Internet jurnalistika



Yüklə 413,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix05.04.2022
ölçüsü413,77 Kb.
#54778
  1   2   3
44-45



S. Båknazarova,

t.f.d.,  Muhammad 

al-Xorazmiy nomidagi 

TATU dotsånti

K. Båknazarov,

mustaqil tadqiqodchi 

INTERNET JURNALISTIKA

– elektron ijod mahsuli sifatida

nternet jurnalistikasi tushunchasi 

mazmun-mohiyatida Internet tarmo-

g‘ida mavjud on-line nashrlari, bosma 

ommaviy axborot vositalarining veb-

ko‘rinishini hamda faqat global tarmoq 

muhitida faoliyat yurituvchi internet nashr-

larini tushunamiz. Ayni kunda mazkur tu-

shuncha tarkibiga axborot agentliklari, TV va 

radioning internetdagi faoliyatini ham qamrab 

olish ham o‘rinli.

Internet jurnalistikasining ko‘lami tobora 

kengayib borayotgani sayin, uning o‘ziga xos 

ishlash tizimi, mexanizmi, tamoyillari shakl-

lanmoqda. Internet tizimida va u orqali ax-

borot taqdim etayotgan ommaviy axborot 

vositalarida multimedialik, interaktivlik va 

tezkorlik birinchi darajaga ko‘tariladi. Internet 

nashrning ommaviy axborot vositasi (OAV) 

sifatida faoliyat yuritishi huquqiy jihatdan 

ham belgilab berilgan. Yangi tahrirdagi «OAV 

to‘g‘risidagi» O‘zbekiston Respublikasi Qo-

nunining 4-moddasida «Ommaviy axborotni 

davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan 

hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, ax-

borotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va 

(yoki) elektron tarzda (tele-, radio-, video-, 

kinoxronikal dasturlar, Internet jahon axborot 

tarmog‘idagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir 

marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan 

(bundan buyon matnda chiqariladigan deb 

yuritiladi), qonun hujjatlarida belgilangan 

tartibda ro‘yxatga olingan shakli hamda om-

maviy axborotni davriy tarqatishning boshqa 

shakllari ommaviy axborot vositasidir» deb 

belgilangan. (4-moddaning birinchi qismi 

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-

apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda 

— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 

19.04.2018-yil, 03/18/476/1087-son).

Internetdan joy olgan media-resurslarni 

tavsiflaganda, ularni bir-biridan farq qiluvchi 

bir necha jihati mavjudligini inobatga olish ke-

rak. Ommaviy axborot vositalari veb-muhitda 

o‘z sahifasini ochar ekan, unga bir necha vazi-

falarni yuklashi mumkin. Ba’zi ommaviy ax-

borot vositalari internetda an’anaviy nashrining 

elektron variantini joylashtirsa (www.mohiyat.

uz, www.hurriyat.uz, www.dp.uz, www.di-

yonat.uz), ba’zilari tashkilot haqida ma’lumot 

beruvchi korporativ sahifani ochadi (davlat 

organlarining veb-saytlari, turli tashkilot va 

muassasalarning veb-sahifalari) va u o‘ziga 

yarasha «visit card» vazifasini o‘taydi. Biroq ayni 

davrda alohida e’tibor to‘liq on-line rejimda 

faoliyat yurituvchi elektron resurslarga (www.

region.uz, www.uzreport.com, www.gorizont.

uz, www.gzt.uz va boshqalar) qaratilmoqda. In-

ternetda mavjud ommaviy axborot vositalarini 

yana bir necha jihatga ko‘ra tavsiflash mumkin.




Yüklə 413,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin