Inson tafakkurining o’sishi, bilim doirasining kengayishi, olam va voqealar haqidagi tasavvurlarining oshishi, insonning tinmay mutolaa qilishiga, o’z ustida tinmay izlanishiga bog’liq



Yüklə 42,68 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü42,68 Kb.
#200728
  1   2
12-maruza


Inson tafakkurining o’sishi, bilim doirasining kengayishi, olam va voqealar haqidagi tasavvurlarining oshishi, insonning tinmay mutolaa qilishiga, o’z ustida tinmay izlanishiga bog’liq. Kitobxonlik madaniyatini yoshlikdan shakllantirib boorish lozim. Kitobning inson hayotidagi o’rni beqiyosdir. Yoshlikdan bolada kitobga mehr tuyg’usini uyg’otish , bolaning ma’naviy oziqlanishiga, kamol topishiga yordam beradi. Ma’naviy barkamol, sog’lom fikrli Bolani kamol toptirishda boshlang’ich ta’limning o’rni kattadir. Bolada kitobga mehr uyg’otish , avvalo, oiladan boshlanadi. Ota-ona kitob mutolaa qilsa, farzandda ham asta-sekin kitob mutolaa qilish ko’nikmalari shaklllanadi. Bolaga yoshlikdan qiziqarli ertaklar, hikoyalarni mutolaa qilib berish kerak. Maktabga endigina qadam qo’ygan bola kitobning qanchalik qimmatbaho boylik ekanligini anglab yetishi zarur. Boshlang’ich sinflarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda o’qish darslari alohida o’rin tutadi. Bizning rivojlanib borayotgan mamlakatimizda ham kitobxonlikka katta e’tibor qaratilgan. Kitob, avvalo, hayotiy makyab, ma’naviyat manbaidir. U yoshlarni hayot bilan tanishtiradi, hayotni sevish, yashash mohiyatini anglash hislarini tarbiyalaydi.Kitob o’qish orqali bolalarning badiiy idroki, mustaqil fikrlash qobiliyati, mutolaa madaniyati, Vatan taqdiri uchun javobgarlik tuyg’usi tarbiyalanadi. Yurtboshimiz tashabbuslari bilan mazkur masalalarga davlat siyosati darajasida qaralib, samarali ishlar yoʼlga qoʼyildi. Jumladan, 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan ulkan oʼzgarishlar, avvalo, xalqning ijtimoiy turmushini yaxshilashga, maʼnaviy-maʼrifiy tafakkurini yuksaltirishga, barchaga birdek goʼzal va farovon hayotiy muhit yaratishga erishishga qaratildi. Jamiyat hayotida ezgu qadriyat va anʼanalarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani hamda xalqiga muhabbat va sadoqat tuygʼusi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega boʼlgan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga jiddiy ahamiyat berildi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoevning quyidagi fikrlarida ham yaqqol aks etgan: “Аyni paytda, axborot-kommunikatsiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni oʼzlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob oʼqishga boʼlgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan doʼst boʼlishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozim boʼladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targʼib qilishga alohida eʼtibor berishimiz muhim ahamiyat kasb yetadi”. Prezidentning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʼibot qilish boʼyicha komissiya tuzish toʼgʼrisida”gi F-4789-sonli Farmoyishi bu borada keng koʼlamli islohotlarni amalga oshirishga zamin yaratdi. 2017-yil 13-sentyabrda “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʼib qilish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʼgʼrisidagi” PQ-3271-sonli qarorning qabul qilinishi va uning doirasida belgilangan vazifalar ham yurtimizda kitob mahsulotlarini chop etish, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida katta oʼzgarishlarga zamin yaratdi. Mamlakatimiz boʼylab “Yosh kitobxon”, “Eng faol kitobxon guruh”, “Eng kitobxon oila” tanlovlarining tashkil qilinishi va gʼolib kitobxonlar turli darajadagi qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlanishi, yirik nashriyotlar tomonidan oʼzbek xalqi va jahon adabiyotining durdona asarlari qayta tahrirlanib, yanada sifatli nashr etilishi, ijtimoiy-maʼnaviy koʼmakka muhtoj fuqaro va oilalarga badiiy-estetik salmoqdor kitoblar, badiiy adabiyotlarning tuhfa qilinishi ushbu qonunlarda belgilangan vazifalar ijrosi boʼlishi bilan bir qatorda aholi, xususan, yosh avlodning mutolaa madaniyatini kamol toptirishga, maʼnaviy-maʼrifiy tafakkurini yuksaltirishga keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi vazifalarning asosiy qismi o’qish darsida amalga oshiriladi. Bolalar o’qish darslarida to’g’ri, tez, ongli o’qishga o’rgatiladi. Endi, badiiy asar o’qitish bosqichlariga to’xtalib o’taylik. 1. Boshlang’ich sinf o’quvchilari yoshiga mos keladigan ibratli hikoya yoki ertak tanlab olinadi. O’quvchilar bilan birgalikda badiiy asar to’g’ri, tez va ongli o’ib chiqiladi. 2. Asarning g’oyaviy asosi, mazmuni o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi. 3. Badiiy asar o’quvchilarning hayotiy tajribasi bilan umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi. 4. Sinfda o’qish o’quvchilarning kitobxonlik madaniyatini shakllantiradi. Bolalar bu kabi jarayonda o’qish bilan birgalikda kitobdan to’g’ri foydalanish kerakligini ham o’rganib boradilar. O’qituvchi bolalarga kitobni toza, ozoda tutish kerakligini, kitobni o’tirgan holatda yorug’ xonalarda o’qish kerakligini ham tushuntirib boriladi. Bundan tashqari bolalarda kitobxonlikni tarkib toptirish uchun Bolalarda mustaqil kitob mutolaa qilish ko’nikmasini shakllantirish kerak. Sinfda o’qituvchi birorta badiiy kitobni belgilangan muddat ichida o’quvchilar o’qishi lozimligini aytib o’tadi. Kitobni o’qib tugatgan o’quvchini rag’batlantirishi aytib o’tiladi. Bunda bola kitobni uyda o’zi mustaqil ravishda o’qiydi, fikrlash doirasi kengayib boradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga mustaqil uyda o’qishlari uchun kitob tanlayotganda, albatta, bolaning yoshini va qiziqishlarini hisobga olgan holda kitob tanlash lozim. Bola o’ziga yoqqan asarni butun vujudi biulan o’qiydi, nafaqat o’qiydi, balki o’qigan badiiy asari haqida mustaqil fikr ham yurita boshlaydi.Bolalar kitob mutolaasini tugatgach, asar haqida savollar berish, bolaning asar haqidagi fikrlarini tinglash bolada kitobga bo’lgan mehrni yanada o’stiradi. Masalan, bola asarni o’qib tugatgach, quyidagi savollarni berish tavsiya etiladi: 1. Asarda nima haqida ekan? 2. Asardagi qaysi qahramonlar sizga yoqdi? Nima uchun? 3. Qaysilari yoqmadi? Nima uchun? 4. Asardan qanday xulosa chiqarsak bo’lar ekan? Kabi savollar bolaning fikrlashini o’stiradi hamda nutqining o’sishiga yordam beradi. Kitob mutolaasiga munosabatni tubdan oʼzgartirish uchun avvalo, ziyoli insonlarga suyanishimiz kerak. Yaʼni ,kitob targʼibotchilari qanchalik bilimli, ziyoli boʼlsa, shuncha ijobiy natijaga erishish mumkin. Kitoblar qaysi janr yoki mavzuda boʼlishidan qatʼiy nazar, u maʼnaviyat quroli ekanini mas’uliyat bilan toʼla-toʼkis anglashimiz lozim. Zero, kitob-ma’naviy boyligimizdir.

“Mutolaa” so‘zi arabcha “o‘qish” degan ma’noga ega bo‘lsa-da, bugungi kunda u kitob


o‘qishdan ko‘ra kengroq tushunchani anglatmoqda. A. Umarov fikricha: “Mutolaa” madaniyati
ijtimoiy guruhlar, uyushmalar va alohida individlarning umumiy ma’lumot olishga yo‘naltirilgan
jarayon, xulq-atvor va faoliyatlari mazmuni hamda tarkibiy tizimlarida yuz beruvchi o‘zgarishlar
majmuini ifodalovchi bilimlar, me’yorlar, ijtimoiy hodisalar va boshqa atributlardir. Ayni chog‘da mutolaa madaniyatini ta’lim tizimlari orqali maxsus shakllantiradigan, ixtisoslashgan ma’lumotni inson hayoti davomida turli manbaalar - kitoblar (badiiy, ilmiy, o‘quv, qomusiy), ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, televideniya, radio va shu kabilar), zamonaviy axborot texnologiyalari (internet, elektron gazeta, jurnal, qo‘llanma va hokazolar), shuningdek, subyekt bilan bevosita muloqotga kirishuvchi shaxslar (oila a’zolari,...) orqali ega bo‘linadigan turli yo‘nalish va shakldagi umumiy ma’lumotdan farqlash lozim bo‘ladi». Professor E.I.Yo‘ldoshev «O‘qish madaniyati» tushunchasiga shunday ta’rif beradi: «O‘qish madaniyati - juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, kitobga qiziqish va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishishni, kitob va u bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bo‘lishni, shuningdek, kitobdan to‘la ravishda foydalanishga yordam beruvchi ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishni taqozo etadi».Jumladan, axborot olish madaniyati badiiy adabiyotni to‘g‘ri tushunish, undan estetik zavq olish, shuningdek, ilmiy adabiyotlar, barcha turdagi resurslar bilan ishlash, ma’lumot-bibliografiya va barcha turdagi axborot materiallaridan o‘zini qiziqtirgan ma’lumotlarni qidirib topish, cheksiz axborot oqimlari orasidan kerakli, muhim bo‘lgan ma’lumotlarni ola bilish, o‘z kasbiy malakalarini oshirishda foydalanish, axborot-kutubxona muassasasidan to‘g‘ri foydalanish yo‘llarini o‘rganish ham axborot olish madaniyati tushunchasi doirasiga kiradi. Axborot olish madaniyatini to‘liq egallagan shaxsga nisbatan esa kitobxon terminini qo‘llash o‘rinlidir. Safo Matchon: «Kitobxonlik - o‘qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, balki u tushunib o‘qish, ya’ni maqsadli o‘qishdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kitobxonning yozuvchi aytmoqchi bo‘lgan fikrini nechog‘li uqishini, ya’ni asar «tili»ga tushunishi kitobxonlik madaniyati, talanti darajasi ko‘rsatadi. Shu tufayli adabiyotimiz talantli yozuvchilar bilan birga talantli kitobxonlarga ham hamisha ehtiyoj sezadi». Uning fikricha kitobxonlik talanti tug‘ma emas, balki tarbiya vositasida kamol topadi. Kitobxonlik haqida gap ketganda, olmon mutafakkiri Gyotening quyidagi fikrini keltirish joizdir: «Kitobxonlikka o‘rganish uchun qanchalik ko‘p vaqt sarf qilinishini odamlar tasavvur qilmaydilar, buning uchun men hayotimning 80 yilini bag‘ishladim, lekin hali ham o‘rgandim, deb ayta olmayman». Professor V.F.Asmus o‘zining «Kitobxonlik - mehnat va ijod» nomli maqolasida esa kitobxonlikka shunday ta’rif beradi: «Mutolaa vaqtida asar bir ko‘zadan ikkinchi ko‘zaga kuyilgan suv kabi kitobxon miyasiga quyilib qolmay, balki ijodkor kitobxon tomonidan qayta idrok etiladi». «Taraqqiy etgan хorijiy mamlakatlarda,- deb yozadi H.To‘xtaboуev,- kitobxonlik fan darajasiga ko‘tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ‘ib qilishgina emas,balki kitob o‘qishni, o‘qiladigan kitobni tanlay olishni, mag‘zini chaqishni, ya’ni kitob yordamida o‘zini anglashni o‘rgatish hamdir». «Axborot olish madaniyati» kontekstida uning tarbiyaga muhtoj elementlarini aniqlaymiz:
–o‘qishga, axborot olishga mayl, havas, ishtiyoqni shakllantirish;
–o‘qilgan kitob orqali fikrlash yo‘llarini o‘rgatish;
–mavjud kitobxonlik malakalarini takomillashtirish.
Ta’lim o‘qitish, o‘qish, rivojlanish mujassam amalga oshiriladigan jarayondir. Axborot olish madaniyatini tarbiyalash ta’lim jarayonida amalga oshadi. Egallagan bilimlar o‘quvchilarni izchil shakllantirib borishni ta’minlaydi. Ta’lim jarayonining mazmunini tashkil qiluvchi bilim,
ko‘nikma va malakalar faqatgina sinfda o‘qitiladigan darslarda shakllanib qolmasdan, balki sinfdan tashqari, aniqrog‘i axborot-kutubxona muassasalarida mustaqil tarzda shug‘ullanish orqali egallanadi. Axborot-kutubxonachilik ishidagi mavjud tajriba shuni ko‘rsatadiki, axborot olish madaniyatini tarbiyalashning eng samarali vositasi - axborot- kutubxonachilik bilimlarining
o‘quvchilar orasida targ‘ib qilishdir. Buning eng samarali yo‘llaridan biri bo‘lib axborot- kutubxonachilik darslarini tashkil etish hisoblanadi.Axborot olish, u bilan ishlashning asosiy usullari haqida ma’lumot berish axborot- kutubxonachilik darslarining negizini tashkil etadi. Ushbu darslarda axborot bilan ishlash, kitob bilan tanishish, kitobni bevosita o‘qish, eng muhimi, uni uqish, o‘rganish malakalari singdirib borilishi kerak. Shuningdek, elektron kutubxonadan foydalanish, elektron kataloglar, ma’lumotlar bazalari haqida axborotga ega bo‘lish, ulardan foydalanishni o‘rganish kabilar kiradi. Bu esa o‘z-o‘zidan amalga oshadigan, jo‘n narsa emas, albatta. Buning uchun axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislaridan juda keng bilim, mahorat talab qilinadi. Axborot-kutubxonachilik darslarini qay tarzda tashkil etish mumkin, degan savolga ham javob berib o‘tish lozim. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, axborot-kutubxonachilik darslarini o‘tkazish uchun sinfdan tashqari darslar va tarbiyaviy soatlardan alohida soatlar ajratib olish mumkin. Dars jadvali tuzishda asosan sinflar soni, nazariy va amaliy dars soatlari, o‘qituvchi va kutubxonachi o‘tkazadigan soatlar, darsni o‘tkazish joyini, ya’ni sinfda yoki axborot-kutubxona muassasasida o‘tkazilishini aniqab olish zarur.
Ayni paytda bir necha tashkiliy masalalarni ham hal etish zarur. Chunonchi, ko‘pgina
o‘qituvchilar dars berish uslubiyotini yaxshi egallagan bo‘lsalar-da, axborot- kutubxonachilik
sohasida yetarli bilim va malakaga ega bo‘lmaydilar. Kutubxonachilar esa aksincha. Shu sababli
ham o‘qituvchilarga axborot-kutubxonachilik sohasidan ma’ruzalar o‘qib, ularni axborot- kutubxonalar faoliyati bilan tanishtirish, kutubxonachilarga esa dars o‘tish qoidalari, uslubiyotini
o‘rgatish muhimdir. Bizningcha, hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda axborot olish madaniyatini tarbiyalashning o‘ta muhimligini hisobga olib axborot-kutubxonachilik darslarini ommalashtirish, yo‘lga qo‘yish zarur. Avvalo, buning uchun masalaning tashkiliy jihatini hal etish, ya’ni axborot-kutubxonachilik darslarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan qaror qabul qilish, shu qarorga asosan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va axborot-kutubxona muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, axborot-kutubxonachilik darslarini tashkil etish va o‘tkazishning aniq shakllarini ishlab chiqish zarur. Axborot-kutubxona muassasasida o‘quvchilar axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasini hal qilish faqat ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador bo‘lmasdan, balki jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy yuksalishi bilan bog‘liq, davlatning strategic maqsadlariga xizmat qiluvchi faoliyatiga ham daxldordir. Shu sababli ham mazkur muammo ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan kompleks o‘rganishni taqozo qiladi. Binobarin, tadqiqot natijalari ko‘rsatganidek, kutubxonada o‘quvchilar axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi pedagogika, psixologiya, falsafa, adabiyotshunoslik, sotsiologiya kabi qator fanlar erishgan yutuqlarga tayangan holdagina hal etilishi mumkin. Kam o‘qishning salbiy oqibatlari juda ko‘p: kishida mustaqil fikrlash qobiliyati, voqelikni teran idrok etish, hodisalarga munosabat bildira olish, oq-qorani farqlay bilish ko‘nikmalari to‘liq shakllanmaydi; milliy madaniyat, tarix va an’analar bilan keng tanish bo‘lmaydi; ma’naviy
qashshoqlik va ojizlik kelib chiqadi; hayotda muammolarga duch kelganda yechim topishga
qiynaladi, o‘zini irodasiz sanaydi; savodxonligi past bo‘ladi, so‘z boyligi kamligi sababli fikrini
to‘la ifodalab berolmaydi; madaniy nutq uchun qo‘yiladigan (aniqlik, to‘grilik, mantiqiy muvofiqlik, jo‘yalilik, soflik kabi) talablarga mos, kompozitsion jihatdan mukammal matn yaratishda, jumlalar tuzishda qiyinchiliklarga duch keladi. Buning isboti sifatida aytishimiz mimkinki, ona tili va adabiyot darslarida insho, bayon, diktant yozdirganimizda, aksariyat ta’lim oluvchilarning yozma ishida juda ko‘p imlo, ishoraviy va uslubiy xatolar uchrashiga, ko‘pchilik o‘quvchilarning ijodiy ishlari saviyasi juda past ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Hatto darsda o‘rganilayotgan badiiy parchalarni g‘oyaviy-badiiy tahlil qilishda, ularning estetik ta’siri haqida bahs-munozara qilishda o‘quvchi jo‘yali fikr aytolmaydi, munosabat bildirolmaydi.
Yosh avlodning ma’naviy ehtiyojini qondirish uchun ularga kitob tanlashni, uni o‘qishni,
tahlil qilishni muntazam o‘rgatib borish kerak, buning uchun esa, bizningcha, adabiyot va ona tili
fanlaridan dars soatlarini ko‘paytirish, mashg‘ulotlarni guruhlarga bo‘lib o‘tkazilishi tashkil etish
maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Buning natijasida tahsil oluvchilarga individual yondashish imkoni ortadi, darslarning samaradorligi oshishiga erishiladi. Shuningdek, o‘quvchilar mutaxassis o‘qituvchilar bilan ko‘proq suhbatda bo‘lib, ulardan tajriba o‘rganadilar. Ta’lim-tarbiya jarayonida tom ma’noda davr talabiga mos haqiqiy vatanparvar, salohiyatli, dadil yoshlarni, g‘oyaviy- mafkuraviy va intellektual jihatdan yetuk kadrlarni tayyorlashda, zarur ma’naviy ehtiyojlarni qondirishda adabiyot darslarining insonshunoslik, ruhshunoslik, axloqshunoslik sifatlari to‘la namoyon bo‘ladi.
Bolalar kitobxonligini shakllantirishda maktab hamda ota-onalar zimmasiga nihoyatda
murakkab va mas’uliyatli vazifa yuklanadi. Buning uchun ota-onalarning o‘zi ham yuksak didga
ega va ma’rifatli va bilimli bo‘lishlari kerak. Ma’lumki, bola kitob o‘qishni bilgan taqdirdagina,
kitob uning ma’naviy hayotida muhim rol o‘ynaydi. Kitob bolaning ma’naviy boyishi uchun uni ma’naviy, aqliy, estetik o‘sishga yo‘llashi zarur. Buning uchun dastlabki turtki oilada bolaga o‘qib berilgan birinchi kitob bo‘lsa, ikkinchisi, bola otasi va onasining o‘qishini eshitib, badiiy obrazlar go‘zalligini tasavvur qilishi, kitob bilan ana shu birinchi va ikkinchi uchrashuv bolaning keying o‘smirlik davrida uning ma’naviy hayotining barcha sohalari: mehnat, o‘yin, musiqa, bolalar ijodi bilan bog‘liq bo‘lib, uni hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi zarur. Chunki, o‘smir hayotini ijodiy mehnat, ertaklar olami, fantaziyalar, o‘yin va musiqasiz tasavvur etish qiyin.
Bularning barchasini kitobxonlik ham qamrab olsa, uning hayoti mazmunsiz, voqea-hodisalarning
tub mohiyatini anglab olishga harakat qiladigan, turmush ziddiyatlarini tushunadigan aql-zakovatli ma’nan barkamol shaxs bo‘lib yetishishiga yordam beradi. Ana shunday aql-zakovatni
shakllantiruvchi, inson cha’naviy dunyosini boyituvchi vosita - bu kitob, kitobxonlikdir. Xulosa qilib shuni aytish lozimki, kitobxonlik - bu insonning o‘z ustida ishlashi, faoliyatini ma’lum yo‘nalishga burib yuborish, ongida ma’lum tuyg‘ularni, e’tiqod va dunyoqarashni hosil qilish, uni o‘ylashga, hayotda qanday yashashga o‘rgatish, fikr yuritish, yozuvchining insonparvarlik, axloqiy, estetik, badiiy, fuqarolik nuqtai nazarini bilib olish, uning ma’naviy o‘gitlarini ilg‘ab olish va bular asosida o‘z hayot yo‘li dasturini belgilash, yozuvchi bilan munozaraga kirishish, har bir o‘qigan kitobidan yangilik topish, ma’naviy dunyosini boyitishdaniboratdir. Haqiqatan ham kitobxonlik insonni barkamollikka yo‘llasa, uni o‘qimaslik johillikka, ma’rifatsizlikka olib kelib, natijada ma’naviy bolada qashshoqlik yuzaga keladi. Maktabda, oilada muhim vazifa - kitobxonlikni inson hayotida zaruriyatga aylantirishdan iborat. Agar kitobxonlik zaruriyatga aylanmasa, oilada ham, maktabda ham unga mehr-muhabbat, e’tibor kuchaytirilmasa farzandni kitobga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish mumkin emas.Shubhasiz, insonlarning ehtiyojlari oshib boraveradi, lekin har qanday davrda ma’naviy ehtiyojning qadri ortsa ortadiki, hech qachon yo‘qolmaydi. Ma’naviy tanazzul jamiyat tanazzuliga sabab bo‘ladi, ma’naviy barkamollik jamiyat taraqqiyotiga asosiy mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.
“Yoshlarimizga munosib ta’lim berish, ularning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini ro‘yobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishimiz, o‘rta va oily
o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o‘quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak”,-deydi yurtboshimiz. Ta’lim sohasi faoliyatini kitoblarsiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi ham, o‘qituvchi ham bevosita kitob mutolaasiga ehtiyoj
sezadi. Bu quvonarli, albatta. Lekin hozirgi kunda o‘quvchilar asosan ilmiy adabiyotlar, darslik va qo‘llanmalardan foydalanayotganlari bois badiiy asarlar mutolaasiga vaqt ajratishga imkoniyatlari cheklanyapti. O‘quvchi faqat adabiyot darsida o‘qituvchi bergan vazifani bajarish uchungina badiiy asarlarni qo‘lga olyapti. Natijada esa ma’lum: mutolaa jarayoni sevimli mashg‘ulot emas, majburiyatga aylanib qoladi. Kitob mutolaasiga havasi bolalikdan paydo bo‘lmagan o‘quvchi keyinchalik berilgan katta hajmli asarlarni o‘qishga kuch topolmaydi, ishtiyoq sezmaydi, xohish bildirmaydi, faqat darslikda berilgan qisqartirilgan parcha bilangina tanishadi va yozuvchining butun asar mazmuniga singdirib yuborgan pafosini, g‘oyaviy-badiiy maqsadini to‘la anglolmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

Yüklə 42,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin