Ijtimoiy pedagogikaning maktab bolalari bilan ish yuritishi



Yüklə 21,99 Kb.
səhifə1/3
tarix27.09.2023
ölçüsü21,99 Kb.
#149917
  1   2   3
IJTIMOIY PEDAGOGIKANING MAKTAB BOLALARI BILAN ISH YURITISHI


IJTIMOIY PEDAGOGIKANING MAKTAB BOLALARI BILAN ISH YURITISHI
REJA:

  1. Maktab-ochiq ijtimoiy pedagogik tizim sifatida

  2. Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli. Bolalarni ijtimoiy himoyalash mikromarkazlari

  3. ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi bolalar bilan ish yuritishi, tengqurlar jamoasi va bolalar submadaniyati.

Sotsiumda insonparvarlik munosabatlarni shakllantirish ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy maqsadi va ma'naviy ahloqiy asosi hisoblanadi.


Ko`pchilik mamlakatlarda shaxsning insonparvarlik g`oyalari asosida ijtimoiylashtirish kontseptsiyasi asosida faoliyat yuritayotgan maktablar mavjud. Germaniyadagi xolistik maktablarning pedagogik kontseptsiyasi, Shvettsiya va Amerikadagi hamda Rossiyadagi “Kichik tumonlar maktabi” (“Maktab mikrarayon”)shular insonparvarlik tizim sifatida namoyon bo`ladi.
Ochiq maktablar ko`p qirralari vazifalarni bajarib, kun davomida bolalar va kattalar uchun faoliyat ko`rsatadi. Ular xohlagan vaqtlarida bu maktabga kelishlari mumkin. Bu maktablar oila, ma'naviy-ma'rifiy tashkilotlar, ish joylari, mahalliy hokimliklar, jamiyat tashkilotlari kabi ijtimoiy institutlar bilan hamkorlik qiladi.
Eng asosiysi bolaning ta'lim va tarbiyasi ijodiy faoliyat asosida olib boriladi; maktab bolaning rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Ochiq maktablar strukturasida yangi tarbiyachi-ijtimoiy pedagoglar faoliyat ko`rsatadi. U shaxs va jamiyat o`rtasidagi “vositachi” rolini bajaradi.
Bunday maktablar asosan;
▪ o`qituvchilarning pedagogik bilimini boyitish
▪ sotsiumning imkoniyatlarida foydalanib, ota-onalarning umummadaniyatini rivojlantirish:
▪ ijtimoiy foydali madaniy dam olishini tashkil etishga doir o`z faoliyatlarini olib boradi.

Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli
Maktabdan tashqari qo`shimcha ta'lim muassasalari ijtimoiy tarbiyalash institutlaridan biri sifatida, bolalarning bo`sh vaqtini tashkil etishda muqim ahamiyat kasb etadi. Ularning asosiy vazifalari:
▪ bolalarning o`z-o`zini rivojlantirishga sharoitlar yaratish,
▪ sog`ligini tiklash,· kasb tanlashga va ijoiy faoliyat yuritishga yo`llash,
▪ nogiron bolalarning ijtimoiylashuviga yordam berishn va h.k.
qo`shimcha ta'lim muassasalarida asosan, bolalarni o`qitish quyidagi shakllarda olib boriladi; nazariy(ma'ruzalar o`qish, suhbatlar, disputlar tashkil etish va h.k) hamda amaliy(ekspeditsiyalar, sayohatlar tashkil etish, konferentsiyalar, slyotlar o`tkazish). Bu tashkilotlarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat bolalarga bilim berish,
ijtimoiylashtirish va hayotga tayyorlash maqsadi ko`zlanadi.
Undagi dasturlar tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuviga, bugungi kunning dolzarb muammolarini tushunishga, muammolarni mustaqil tarzda qal etishga o`rgatishga, o`z bilimini oshirib borishga qaratilgandir. Bu tashkilotlarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat jarayonida quyidagi tamoyillarga asoslanish maqsadga muvofiqdir:
1.Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondoshish.
2.O`qituvchining shaxsiy professional yondoshuvi.
3.Tabiatga mos yondoshuv
4.Madaniy saloqiyatga mos yondoshuv.
Bu faoliyatlar jarayoni ijtimoiy pedagog ta'limiy faoliyat metodi, faoliyat va muloqatni o`zgartirish metodi, munosabatlarni o`zgartirish kabi metodlardan foydalanish mumkin.
Xulosa qilib aytganda qo`shimcha ta`lim muassalarida ijtimoiy pedagogic faoliyati modeli quyidagi shakilda amalgam oshiriladi.

Yüklə 21,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin