“Ilm-fan muammolari magistrantlar talqinida”
mavzusidagi respublika
ilmiy-amaliy konferensiyasi
~ 41 ~
HUSAYN VOIZ KOSHIFIYNING ASARLARIDA NUTQ MADANIYATIGA
OID QARASHLARI
Bekmuratova Gulzoda Sagindikovna
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti
o‘zbek tili adabiyot yoʻnalishi
2-bosqich magistratura talabasi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada keyingi yillarda nutq madaniyati tilshunoslikning
mustaqil ilmiy yo‘nalishi sifatida shakllanib va rivojlanib borganligi haqida fikr
yuritiladi. Shu bilan birga bu sohaning ko‘pgina muammolari hali o‘zining asosli va
chuqur tadqiqini topganicha yo‘q. Ushbu maqola nutq madaniyati va odobi, mutolaa
madaniyati hamda muloqot madaniyati kabi yoʻnalishdagi fanlarni oʻqitishda barcha
qatlamlardagi yoshlarga nazariy material vazifasini oʻtashi bilan amaliy ahamiyat kasb
etadi.
Kalit so‘zlar:
Ahloqi muhsiniy,
nutq
madaniyati, nutq odobi,
notiqlik, adolat,
Husayn Bayqaro, Muhsin Mirzo.
Jamiyat a’zolarini to‘g‘ri yo‘lda tutib turishning birdan bir yo‘li nutq odobi
tushunchasi bilan bog‘lik tamoyillarga amal qilib yashash
ajdodlarimizning qon-
qoniga singib ketgan asosiy qoida sifatida qabul qilingan yashash tarziga aylangan.
Sharq xalqlarining ushbu qarashlarini to‘g‘ri va ham nazariy, ham amaliy jihatdan
oqillik bilan tartibga solib bayon qilgan ulug‘ alloma Husayn Voiz Koshifiydir.
Koshifiy o‘zigacha bo‘lgan xalq udumlari va turmush tarzini juda yaxshi anglagan
mohir faylasufdir. Uning ana o‘sha faylasufona
qarashlari uni nutq odobi, nutq
madaniyati, til madaniyati, nutq madaniyati va notiqlik
kabi masalalarni sharqona
san’at darajasida tasvirlab yozish imkonini berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki
tarixdan ma’lumki, xalqning tili, didi xususida yozishdan avval o‘sha xalqning fe’lini
puxta o‘rganmoq zarur. Chunki inson fe’li til orqali yo yaxshi yoki yomon tomonga
o‘zgaradi.
“Ahloqi muhsiniy” Koshifiyning ahloqshunoslikka bag‘ishlangan eng mashhur
asari hisoblanadi. Husayn Bayqaroning o‘g‘li, Marv hokimi shahzoda Muhsin Mirzoga
bag‘ishlangan, ushbu kitobida Koshifiy ahloqshunoslikning juda ko‘p tushunchalariga
sharh beradi,ularni jonli hayotiy misollar,shuningdek, qadimgi hikoyalar asosida talqin
etadi. U yaxshilik va yomonlik
haqida fikr yuritar ekan,yaxshilikni asosan ezgulik
ma’nosida tushunadi. Ezgulikning ibtidosini Koshifiy xushxulqlikda ko‘radi. Insoniy
fazilatlarni
u tarbiya, bilim, tajriba orqali tarkib topadi deb hisoblaydi. Halollik,
rostgo‘ylik,
mehnatsevarlik, insonparvarlik singari ahloqiy me’yolar va tamoyillar