"Ing"desa bolamning og’rinishin ko’rib, Bazida ich-ichimdan og’riq sezyapman



Yüklə 53,74 Kb.
səhifə1/3
tarix21.12.2023
ölçüsü53,74 Kb.
#187684
  1   2   3
Onamga


Onamga
“Ing”desa bolamning og’rinishin ko’rib,
Bazida ich-ichimdan og’riq sezyapman.
Bog’zimga tiqilib, kelar nimadir,
Onamning qadrini endi bilyapman.
Gohida turmushdan bezib, ketganda
Nima qilarimni bilmay qolyapman,
Men uchun sinovlar berganda Xudo,
Onamning qadrini endi bilyapman.
Kim do’st, kim dushman bilib, bo’lmaydi.
Faqat yashayotganimga shukr qilyapman,
Yaxshiyam dunyoda onam bor ekan,
Onamning qadrini endi bilyapman.
Tangrim ming shukr, onalik, baxtini berding,
Farzandlarim mehrini mudom sezyapman,
Kechalari allalab, beshik quchganimda,
Onamning qadrini endi bilyapman.
Onamning umrini uzoq qil Tangrim,
Duoda qo’llarimni shunga ochyapman,
,,Tanti bebosh”qizingizdan uzurlar bo’lsin…
Onamning qadrini endi bilyapman.
Ko’nglingiz istagini bajo keltiring.
Gohida yo’lingiz berkilib, qolsa,
Umidsiz qalbingiz azobda qolsa,
Ushalmas orzular qiynoqlar solsa.
Ko’nglingiz istagini bajo keltiring.
Mayli yo’lingizga toshlar otishsin,
Mayli sizni arzon ,,sotishsin”
G’urbatlar toshini, sizga otishsin
Ko’nglingiz istagini bajo keltiring.
Orzulardan yiroq bo’lganda,
Yuraklarga armon to’lganda,
Umid guli, hamon so’lganda,
Ko’nglingiz istagini bajo keltiring,
Ertami, kechmi ? farqi yo’q biroq,
Orzulardan, bo’lmangiz yiroq,
Iroda qalbida, siz uchun qiynoq,
Ko’nglingiz istagini bajo keltiring.

Ishqimni o’zing qo’llagin hayot,


Sening olqishinga tashnadir dilim.
Sendan istagayman birgina najot,
Armon bo’lib, qolmasin dildagi sevgim.

Dunyolarda qolib netgum,


Osmonlar ortiga boatman hali.
Azoblarni bir kun unutgim,
Yaxshilar yodida qolaman hali.
Bir inson qalbiga sig’a olmadim ,
Demak yashashdan mani yo’q ekan.
O’z hislarimni tuta olmadim,
Sevaman yurakning amri shu ekan.

His qilganmisiz yurak og’rishini,
Go’yoki ichingda bo’shliq yuztuban.
Sira ham kelmaydi tilga na bir so’z,
Mahzun va o’ychan boqaverar ko’z… .

Shunchalar sevaman Allohim guvoh,


Tarifga til ojiz, o’tli hasratim.
Yuragimni egallab olgansan doim,
Ey mening armonli sof muhabbatim.
Ko’z oldimda mangudir, kulgan ko’zlaring,
Shunchalar otashin bo’larmi sevgi.
Ongimda charx urar aytgan so’zlaring,
Sendaqasi yo’q topilmaydi tenging.
Vujudimni chulg’ab olganda sog’inch,
Azoblarga yetmaydi kuchim
Lekin seni o’ylaganim ham,
Shirin shodliklarga to’ladi ichim.

Ustozimga
Bilimlar yurtidan kelgan sabosiz,
Ma’rifat quchog’in ochgan dahosiz.
Avlodlar ishonchi doim tanhosiz,
Sizlardek bo’lmoqlik joiz ustozim.
Men uchun azizsiz aziz ustozim,
Doimo farz deya ilm bergansiz.
Kuyib odoblardan so’zlab kelgansiz,
Bilimlar shodasin asta sepgansiz.
Sizlardek bo’lmoqlik joiz ustozim,
Men uchun azizsiz aziz ustozim.
Jamiyki ilmni sizdan olamiz,
Kuyunib so’zlashda sizdek yonamiz.
Nasib etsa sizdek ustoz bo’lamiz,
Sizlardek bolmoqlik joiz ustoim.
Men uchun azizsiz aziz ustozim.


Yüklə 53,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin