Axborot xavfsizligi (inglizcha: Information Security, shuningdek, inglizcha: InfoSec) — axborotni ruxsatsiz kirish, foydalanish, oshkor qilish, buzish, oʻzgartirish, tadqiq qilish, yozib olish yoki yoʻq qilishning oldini olish amaliyotidir. Ushbu universal kontseptsiya maʼlumotlar qanday shaklda boʻlishidan qatʼiy nazar (masalan, elektron yoki, jismoniy) amal qiladi. Axborot xavfsizligini taʼminlashning asosiy maqsadi maʼlumotlarning konfidensialligi, yaxlitligi va mavjudligini muvozanatli,qoʻllashning maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda va tashkilot faoliyatiga hech qanday zarar yetkazmasdan himoya qilishdir
Umumiy ma`lumot
Axborot xavfsizligining markazida axborotni himoya qilish faoliyati — uning maxfiyligi, mavjudligi va yaxlitligini taʼminlash, shuningdek, tanqidiy vaziyatda har qanday murosaga yoʻl qoʻymaslik masalasi yotadi
Bunday holatlarga tabiiy, texnogen va ijtimoiy ofatlar, kompyuterning ishdan chiqishi, jismoniy oʻgʻirlik va boshqalar kiradi. Dunyodagi aksariyat tashkilotlarning ish jarayonlari hanuz qogʻoz asosidagi xujjatlarga asoslangan, boʻlib, tegishli axborot xavfsizligi choralarini talab qilsa-da, korxonalarda raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha tashabbuslar soni barqaror oʻsib bormoqda . Bu esa axborotni himoya qilish uchun axborot texnologiyalari (IT) xavfsizligi boʻyicha mutaxassislarni jalb qilishni talab qiladi.
Tarixi
Ilk aloqa vositalarining paydo boʻlishi bilan diplomatlar va harbiy rahbarlar maxfiy yozishmalarni himoya qilish mexanizmlarini va uni soxtalashtirishga urinishlarni aniqlash usullarini ishlab chiqish zarurligini anglaganlar. Masalan, eramizdan avvalgi 50-yillarda Yuliy Tsezar tomonidan ixtiro qilingan shifrlash usuli uning maxfiy xabarlarini begonalar tomonidan oʻqilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ishlab chiqilgan. Maxfiy xabarlar shunday belgilanganki, ular himoyalangan va faqat ishonchli shaxslar tomonidan qoʻriqlanadigan, xavfsiz xonalarda maxsus qutilarda saqlangan[