Iqtisodiyotga ichki investitsiyalarni jalb qilish masalalari



Yüklə 225,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.09.2023
ölçüsü225,35 Kb.
#147059
  1   2
4927-Article Text-9549-1-10-20230128 (1)



Iqtisodiyotga ichki investitsiyalarni jalb qilish masalalari 
 
Elnora Otabek qizi Rizoqulova 
Akbar Aqmirzaevich Shernayev 
Toshkent moliya instituti 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada milliy iqtisodiyotda ichki investitsiya 
salohiyatidan 
samarali 
foydalanishning 
ilmiy 
asoslari 
yoritilgan, 
ichki 
investitsiyalardan foydalanishni baholash uslubiyoti keltirilgan, kapital samaradorligi 
tahlil qilingan va ichki investitsiyalardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar 
berilgan.
Kalit soʻzlar:
investitsiyalar, ichki investitsiyalar, akselerator modeli, kapitalga 
cheklangan moyillik, kapital samaradorligi, ichki investitsiyalardan samarali 
foydalanish. 
Issues of attracting domestic investments to the economy 
Elnora Otabek kizi Rizokulova 
Akbar Akmirzaevich Shernayev 
Tashkent Financial Institute 
Abstract:
This article highlights the scientific foundations for the effective use of 
domestic investment potential in the national economy, provides a methodology for 
assessing the use of domestic investment, analyzes the efficiency of capital and gives 
recommendations for the effective use of domestic investment. 
Keywords:
Investments, domestic investments, accelerator model, marginal 
propensity to capital, capital efficiency, efficient use of domestic investment. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotida investitsiya faoliyatini samarali tashkil etilishi uning 
iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat 
va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiya, eksportbop tovarlarni 
oʻzlashtirish, ularni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali davlatimiz iqtisodiy 
qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiya faoliyatini 
markazlashmagan manbalar hisobidan moliyalashtirish bu xoʻjalik yurituvchi 
sub’ektlarning oʻz va unga tenglashtirilgan mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish 
tushuniladi. Bunday sharoitda faol investitsiya siyosatini yuritish uchun davlat xoʻjalik 
yurituvchi sub’ektlari faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash zarurati tugʻiladi. 
Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalari (soliq, sugʻurta, subsidiya, subventsiya, 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
940


amortizatsiya ajratmalari, kredit va boshqalar) orqali amalga oshiriladi. Bu moliyaviy 
vositalar xoʻjalik sub’ektlarining oʻz faoliyat yoʻnalishlarini mustaqil va erkin 
belgilash muammolarini bozor munosabatlariga mos hal etishga koʻmak beradi. 
Provardida, qulay investitsiya muhitini yaratishga erishiladi, bu orqali iqtisodiyotni 
transformatsiya qilish uchun innovatsiya va investitsiya faoliyati turlarini kengaytirish 
va ularni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga erishiladi. 
Investitsiyalarning har ikki turi ham korxonalar barqaror ishlashi uchun muhim 
ahamiyatga ega. Real aktivlarga qilinayotgan investiyalarni tayyorlash va tahlil qilish 
asosan firmaning maqsadlariga, ya’ni investitsiya yordamida firma nimaga 
erishmoqchiligiga bogʻliq. Shu nuqtai nazardan investitsiyalarni quyidagi guruhlarga 
ajratish mumkin: 
Iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday 
investitsiyalardan asosiy maqsad uskunalarini almashtirish, xodimlarning malakasini 
oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini samarali hududlarga koʻchirish asosida 
firmalarning xarajatlarini kamaytirish uchun sharoit yaratishdan iborat. 
Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday 
investitsiyalashdan maqsad mavjud quvvatlar xisobiga oldindan shakllangan bozorlar 
uchun tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Yangi ishlab 
chiqarishlarni vujudga keltirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday 
investitsiyalar ilgari ishlab chiqarilmagan tovarlar va koʻrsatilmagan xizmatlar turlarini 
vujudga keltirish yoki ilgari ishlab chiqarilgan tovarlar bilan yangi bozorlarga chiqish 
imkonini beradi. Davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarish uchun qilinadigan 
investitsiyalar. Masalan, ekologiya va mahsulot standartlari talablarini bajarish uchun 
sarflanadigan investitsiyalar. Investitsiyalarni bunday tasniflashda tavakkalchilik 
darajasi har xil boʻlishi asos qilib olingan. 
Yuqorida keltirilganlardan birinchi va toʻrtinchi tur investitsiyalarida tavakkal 
xavfi darajasi past, qolgan ikkitasida esa yuqori hisoblanadi. Bozorda avval ma’lum 
boʻlmagan mahsulotni ishlab chiqarish va yangi bozorlarni egallash uchun investitsiya 
sarfi katta tavakkalchilikni talab qiladi. Shu sababli ham uchinchi guruh investitsiyalari 
tavakkal xavfi eng yuqori boʻlgan investitsiyalardir. Ishlab chiqarishni kengaytirishga 
qilingan investitsiyalarda tavakkal xavfi yangi ishlab chiqarishga qilingan 
investitsiyalarga qaraganda pastroq. Ayni paytda samaradorlikni oshirishga 
qilinadigan investitsiyalar bozor allaqachon qabul qilgan tovarlarning sifatini oshirish, 
tannarxini kamaytirishni koʻzda tutgani uchun ham, ularda tavakkal xavfi darajasi 
ikkinchi va uchinchi guruhlar investitsiyalarinikidan ancha past boʻladi. Xuddi shu 
kabi davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarishga sarflangan investitsiyalarning 
tavakkal xavfi darajasi ancha kichik hisoblanadi. 
Investitsiyalar, shuningdek, manbalariga koʻra, ichki va tashqi investitsiyalarga 
boʻlinadi. Ichki investitsiyalar manbalari davlat byudjeti, korxonalar va aholi 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
941


mablagʻlari, bank kreditlari hamda nobyudjet jamgʻarmalari mablagʻlari, tashqi 
investitsiyalar manbalari boʻlib, xorijiy davlatlar va firmalarning, shuningdek, xalqaro 
moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisoblanadi. Investitsiyalarni manbalariga koʻra 
bunday-guruhlash ularning manbalari boʻyicha tuzilishini ham belgilash imkonini 
beradi. Iqtisodiy tahlil maqsadlarida va amaliyotda investitsiyalarning manbalariga 
koʻra tuzilishi bilan birga ularning tarmoq tuzilishi, hududiy tuzilishi, mulkchilik 
shakllariga koʻra tuzilishi, takror ishlab chiqarish tuzilishi va texnologik tuzilishi 
farqlanadi.
Investitsiyalarning tarmoq (hududiy) tuzilishi alohida tarmoq (hudud)ning 
ma’lum davrda qilingan investitsiya sarflaridagi ulushini koʻrsatsa, mulkchilik 
shakllariga koʻra tuzilishi jami investitsiyalar manbai va sarfidagi davlat va nodavlat 
mulki ob’ektlarining hissasini koʻrsatadi. Takror ishlab chiqarish tuzilishi yangi 
qurilish, ishlab chiqarishni kengaytirish, rekonstruktsiya qilish va qayta qurollantirish 
maqsadlarida sarflangan investitsiyalarning jami investitsiyalardagi ulushi koʻrinishida 
aniqlanadi. Investitsiyalarning texnologik tuzilishi qurilish-montaj ishlari, uskuna va 
inventarlar hamda boshqa xarajatlarga qilingan xarajatlarning jami investitsiya 
xarajatlaridagi ulushini koʻrsatadi. Investitsiyalar tuzilishini tashkil etish, ularning 
samaradorligini oshirish koʻp jihatdan mamlakatda amalga oshirilayotgan investitsiya 
siyosatiga bogʻliq. 
Davlat va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar oʻrtasidagi 
munosabatlarni ta’minlashning yana bir samarali usuli bu hukumat darajasidagi 
investitsiya shartnomalaridir. Darhaqiqat, Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan 
chora-tadbirlar, avvalambor, iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy va ishlab chiqarish 
infratuzilmalarini jadal rivojlantirish va modernizatsiya qilish, sanoat ishlab 
chiqarishni kompleks diversifikatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish 
maqsadida tuziladigan investitsiya shartnomalari hayotga izchil tatbiq etilishi muhim 
ahamiyatga ega. 
Ayni shu maqsadda, Qonunda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan 
tuziladigan investitsiya shartnomasining oʻziga xos xususiyatlari, xususan uning tuzish 
tartibi, taraflari, shartlari va davlatning majburiyatlari aniq belgilab qoʻyildi. 
Chet el investorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan shartnoma 
tuzilganda qoʻshimcha kafolatlar va qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etilishi 
mustahkamlandi. 
Shuningdek, chet ellik investorlarga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan 
investitsiya shartnomasi tuzish boʻyicha mustaqil ravishda taklif kiritish tashabbusi 
taqdim etildi. 
Xulosa oʻrnida aytganda, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi 
Qonun chet el investorlari hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan 
investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
942


qaratilgan, toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat boʻlib 
xizmat qilishi barobarida, investitsiya qonunchiligidagi ziddiyatlarni bartaraf etish, 
xorijiy sarmoyadorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda “davlat-xususiy 
sektor” sherikligini rivojlantirish, sarmoyadorlar kiritgan mablagʻlar xavfsizligini 
kafolatlash, iqtisodiy barqarorlik va moliya bozorining mustahkamlanishiga hissa 
qoʻshadi. 
Barchamizga ma’lumki, iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli 
tizimli islohotlar, mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida tatbiq etilgan 
innovatsion usullar, davr talablari nuqtai nazaridan qabul qilingan qonunlar, 
chiqarilgan farmonlar, qarorlar barcha sohalarda Vatanimiz taraqqiyotini yangi 
bosqichga ko’tarishga xizmat qilmoqda. 
Jahon tajribasining ko’rsatishicha, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish 
investitsiyalarni, xususan, turli sohalarga yo’naltirilayotgan chet el investitsiyalari 
hamda to’g’ridan-to’g’ri investitsiya loyihalarini amaliyotga samarali tatbiq etish bilan 
ta’minlanadi. Amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining hajmiga qarab, 
iqtisodiyotda yuz berayotgan o’zgarish va siljishlar haqida xulosa chiqarish mumkin. 
Respublikamizda keng ko’lamli iqtisodiy islohotlarni o’tkazish va iqtisodiyotda 
tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish katta miqdordagi investitsiya resurslarini talab 
etadi. Bunda investitsiyalarni moliyalashtirish ichki va tashqi manbalaridan unumli 
hamda uyg’un ravishda foydalanish, shu bilan birga, xo’jalik yurituvchi subyektlar va 
tadbirkorlarning investitsion faolligini har tomonlama ta’minlash lozim bo’ladi. 
Hozirda respublikamizda iqtisodiyotning barcha ustuvor sohalariga chet el 
investitsiyalarini jalb qilish yuzasidan faol siyosat yuritilib, katta tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. Shuning uchun investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini 
topish, loyihalarning samaradorligini baholash va ularning monitoringini olib borish 
dolzarb masalalardan biriga aylandi. Chunki bu tadbirlar investitsiya loyihalarining 
muvafaqqiyatli oshirilishini ta’minlaydi. 
Bugungi kunda mamlakatda investitsiya faolligini oshirish va bevosita chet el 
investitsiyalari oqimi hajmini ko’paytirish maqsadida samarali vositalardan biri 
sifatida, birinchi navbatda, milliy korxonalar moliyaviy barqarorligini oshirish, 
ularning investitsion faolligini hamda salohiyatli xorijiy investorlar bilan mustaqil ish 
olib borish imkoniyatini kengaytirishni ta’minlash zarur. 
Shu bilan birga milliy iqtisodiyotimiz investitsiya faoliyatini moliyalashtirish 
manbalarini takomillashtirish, tashqi bank kreditlari, chet el investitsiyalari, xalqaro 
moliyaviy institutlari kreditlari hamda xalqaro lizing munosabatlarini rivojlantirish 
zarur. 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonida jahon tajribasi shuni ko’rsatdiki, 
xorijiy investitsiyalar va chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar o’zlarining muhim 
strategik o’sish rejalariga va istiqbollariga ega bo’lmoqda. Bunda korxona o’zining 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
943


moliyaviy ahvolini barqarorlashuvida chet el kapitali asosiga muhim kafolatga ega 
bo’lishi muhimdir. 
Mamlakatdagi investitsion muhitni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, bugungi kunda 
chet 
el 
investitsiyalarini 
kiritishda 
eng 
asosiy 
muammo 
kiritilayotgan 
investitsiyalarning hududiy taqsimlanishi darajasi bilan bolg’iq bo’lmoqda. Ammo, bu 
borada qabul qilingan Davlat Dasturi yuqoridagi muammoni hal etishning ham bir 
qator echimlarini belgilab beradi. Bunda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 
korxonalarning mamlakat eksport salohiyati tarkibida o’sib boruvchi salmoqqa ega 
bo’lishlari alohida e’tirof etiladi. Hukumat tomonidan olib borilayotgan investitsion 
siyosat, qabul qilinayotgan qonun va qarorlar chet el investorlari uchun o’z kapitallarini 
O’zbekistonga kiritishda o’ziga xos kafolat vazifasini bajarmoqda. 
Shuni ham ta’kidlash lozimki, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi Qarorida raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish shart-
sharoitlarini yaratish hamda bu orqali investitsiya muhitini yaxshilishga erishish 
ko’zda tutilganligi ham chet el kapitalining kirib kelishiga zamin yaratadi. Raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida investitsiyaviy va 
tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya uchun kriptoaktivlar 
aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan “mayning”, smart-kontakt, konsalting, 
emissiya, ayirboshlashm, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, shuningdek, 
“blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish kabilarning belgilanganligi 
davlatimizga investitsiyalar kirib kelishi imkoniyatini oshiradi va shu orqali xalqaro 
moliya bozorlarining rivojlanshiga, IT yordamida tannarxning kamayishiga, natijada 
optimallashuv va samaradorlikning oshishiga erishiladi. 
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori bilan sifatli investitsiya 
jarayonlarini tashkil etish maqsadida tuzilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi xorijiy investorlar kengashi ham mamlakatimizda faoliyat yurituvchi 
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy 
kompaniyalar va banklar, investitsiyaviy tuzilmalarning hamkorlikdagi sa’y-
harakatlari bilan investitsiya jarayonariga to’sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etishga 
qaratilgan samarali tizimni ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega. Mazkur kengash 
ko’magida eksportni qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, elektron 
tijorat tizimni va savdo infratuzilmasini rivojlantirish, mahalliy tovarlar va xizmatlarni 
tashqi bozorga olib chiqish uchun qulay sharoitlar yaratishga erishish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish 
bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida” gi Farmoni ham xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilishdagi qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etilishiga, 
investitsiya muhitining yaxshilanishiga olib keldi. Valyuta muomalasi sohasining 
haddan ziyod ma’muriy tartibga solinishi alohida tarmoqlar va xo’jalik yurituvchi 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
944


sub’yektlar uchun imtiyoz va preferensiyalarning asossiz ravishda kam samaraga ega 
bo’lgan tizimning shakllanishiga olib keldi, biznesda teng bo’lmagan shart-sharoitlarni 
yaratilishiga, raqobatning esa bozor tamoyillari buzilishiga sababchi bo’ldi, xorijiy 
investitsiyalani jalb qilishda, tovarlar va xizmatlarning eksportini oshirishda to’siqlar 
yaratdi. Mazkur farmon esa ana shu muammolarni hal etishda katta ahamiyatga ega 
bo’ldi.
Kelgusi yillardagi ustuvor yo’nalishlardan biri mamlakatimizda, eng avvalo, jalb 
qilinayotgan chet el investitsiyalari hamda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 
hajmini oshirish, chet el investorlari uchun kafolatlar yaratish hamda ularning 
ishonchini mustahkamlash maqsadida yanada qulay investitsiya muhitini 
shakllantirishdan iborat. 
Bizningcha, yuqorida keltirilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga tadbiq qilinsa, 
mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmining oshishiga zamin 
yaratilgan bo’lar edi. 

Yüklə 225,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin