Ikkilamchi tirqishdagi yorug‘likning difraktsiyasi. VideoCom yordamida qayd qilish va natijalarni tahlil qilish. Labоratоriya ishi Mavzu



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/4
tarix15.06.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#61522
  1   2   3   4
2 5195265825052825121




Ikkilamchi tirqishdagi yorug‘likning difraktsiyasi. VideoCom yordamida qayd qilish va natijalarni tahlil qilish.

Labоratоriya ishi
Mavzu: Ikkilamchi tirqishdagi yorug‘likning difraktsiyasi. VideoCom yordamida qayd qilish va natijalarni tahlil qilish.


Ishning maqsadi:
Quyidagi hollar uchun difraksion tasvirlarni qayd qilish va intensivlik taqsimotini modellashtirish:

  • tirqishning turli kengliklari uchun, tirqish kengligi doimiy qo‘sh tirqishlar va tirqish kengligini aniqlash bilan.

  • tirqishning turli intervallari uchun, tirqish kengligi doimiy qo‘sh tirqishlar va tirqish intervalini aniqlash bilan.

  • tirqishlar turli soni uchun ko‘p tirqishlar va tirqish kengligini va tirqish intervalini aniqlash bilan.

Kerakli asbob va jihozlar

1 3 qo‘sh tirqishli diafragma…...........................469 84


1 4 qo‘sh tirqishli diafragma…….......................469 85
1 5 qo‘sh tirqishli diafragma...............................469 86
1 Prujinali siqib turuvchi tutgich.........................460 22
1 He-Ne-Lazer, chiziqli qutblangan....................471 830
1 Polyarizatsion filter..........................................472 401
1 VideoCom USB...............................................337 47USB
1 Gardishli linza, f = +5 mm ...............................460 01
1 Gardishli linza, f = +50 mm .............................460 02
1 Gardishli linza, f = +500 mm ...........................460 11
1 Optik stol, profili standard 1 m…..…………...460 32
7 Optik reyder 60/50............................................460 373
qo‘shimcha talab qilinadi:
1 Windows 2000/XP/Vista o‘rnatilgan PK

Nazariy qism
Erkin tarqalayotgan yorug‘lik nurining yo‘liga to‘siqlar, masalan gulsapsar tipli diafragma yoki tirqish qo‘yilganda difraksion hodisalar yuz beradi. Yorug‘likning to‘g‘ri chiziqli tarqalishdan og‘ishi kuzatiladigan bunday holat difraksiya deb ataladi. Difraksion hodisalar o‘rganilganda, tajriba bajariladigan ish tartibi ikki turga ajratiladi: Fraungofer difraksiyasi holida yorug‘likning parallel to‘lqin frontlari difraksion obyektning old tomonida va ortida o‘rganiladi. Bu bir tomondan difraksion obyektdan cheksiz masofada joylashgan yorug‘lik manbasiga
va ikkinchi tomondan xuddi shuningdek difraksion obyektdan cheksiz masofada joylashgan ekranga mos keladi. Uni tajribada nur yo‘liga joylashtirilgan yig‘uvchi linzalar yordamida, masalan yorug‘lik manbasi bilan difraksion obyekt orasiga joylashtirish orqali amalga oshirish mumkin Frenel difraksiyasi holida yorug‘lik manbasi va ekran difraksion obyektdan chekli masofada joylashadi. Masofa ortib
b


Rasm.1: Qo‘sh tirqishdan yorug‘lik difraksiyasining sxemasi (tajribaP5.3.1.2 taqqoslash)

organi sari Frenel difraksion tasvirlari Fraungofer difraksion tasvirlariga o‘xshashroq bo‘lib boradi. Fraungofer difraksiyasi
holida difraksion tasvirlarni hisoblash ancha soddaroq. Shu sababli mazkur ishda bayon qilingan tajribalar Fraungofer nuqtai nazariga asoslangan


b: tirqish kengligi
g: tirqishlar oralig‘i
L: tirqish bilan ekran orasidagi masofa
x2: markazdan 2-intensivlik minimumigacha masofa
2: 2-susaygan interferensiya kuzatiladigan yo‘nalish
s2: yo‘llar farqi
S: kuzatish tekisligi (VideoCom ning ZBA kanali)
T. Yungga asosan, ikkita kogerent nurni bir-biriga yaqin joylashgan teng kenglikdagi tirqishlar orqali intensiv vakogerent lazer nuridan olish mumkin. Bu esa tirqishlarning ikki (qo‘sh) yorug‘lik manbai sifatida namoyon bo‘lishini anglatib, yorug‘lik dastalari ancha darajadagi uzoq masofada birlashadi. Bu ikki tirqishdagi difraksiya kirayotgan parallel yorug‘likni hattoki tirqish diafragmasining geometric soyasida ham tarqalishiga olib keladi (Rasm.1 dagi kul rang soha). Bundan tashqari, kuzatish tekisligida yorqin va qoramtir tasmalar namoyon bo‘lib, ularni geometrik nur optikasi qonunlari bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Yorug‘lik to‘lqin xossalariga ega deb inobatga olinsa va ekranda kuzatilayotgan difraksion tasvirni tirqish aperturasidan kelyotgan ko‘p sonli(cheksiz) dastalarning superpoziyasi deb qaralsagina uni tushuntirish mumkin. Difraksion tasvirni hisoblash uchun, N tirqishlardan iborat, bir biridan teng masofalarda joylashgan tirqishlardan kelayotgan barcha dastalarning tebranish holatlari, fazalari farqi e’tiborga olingan holda qo‘shiladi. Natijada kuzatish tekisligining ixtiyoriy joyidagi x difraksiyalangan yorug‘lik maydon kuchlanganligining amplitudasi A olinadi. Bu metod orqali amplituda taqsimotidan A(x) bevosita intensivlik taqsimoti I(x)=A2(x) hisoblanadi. Amalda, kichik difraksion burchaklar (sin) holida, kengligi d bo‘lgan, N tirqishlar uchun
quyidagi proporsionallik olingan:

(1)


Tenglamaning (1) o‘ng tomonidagi uchinchi had, cheksiz tor va bir tekis taqsimlangan N ta tirqishdan yorug‘lik to‘lqinining difraksiyasi kuzatiladigan intensivlikning maksimumi va intensivlikning minimumlari davriyligining ketma-ketligini ifodalaydi. Tenglamaning (1) o‘ng tomonidagi ikkinchi had chekli tirqish
kengligining b ta’sirini ifodalaydi. Bu had difraksion tasvirning “qobig‘i” hisoblanadi va yakka tirqish kengligi b ning difraksion ta’siriga mos keladi. Shunday qilib, ko‘p sonli tirqishlarning (N≥2) difraksion tasviri yakka tirqishning difraksion tasviri orqali modulyasiyalanadi. Birinchi had 1\N2 intensivlikning
tirqishlar soniga bog‘liqligini ifodalaydi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin