Inqirozlari



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix16.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#114292
PUL VA BANKLAR



BANK 
INQIROZLARI 
418-guruh talabasi Ergashev Ibrohimbek 


REJA 
Bank inqirozining 
ahamiyati 
Bank inqirozini 
belgilovchi omilar 
Rivojlangan davlatlarning 
xalqaro moliyaviy 
inqirozga qarshi 
choralarining ustuvor 
yo‘nalishlari 
Rivojlanayotgan 
davlatlarda 
bank inqirozi 
Foydalanilgan 
adabiyotlar 


Tayanch iboralar 






Iqtisodiy inqiroz: tovar va 
xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif 
o‘rtasidagi muvozanatning buzilish 
holatidir. 
Iqtisodiy inqirozning oqibatlari sifatida real yalpi milliy 
mahsulotning kamayishi, ommaviy bankrotlik va ishsizlik, aholi turmush 
tarzining pasayishi kabilarni keltirish mumkin. 
 
Iqtisodiy inqiroz (retsessiya) iqtisodiyotning shunday holatiki, 
mamlakat yalpi ichki mahsulotining mutloq hajmi kamida ikki chorak 
mobaynida ketmaket qisqaradi. Iqtisodiy inqiroz bozor iqtisodiyotiga 
xos hodisa bo‘lib, ma’lum davriylik bilan takrorlanib turadi. 


Bank inqirozi quyidagi holatlarda sodir 
bo‘ladi, agar… 






Inqiroz xususidagi adabiyotlarning aksariyatida inqirozning iqtisodiy sikllar 
bilan bog‘lanishini kuzatish mumkin. Biroq ta’kidlash joizki, sikllarga asoslanib 
inqirozni oldindan aniq bashorat qilish hech kimga nasib qilmadi. Bundan 
ko‘rinadiki, inqirozni bashorat qilib bo‘lmaydi, ammo uni barcha kutadigan bo‘lsa, 
ertagayoq ro‘y beradi.
Global moliyaviy inqiroz hozirgi kunda hammani hayratga solayotgan 
bo‘lsada, XX asrning 70-yillaridan buyon inqirozli holatlarning yuz berishi oddiy 
hodisaga aylanib qoldi. Qator iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida 1970 – 
2002- yillar davomida 117 ta tizimli bank inqirozi, 1980-2002- yillar mobaynida esa 
77 ta tizimli inqirozlar yuzaga kelganligi tadqiq qilingan. 
Shuningdek, ayrim iqtisodchilar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot 
tashkilotiga (OESO) a’zo bo‘lgan rivojlangan davlatlarda 1980-2000 yillar 
mobaynida 7 ta tizimli inqiroz, xususan, AQSH, Portugaliya va Italiyada kichik 
ko‘lamdagi inqirozlar, YAponiya, Norvegiya, SHvetsiya va Finlyandiyada esa keng 
ko‘lamli inqirozlarning yuzaga kelishini asoslashga harakat qiladi. 


Rivojlangan mamlakatlardagi 
moliyaviy inqiroz voqealarining ketma-
ketligi 
Qarzlar 
deflyatsiyasi 
Bank inqirozi 
Inqiroz boshlanishi 
Inqirozsiz davr 


Inqiroz AQSHning yirik moliyaviy muassasalari Citigroup, Vank of America, JP 
Morgan Chase, Wells Fargo va boshqalarni qamrab ola boshladi. Bank tizimidagi 
likvidlilik muammolari, o‘z navbatida, xo‘jalik sub’ektlari va aholining bank tizimiga 
bulgan ishonchi pasayishiga, kredit risklarining ortishiga va iqtisodiy qiyinchiliklarga 
sabab bo‘ldi. 
Inqiroz banklarning kreditlash sohasidan ishlab chikarish sohasiga ko‘chdi: 
bozorda taklifning talabdan oshishi kuzatildi va bu holat AQSH avtosanoatidagi 
yoppasiga ishdan bushatishning kuchayishi bilan yakunlandi. AQSHning inqirozga karshi 
siyosati bozordagi talabni rag‘batlantirish, yirik biznesga yirik banklar va 
korporatsiyalarga etarlicha ko‘mak berishga yunaltirildi.
Ishlab chiqarishning tushib ketishi bank kreditlarining qiskarishi, real ishlab 
chikarish risklarining ortishi bilan birga kechdi. Ishlab chiqarishning pasayishi va 
risklarning ortishi, o‘z navbatida, investitsiyalarni, shuningdek, import tovarlariga bulgan 
talabning kamayishiga olib keldi. AQSH Prezidenti B.Obamaning 2009 -yilning fevral 
oyida tasdiklangan inqirozga karshi choralar Dasturi Amerikani tiklash va kayta 
investitsiyalash Rejasi (American Recovery and Reinvestment Act) nomi bilan ham 
yuritilib, 3 yil muddatga, ya’ni 2011- yilgacha ishlab chiqilgan. 


Bozorlarda moliyaviy inqiroz yuzaga 
kelish tartibi 
01 
02 
03 
04 
Moliyaviy 
inqirozning 
yuzaga kelshi 
Valyuta inqirozi 
To‘la qamrovli 
moliyaviy inqiroz 
Inqirozga qarshi 
chora-tadbrilar 


Hozirgi davrgacha misol sifatida ko‘rsatiladigan mashhur og‘ir 
moliyaviy inqirozlar AQSHdan tashqarida sodir bo‘lgan edi. Xususan 
rivojlanayotgan davlatlar juda xam kuchsiz bo‘lib, 1990-yillarda 
kambag‘allikni yo‘qotish va tezkor iqtisodiy o‘sishni ta’minlash umidida o‘z 
moliyaviy bozorlarini tashqi dunyoga ochib berishdi. Aksincha, AQSHda sodir 
bo‘lgan Buyuk Depressiyaning salbiy ta’siri natijasida ushbu millatlarning 
ko‘pchiligi moliyaviy inqirozni boshdan kechirdi.
1994-yilda boshlangan Meksika inqirozi, 1997-yilning iyulida 
boshlangan SHarqiy Osiyo inqirozi va 2001-yilda boshlangan Argentina 
inqirozi eng og‘ir moliyaviy inqirozlar hisoblanishadi. Rivojlanayotgan 
davlatlar, xususan Meksika, SHarqiy Osiyo mamlakatlaridan Tailand, 
Malayziya, Indoneziya, Filippin va Janubiy Koreyada juda yuqori o‘sish 
suratlari ta’minlanayotgan sharoitdaiqtisodiy faoliyatning keskin pasayishini 
sodir bo‘lishiiqtisodchilar uchun turli jumboqlarni keltirib chiqardi. 


Ko‘rganimizdek, rivojlanayotgan davlatlar moliya tizimi milliy valyuta qiymatini 
pasayishi natijasida juda ham kuchsizlanadi. Ushbu mamlakatlardagi firmalarning 
maxsulotlari va aktivlarining narxi milliy valyutada baholanganligiga qaramasdan, tez tez 
xorijiy valyutada qarz olishadi. Milliy valyuta kursining tushishi xorijiy valyutada ifodalangan 
qarz yukini oshishiga sabab bo‘ladi. Chunki ushbu qarzni ancha qimmat xorijiy valyutada 
qaytarilishiga to‘g‘ri kelib, firmalarning balansini yomonlashtirishimoliyaviy inqirozni keltirib 
chiqaradi. hukumatlar valyutalarning nomutanosibligini huquqiy xujjatlar qabul qilish yoki 
soliqlarni joriy qilish orqali nomoliyaviy firmalar tomonidan xorijiy valyutada ifodalangan 
qarzlar ajratilishini qisqartiradi. Bank faoliyatini tartibga solish ham banklar tomonidan 
xorijiy valyutada qarz olishni kamaytiradi.
Valyuta kursi o‘zgara olishi mumkin bo‘lgan suzuvchi kurs rejimiga o‘tish yuqori 
darajadagi riskli faoliyatni yuzaga kelishi oqibatida xorijiy valyutada qarz olishni qisqartiradi. 
Narx barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilganmonetar siyosat yuqori suratdagiinflyasiya 
natijasida milliy valyuta o‘z qiymatini yo‘qotishini oldini oladi. Bu holat firmalarning xorijiy 
valyutaga nisbatan milliy valyutada qarz olishlarini rag‘batlantiradi. 


INTERNET SAYTLARI 
418-guruh talabasi ERGASHEV IBROHIMBEK 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
Omonov A.A, Qoraliev T.M “Pul va banklar” 
Abdullaeva Sh.Z. va b. “Pul va banklar” 
Mullajanov F.M. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi 

www.lex.uz

www.cbu.uz
 

www.stat.uz
 

www.bank.uz
 

www.finance.uz

www.sciencedirest.com
Rashidov O.Yu., Alimov I.I., Toymuhamedov I.R., Tojiev R.R. Pul, kredit va banklar 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin