Mavzu: toshkent viloyatida bet ochar udumining sahnaviy talqini



Yüklə 17,36 Kb.
tarix13.09.2023
ölçüsü17,36 Kb.
#143091
madaniyat


MAVZU: TOSHKENT VILOYATIDA BET OCHAR UDUMINING SAHNAVIY TALQINI
REJA:
1.Kirish.
2. Kelinni tanishtirish
3. Kelin salom
4.Oilaviy udumlar
Ma’lumki o’zbek milliy urf-odatlari juda rang barang va ma’noli. Ayniqsa nikoh to’yi o’z ichiga bir nechta marosim, udumlarni oladi. Ulardan biri nikoh to’yidan keyingi bet ochar udumi.Bu udumdan asosiy maqsad yangi kelinni barcha oila a’zolari va xonadon bilan tanishtirish. Bunda butun qarindosh-urug’ va qo’ni-qo’shnilar ham qatnashishadi.
To’yni ertasi kuni yangi kelinni yasatib,yuzini oq ro’mol bilan berkitib barcha yaqinlar yig’ilgan joyga yangalari olib chiqishadi.
Yanga:Qani kelin poshsha hovlida yig’ilganlarga egilib–egilib uch marta salom beringchi? Ha ana ko’p yashang.Qani endi bir bet ochar marosimini o’tkazib olaylikchi! Har bitta kelinchak birinchi farzand o’g’il bo’lishini tilaydi . Qani kuyov bolamizni shirin jiyani bu yoqqa kelingchi,mana bu olma daraxtining novdasi.Sen shu novda bilan kelin oyingizni yuzidagi yopinchig’ini olib qo’yishing kerak.
Kuyovni jiyani yuzidagi oq ro’molni olib qo’yadi.
Yanga: Eeee barakalla o’g’lim.bu yopinchig’ni olginda opangga beraqol.U ham shu kelinday kelin bo’lish nasib etsin. Mana kelinimizni yuzini ham ochib oldik. Qani o’g’lim qo’lindagi cho’pni endi menga ber.Kelinni yuzini olma daraxti cho’pi bilan ochishni asosiy sababi olma daraxti serxosil bo’lgani uchun kelinimiz ham shu olma daraxti kabi shirindan shirin farzandlar dunyoga keltirsin deya shu cho’p bilan yuzini ochdik.
Ana endi bu yerda hamma qarindoshlar yig’ilgan.Erkak qudalarimizga xurmatimiz baland.Shu munosabat bilan, kelinimizzi birinchi salomi shu xonadon boshi ya’ni qaynotasiga salom beradi. Qani qaynotajonisi ko’rmanangiz bormi? Qani ob kelavering?
Qaynota:Ko’rmanamiz ham bor gapimiz ham bor
O’tga borib o’ltirib qolma jon kelin!
Suvga borib suzilib qolma jon kelin!
Elakka borib elanib qolma jon kelin
Yanga:Mana endi “Kelin salom”ni boshlaymiz.
Kelin salom
Avval boshdan aytaylik
Gunoh bo’lsa qaytaylik
Salom-salom yor-yor
Kelin salom yor-yor
Eshitib oling Xudoy –taolo
Sizga salom yor

O’xxo’ - o’xxo’ yo’talgan


Obdastasin ko’targan
Salom-salom kelin salom
Yana salom yor-yor
Eshitib oling qaynotasi
Sizga salom yor-yor
Kelin oldim deb kerilgan
Kir yuvishga eringan
Salom-salom kelin salom
Yana salom yor-yor
Eshitib oling qaynonasi
Sizga salom yor-yor

O’qib o’sgan mullada


O’zangasi tillodan
Salom-salom yor-yor
Yana salom yor-yor
Eshitib oling tog’alari
Sizga salom yor-yor

Tutga chiqib tut yegan


Tishlarini qurt yegan
Salom-salom yor-yor
Kelin salom yor –yor
Eshitib oling ammalari
Sizga salom yor yor

Odamlar-u odamlar


Bog’da bitgan bodomlar
Eshtimadim demanglar
Hammangizga bir salom
Kelin salom tugaganidan keyin barcha yig’ilgan bolachalarga kelin tomonidan sovg’a salomlar beriladi.Shundan keyin kelinni butun xonadan bo’ylab tanishtirib chiqiladi.So’ngra qaynona va kelin oshxonaga olib kelinadi oilaviy udumlarni bajarish maqsadida. U yerda yangalari ham bo’lishadi. Kelinni oldiga supra yoyib elakda un elatadi. Buning manosi shundaki hayoti hudi shu un kabi oq bo’lsin. Yana bir idishda yog’ olib kelinadi.Yog’ga qo’lini botiradi sababi, kelini qo’li shirin pazanda bo’lsin deb. Kelinni qo’liga yangalari ikkita non qistirad, hayoti barakali bo’lsin degan maqsadda. So’ngra kelinga yangalari shirinlik tishlatadi va xudi shu shirinlikni qaynonasiga ham tishlatadi.Buning ma’nosi hayoti davomida qaynona va kelin bir-birlariga mehribon va shirinso’z bo’lishi uchun. Shu bilan bet ochar udumi ham o’z nihoyasiga yetadi. Barcha kelgan mehmonlar o’z uylariga ketishadi. Yana yangi kelgan mehmonlar bo’lsa kelinni ular bilan tanishtirishadi va o’z sovg’a salomlarini ulashadi.
Yüklə 17,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin