I bob. Umumjahon axloq me’yorlariga asoslangan kasbiy etikaning umumiy tamoyillari



Yüklə 192,5 Kb.
səhifə1/5
tarix07.10.2023
ölçüsü192,5 Kb.
#152998
  1   2   3   4   5
kasbiy faoliyatning etikaviy tamoyillari




M U N D A R I J A :
KIRISH
I.BOB.UMUMJAHON AXLOQ ME’YORLARIGA ASOSLANGAN KASBIY ETIKANING UMUMIY TAMOYILLARI
1.1.Kasbiy etika, qoida tariqasida, kasbiy faoliyat turlari
1.2.Kasbiy etika ishlab chiqarish sohasidagi insoniy munosabatlar
1.3.Kasbiy faoliyat motivlari tuzilishining tavsifnomasi
II.BOB.OLIY O’QUV YURTLARIGA KIRISH VA PEDAGOG KASBINI TANLASH MOTIVLARI
2.1.O’quv faoliyati motivasiyasining xususiyatlarini o’rganish
2.2.Mehnat motiivatsiyasining ichki undovchi kuchlarini shakllantirish
2.3.Mehnat motivatsiyasi jarayoning eng muhim elementlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati: Bugungi kunda ko’pchilik umumiy o’rta ta’lim maktablari o’zining psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va o’qituvchilar ko’pincha psixologning qo’lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar. Ularga psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek tuyuladi. Ammo psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda tashqi jihatdan hech narsa o’zgarmaganini ko’rishgach, ularda «Maktab psixologining o’zi nima keragi bor?» degan tipdagi savollar tug’iladi.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktabdagi amaliy ish uchun psixolog o’rgangan nazariy bilimlar etmay qoladi. Maktabga kelib qolgach, psixologlar ko’pincha amaliyotning ular oldiga qo’ygan muammolaridan dovdirab qoladilar. Shunday ahvolga tushib qolmasligi uchun psixolog avvalo maktabga nima maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi kerak. Psixologik maslahatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy o’rta ta’lim maktabida quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi:
1. Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan to’laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o’z-o’zini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish:
2. Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik- pedagogik o’rganilishini taminlash:
3. Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz berishi mumkin bo’lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish.
Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog o’qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas.

Yüklə 192,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin