiston aholisining 83 foizi e’tiqod qiladi. Hinduiylikda besh qoida ustuvor hisoblanadi: 1) Vedalarning muqaddasligi; 2) (pir, ustoz) ning tan olinishi; 3) muqaddas joylarga ziyoratga borish; 4) sanskrit muqaddas til ekanligi; 5) sigirning muqaddas ekanligi tan olish. Hinduiylikda braxmanlar deb ataluvchi ruhoniylar asosiy o‘rin egallaydi. Hinduiylikda braxmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalqdan yoki ayollardan bo‘lishi mumkin. Ular eski aqidalar zamon talabiga javob bermasligini ko‘rgach, yangi qonun-qoidalarga xos turli oqimlarni yuzaga keltirib, buddaviylikka qarshi kurash olib bordilar. Hinduiylikning o‘ziga xos jihati tabaqalanish, ya’ni, kasta tizimining mavjudligidir.
HINDUIYLIK DINIDA TABAQALANISH TO‘RTGA BO‘LINADI
Braxmanlar (Ruhoniylar) Kshatriylar (Harbiylar) Vayshiylar (Savdogarlar, hunarmandlar) Shudriylar (Past tabaqalar) Hinduiylikda trimurti (uchlik) – Braxma, Vishnu, Shiva xudolari asosiy bo‘lib, Braxma ularning eng kattasi, dunyoni yaratgan xudosi sanalsa-da, asosan Vishnu va Shivaga sig‘iniladi. Shundan kelib chiqib, hinduiylik ikki asosiy oqimga bo‘linadi:
1. Shivaga sig‘inuvchilar oqimi (Shivaizm).
2. Vishnuga sig‘inuvchilar oqimi (Vishnuizm).
Shiva – kambag‘allar xudosi sanalib, «Rigveda» manbasida Pudra nomi bilan zikr etilgan. Vishnu – «Rigveda» manbasida u quyosh xudosi – birinchi darajali xudo hisoblanib, ibodat paytida uni Savitar Roxita, Surya, Audita nomlari bilan ataydilar. U «Krishna bilan qo‘shilib yarim inson, yarim xudo shaklidagi qahramon deb tan olinadi». Hinduiylikda «Mahobxorat» va «Ramayana» dostonlari o‘ziga xos muqaddas o‘rin egallaydi.
Vishnu ba’zida to‘rtqo‘lli qilib tasvirlanadi. Krishna murakkab obraz bo‘lib u haqda olov, chaqmoq, momaqaldiroq, osmon, quyosh, bilan bog‘liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, yengilmas qahramon sifatida ta’riflanadi. Vishnuiylik bayramlari turli-tuman bo‘lib, ular bir necha kunlarga cho‘zilib ketadi. Ular duolar o‘qish, ta’zim bajo keltirish, ommaviy diniy marosimlarda qatnashish, hadya, qurbonliklar atash, ibodatxona yaqinidagi yoki ichidagi hovuzlarda cho‘milish kabilar bo‘lgan. Bu marosimlar faqat ruhoniylar boshchiligida bajariladi. Sigir muqaddas hayvon sifatida xudolar qatorida e’zozlanadi. U keyinchalik «tirik but»ga aylanib, Shivaning ma’budlik o‘rinini to‘ldirdi. Vishnuiylikda muqaddas hayvon maymun bo‘lib «Rigveda»da «Vrishakani (erkak maymun) timsolida Xanumanning timsolini ko‘rishimiz mumkin», degan rivoyat keltirilgan. Maymun «Ramayana» dostonidagi odamxudo – Ramning ittifoqchisi maymun-xudo Xanumanning vakili sifatida ulug‘lanadi. Hinduiylikda Hindistonning har bir hayvoni xudo yoki xudoning hamrohi deb e’tiqod qilinadi. Hinduiylikning aqidaviy sohasi, marosimiy tizimi murakkablashib ketgan. Xalq ommasi orasida hozirda ham sodda, but va ruhlarga sig‘inish davom etmoqda.

Yüklə 23,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin