Ikkilamchi tirqishdagi yorug‘likning difraktsiyasi. VideoCom yordamida qayd qilish va natijalarni tahlil qilish. Labоratоriya ishi Mavzu


c) 5 xil ko‘p sonli tirqishli diafragmada difraksiya (



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə3/4
tarix15.06.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#61522
1   2   3   4
2 5195265825052825121

c) 5 xil ko‘p sonli tirqishli diafragmada difraksiya (b = 0.20 mm va g =0.25mm):

  • Eski o‘lchangan qiymatlarni o‘chiring.

  • N = 2 tirqish uchun intensivlik taqsimotini I (α) qayd qiling.

  • Natijani saqlang(o‘zingizga maqbul fayl nomi bilan).

  • O‘lchashlarni N = 3, 4, 5 va 40 uchun takrorlang va har bir holat uchun natijalarni yangi fayl nomi bilan saqlang.

O‘lchash namunasi va baholash
a) 3 xil qo‘sh tirqishli diafragmada difraksiya (g = 0,25 mm):
Rasm.3 da tirqishlar oraliqlari turli b = 0,10 mm, 0,15 mm va 0,20mm bo‘lgan 3 xil qo‘sh tirqishli diafragmadan olingan difraksion tasvirlarning intensivlik taqsimotlari keltirilgan. Tirqish kengligi b ortgan sari intensivlik taqsimotidagi intensivlikning asosiy maksimumlari geometrik soya sohasi tomon siljiydi. Difraksion tasvirning yirik strukturasi (qobig‘) tirqish kengligiga b bo‘g‘liq. Doimiy tirqishlar oralig‘i g intensivlik taqsimotidagi doimiy “nozik struktura”da namoyon bo‘ladi. Past keskinlikli ikkilamchi maksimumlar orasidagi masofa sezilarli darajada o‘zgaradi.
Nisbiy baholash: Hisoblangan intensivlik taqsimotini I (α) o‘lchangan taqsimot bilan taqqoslash orqali tirqishning kengligini b aniqlash mumkin.
Tirqishlar kengligi b=0,1 mm bo‘lgan qo‘sh tirqishdan intensivlik taqsimotini I(a) modellashtirish uchun tugmani yoki F5 klavishani bosib, “Calibration/Comparison with Theory” menyusini chaqiring(saqlangan o‘lchashlar F3 klavisha orqali qayta yuklanishi mumkin).
Intensivlik taqsimotini modellashtirishni bajarishdan oldin «Diffraction Angle» jadvalida “Zero Point Corresponds to Maximum” va “Background at Minimum” avtomatik tuzatishni o‘rnating. Intensivlik taqsimotini tenglama (1) bo‘yicha
modellashtirishda lazerning to‘lqin uzunligi λ ma’lum parametr sifatida kiritiladi. Linza L ning effektiv focus masofasi f = +500 mm ham ma’lum o‘lchash miqdori
hisoblanadi. Parametr sifatida kiritilishi mumkin bo‘lgan maksimal amplituda I(α) joriy o‘lchashlardan «Theory» jadvalidagi «Automatic Maximum» tugmasiga chertish orqali avtomatik tarzda aniqlanadi. «Theory» jadvalidan “Grating” difraksion panjarani tanlang va tirqishlarning sonini N hamda tirqishlar orasidagi
masofani g kiriting. Kiritilgan tirqishning kengligini modellashtirish uchun
boshlang‘ich qiymat deb qabul qiling. O‘lchangan va hisoblangan intensivliklar egriliklari orasida yetarli darajada muvofiqlikga erishilmaguncha, tirqish kengligi b parametrini o‘zgartirishni takrorlang.
Izoh: o‘lchangan intensivlik taqsimotining nazariya bilan yaxshi muvofiq kelishi, difraksion obyektga faqat parallel nur tushgandagina ro‘y beradi, ya’ni agar optik qurilma juda puxtalik bilan yustirovka qilingan bo‘lsa.
Rasm.3 da modellashtirish vositasida hisoblangan intensivlik egriliklari bilan o‘lchangan intensivlik taqsimotlari muvofiq kelishi namoyon qilingan. O‘lchash aniqligi chegarasida bu yo‘l orqali olingan tirqishning kengligi b, berilgan nominal qiymat bilan yaxshi mos keladi.


Rasm.3 Qo‘sh tirqishning (N=2) tirqishlar oralig‘iga b (qora chiziq) bog‘liq difraksion tasvirlari. Qizil chiziqlar tenglama (1) bilan modellashtirishga mos keladi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin