Mavzu: O’qish jarayonini individuallashtirish Reja Individual talim haqida tushuncha
Individual talimning mazmun mohiyati
Individual talimning bola hayotida tutgan o’rni
Shaxsiy yondoshish deganda:
• pedagogikaning tamoyili bo’lib, unga ko’ra pedagog o’quv — tarbiya ishlari jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim talabalar bilan individual model bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lish hamda individual xususiyatlarga asoslanish;
• o’quv jarayonida talabalarning individual xususiyatini hisobga olish;
• barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har bir talabaga alohida rivojlanish uchun psixologik—pedagogik tadbirlaryaratish tushuniladi.
O’qitishni individuallashtirish;
• o’quv jarayonini tashkil etish bo’lib, unda o’qitish usullari, suratini tanlash talabaning individual xususiyatlari bilan bog’lanadi;
• individual yondashuvni ta ‘minlovchi turli o’quv-metodik, psixologik-pedagogik va tashkiliy-ma ‘muriy tadbirlardir.
Shunday qilib, didaktika bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqotlaiga ko’ra o’qitishni individuallashtirish o’quv jarayonining shunday tashkil qilinishiki, unda individual yondashuv va individual shakl ustuvor hisoblanadi.
O’qitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik texnalogiyalarida asoslab
berildi:
• Inge Untning o’qitishni individuallashtirish texnalogiyasi;
• A.S. Gransikayaning moslashuvchan o’qitish texnalogiyasi;
• V.D. Shadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o’qitish texnalogiyasi.
Inge Untning o’qitishni individuallashtirish texnalogiyasidagi asosiy konsepsiya hozirgi sharoitda o’qitishni individuallashtirishning muhim shakli o’quvchilarning maktabdagi va uydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan. Inge Unt uning mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual o’quv vazifalari, joriy o’quv adabiyotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo’llanmasi asosida nashr etilgan ish daftarlarini tushunadi.
A.S.Graniskaya o’zining moslashuvchan o’qitish tizimini sinf-dars tizimida tashkil etish va unda o’qituvchi 60-80% vaqtini o’quvchilar bilan individual ishlashga ajratish mumkinligini qayd qiladi. A.S.Graniskaya metodikasining o’ziga xosligi uning darsni muayyan g’ayriodatiy qurilma asosida tashkil etishidir:
• Birinchi qism — barchani o’qitish;
• Ikkinchi qism — ikki parallel jarayon: o’quvchilarning mustaqil ishlari va o’qituvchining ayrim o’quvchilar bilan individual ishlashi, ya’ni umumlashtirilgan sxemalardanfoydalanish, almashinib turuvchijufi o’qituvchi bo’lib ishlash, moslashuvchan ko’p qirrali vazifalar va b.
V.D.Shadrikov gipotezasiga ko’ra agar bolaga murakkablashib boruvchi vazifalarning tafsiloti berilsa, unga o’rganish jarayonini motivatsiyalash taklif etilsa, lekin bolaga shu bugun uning uchun mumkin va qulay ishlash imkoniyati qoldirilsa, o’quvchilar qobiliyati samarali rivojlanadi deb hisoblanadi. V.D.Shadrikov metodikasi asosini har bir o’quvchining qobiliyatiga qarab o’qitishga imkon beradigan olti darajadagi o’quv rejasi, dastur va metodik qo’llanma tashkil etadi. Nag bir fanning murakkablik darajasiga ko’ra kuchi etgan variantni tanlab olib, o’quvchilar sinfda tez-tez almashib turadi va fanning hajmi va mazmunini qo’ldan chiqarmay birgalikda o’quv dasturini o’zlashtirishga harakat qiladilar. Murakkablik darajasini tanlash tezlikda amalga oshiriladi va «ba’zan» uni amalga oshirib bo’lmaydi. Chunki u sinfdagi o’quvchilarning tenglashish, qobiliyati holatiga bog’liq bo’ladi.
Murakkablikning olti darajasi amalda barcha bolalarga e’tibor berishga, barchaning kuchi etadigan hamda o’quvchining qobiliyatiga, uning rivojlanishiga moslangan, o’quv jarayonini tashkil etishga imkon beradi.
Bu o’qitishni individuallashtirish mualliflik texnologiyasi negizida umumiy tamoyillar mavjud:
• individuallashtirish o’qitish jarayoni strategiyasidir;
• individuallashtirish—individuallikni shakllantirishning zaruriy omili;
• barcha o’rganiladigan fanlarda individuallashtirilgan o’qitishdan foydalanishning mumkinligi;
• individual ishlarni o’quv faoliyatining boshqa shakllari bilan integratsiyalash;
• individual suratda, uslubda o’rganish.
Individuallashtirish texnologiyasining umumiyxususiyatlariga quyidagilar kiradi;
• o’zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni qayd qilish;
• fikrlash jarayonida bilim, malaka, ko’nikmalarni egallash asnosida individual kamchiliklarni tuzata olish usullari;
• oila tarbiyasidagi motivatsiyaning bo’linmasligi hamda iroda sustligi kamchiliklarini qayd qilish va enga olish;
• qobiliyatli va iste’dodli o’quvchilarga nisbatan o’quv jarayonini optimallashtirish (ijodiy faoliyat, sinfva sinfdan tashqari ishlarni hisobga olish);
• o’qitish jarayonini tanlash erkinligini berish;
• umumiy o’quv malakalari va ko’nikmalarini shakllantirish;
• o’quvchilarning o’z-o’ziga mos baho bera olishini shakllantirish;
• (o’qitishning texnik vositalaridan, shuningdek, EHMdan foydalanish.
O’qitishni individuallashtirish texnologiyasiga quyidagilar kiradi:
Batov tizimi. AQShda ishlab chiqilgan bu tizimda o’quv jarayoni ikki qismga bo’linadi:
Birinchi qism- butunicha sinf ishi.
Ikkinchi qism- individual mashg’ulotlar.
Bunday mashg’ulotlar unga zaruriyat sezgan o’quvchilar bilan yo umum tomonidan qabul qilingan me’yorlardan orqada qolmaslik yoki nisbatan rivojlangan qobiliyatlari bilan ajralib turganlar bilan bir qatorda bo’lishini ta’minlash maqsadida o’tkaziladi.
Yuqori qobiliyatli kategoriya o’quvchilar bilan o’qituvchi, nisbatan kamroq qobiliyatli va qoloq o’quvchilar bilan o’qituvchi yordamchisi shug’ullanadi.