O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi
“IQTISODIY SOTSIOLOGIYA” FANIDAN
MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH,
NAZORAT QILISH VA BAHOLASH BO‘YICHA
USLUBIY KO‘RSATMA
TOSHKENT – 2023
“TASDIQLANDI”
Moliya va buxgateriya fakulteti kengashida
Muhokama qilingan va maqullangan
Kengash raisi ___________
“_____” _____________ 2023 y.
“TAVSIYA ETILGAN”
“Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi
Muhokama qilingan vа tasdiqlangan
Kafedra mudiri________________ prof. A.Muxtorov
(Kafedra majlisining ___-sonli bayonnomasi
202__ yil ____ avgust)
Tuzuvchi:
H.I.Qurbonaliyeva
|
- TDIU “Ijtimoiy gumanitar fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi
|
Taqrizchilar:
1. A.Xolbekov – OzMU “Sotsiologiya” kafedrasi professori, sotsiologiya fanlari doktori
2. U.R.Kudratova – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Ijtimoiy gumanitar” kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi
© H.I.Qurbonalieva. “Iqtisodiy sotsiologiya” fanidan talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. – T.: TDIU, 2023. 12 bet.
Kirish
Mazkur uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333-sonli «Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to‘g’risida»gi buyrug’i bilan tasdiqlangan «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish» bo‘yicha yo‘riqnoma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risida”gi Nizomga ko‘ra hamda TDIU rektorining 2023 yil 30 iyundagi tasdiqlagan « Inson resurslarini boshqarish » fani bo‘yicha sillabusi asosida ishlab chiqilgan.
« Iqtisodiy sotsiologiya » fanidan talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo‘yicha tayyorlangan ushbu uslubiy ko‘rsatma bakalavr bosqichi 60411400 –“Inson resurslarini boshqarish” yo‘nalishi 2-kurs bakalavriat talabalarining mazkur fandan mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari va ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar, mustaqil ishni bajarish bo‘yicha maslahatlarni tashkil etish, ularni nazorat qilish va baholash tartibi bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: |