I bob. Nazariy qism. 1 Stabilizatorlar haqida umumiy ma’lumotlar. II bob. Amaliy qism



Yüklə 54,62 Kb.
səhifə1/10
tarix28.11.2023
ölçüsü54,62 Kb.
#168097
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
I bob. Nazariy qism. 1 Stabilizatorlar haqida umumiy ma’lumotlar-www.hozir.org


I bob. Nazariy qism. 1 Stabilizatorlar haqida umumiy ma’lumotlar. II bob. Amaliy qism

Mundarija


Kirish……………………………………………..………………………3
I.BOB. Nazariy qism .
1.1 Stabilizatorlar haqida umumiy ma’lumotlar . ……………………….4
II.BOB. Amaliy qism.
2.1.Stabilizatorlarning turlari…………………………………………… 5
2.2.Kuchlanish stabilizatorlarini himolayash. …………………………..17
2.3.Integral mikrosxema (IMS) asosidagi stabilizatorlar. ………………20
III.BOB.
3.1. Stabilizator chiqish ta’minot manbalari. …………………………. 32
Xulosa……………………………………………………………………36
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..37


KIRISH
Deyarli barcha radioelektron apparatlar bir yoki bir nechta ta’minot manbalariga zarurat sezadi. Ko‘p sonli firmalar birlamchi va ikkilamchi elektr ta’minot manbalari bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar va shu bilan birga katta hajmda ishlab chiqarib, bozor talabini qanoatlantirmoqdalar. Ma’lumki, hozirgi vaqtda zaruriy elektr ta’minot manbaiga ega bo‘lish (sotib olish) qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shu bilan birga har bir radioapparatura uchun o‘zining ta’minot manbai ishlab chiqilmoqda.
Ushbu qo‘llanmaning birinchi bobi ta’minot manbalarining umumiy ma’lumotlariga bag‘ishlangan bo‘lib, birlamchi va ikkilamchi ta’minot manbalari, ularning parametrlari, chiziqli va impulsli ikkilamchi elektr ta’minot manbalari va ularning afzallik va kamchiliklari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda elektr ta’minot manbalarining rivojlanish istiqbollari yoritilgan.
Ikkinchi bob chiziqli ikkilamchi ta’minot manbaiga bag‘ishlangan. Boshqariladigan va boshqarilmaydigan to‘g‘rilagichlar sxemotexnikasi, to‘g‘rilagichlarning asosiy sxemalari, to‘g‘rilagich filtrlari va ularning turlari keltirilgan.
Stabilizatorlarning asosiy parametrlari, parametrik va kompensatsion stabilizatorlar, shuningdek yarim o‘tkazgich elementlaridan yig‘ilgan kuchlanish stabilizatorlari, ta’minot manbalarini himoyalash masalalari va avariya holatida apparaturalarni himoyalash masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Chiziqli, shuningdek impulsli ikkilamchi elektr ta’minot manbalarini qurishda integral mikrosxemalardan foydalanishga katta e’tibor qaratilgan.
Qo‘llanmaning beshinchi bobi hozirgi vaqtda elektronikaning deyarli barcha sohalarida keng qo‘llaniladigan impulsli ta’minot manbalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu ta’minot manbalari o‘ziga xos afzalliklarga ega: avvalam bor foydali ish koeffitsiyentining yuqoriligi, tashqi o‘lchamlari va og‘irligining kichikligi kabilar. Shu bilan birga bunday ta’minot manbalaridan foydalanadigan radioelektron apparaturalar muammolari ham e’tibordan chetda qolmagan. Elektron apparaturalar turiga bog‘liq holda ta’minot manbaini tanlash uchun tavsiyalar berilgan.
Oltinchi bob kuchlanish o‘zgartirgichlari – invertorlar deb nomlangan bo‘lib, bir va ikki taktli o‘zgartirgichlar, tiristorli o‘zgartirgichlar sxemalari, ishlash prinsipi, o‘zgartirgich invertorlarining boshqarish zanjirlari sxemalari, kuchlanish o‘zgartirgichlari asosidagi impulsli elektr ta’minoti manbalari kabi ma’lumotlar keltirilgan.

Yüklə 54,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin