Iqtisodiyot(tarmoq va sohalar bo’yicha) yo’nalishi Ma'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ish



Yüklə 150,32 Kb.
səhifə1/2
tarix01.12.2023
ölçüsü150,32 Kb.
#170165
  1   2
manaviyat mustaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

Iqtisodiyot(tarmoq va sohalar bo’yicha) yo’nalishi
Ma'naviyatshunoslik fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu:Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asaridagi ijtimoiy ma’naviy masalalar



Bajardi: 558-22-guruh talabasi:O’ralov Kamoliddin

REJA:

  1. «Mahbub ul-qulub» asarida inson tarbiyasiga oid qarashlar.

  2. Hilm – axloqli odamning qimmat baho libosi.

  3. Navoiy baxillikning ziddini ehson deb biladi.


«MAHBUB UL-QULUB» ASARIDA INSON TARBIYASIGA OID QARASHLAR
Annotatsiya: Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida ilgari surilgan odob-axloq g‘oyalari to‘g‘risida fikr borar ekan, kishilarning ezgu sifatlari – saxiylik, mehribonlik, hilm, rostgo‘ylik, mehnatkashlik, kamtarlik, tavoze’ singari qator fazilatlar ulug‘lanadi. Takabburlik, dangasalik, fisqu fasod, yolg‘onchilik, firibgarlik, johillik, ochko‘zlikni hazrat Navoiy insoniylikka zid illatlar deb biladi. Asarda mutafakkir uzoq yillik hayotiy tajribasi, kuzatishlari asosida chiqargan xulosalarini original fikrlar orqali mulohaza qiladi. Kalit so‘zlar: hilm, ilm talabi, rostgo’ylik, tavoze’ saxiylik, sabr, shoshqaloqlik, mehnasevarlik, kamtarinlik, ezgu fazilatlar, komillik, yoshlar tarbiyasi, yaxshi xulq, yaxshilik va yomonlik. Buyuk mutafakkir, adabiyotshunos va tilshunos olim Alisher Navoiy ijodini o‘rganish, ilmiy merosini chuqur tahlil qilish har bir davrda eng zaruriy talablardan biri sanalgan. Bugungi kunda ushbu talab ortsa ortdiki, aslo kamaygan emas. Sababi Navoiyning butun ijodi g‘oyat mazmunli va sermashaqqat hayoti davomida to‘plagan boy tajribasi va xulosalarining yig‘indisidir. Mutafakkir bir soniya vaqtini ham bekor sarflamagan, umrining ko‘p qismi og‘ir sharoitda, qiyinchiliklar orasida o‘tsa-da hamisha ilm-ma’rifat talabida bo’lgan. “Mahbub ul-qulub” da Navoiy hayotiy tajribasidan chiqargan "Экономика и социум" №11(90) 2021 www.iupr.ru 146 xulosalari asosida o‘z davri kishilarini rostgo‘y va to‘g‘ri bo‘lishga chaqiradi. Yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida e’tibor beradi. U insonlarni ilm-hunar va mehnatsevarlikka undab, erishilgan ilm va kasb-korni ezgulik yo‘lida sarf qilish zarurligini uqtiradi. Asarning bir qancha boblari odob-axloq va ta’lim-tarbiya masalalariga bag‘ishlangan. Navoiy odob-axloq haqida fikr yuritar ekan, yaramas odat va xulq-atvorlarni shafqatsiz qoralaydi, olijanob insoniy fazilatlarni esa yuksak qadrlaydi, bolalarni o‘qish, o‘rganish va go‘zal odobli, a’lo xulqli bo‘lishga chaqiradi. Navoiy "Mahbub ul-qulub" da yozadi: “Adab kichik yoshlig‘larni ulug‘lar duosig‘a sazovor etar va ul duo barokati bila umridin barxurdor. Kichiklar mehrin ulug‘lar ko‘nglig‘a solur va ul muhabbat ko‘ngulda muabbad qolur. Ushog‘larni ko‘zg‘a ulug‘ qilur atvoridin xalq ulug‘liq bilur. Ya’niki odob – kichik yoshlilarni kattalar duosiga sazovor etadi. Yoshlar duoning barakasidan umrbod bahramand bo‘ladilar. Odob – ulug‘lar(ustozlar) ko‘nglida yoshlarga mehr uyg‘otadi va u odobli yoshga bo‘lgan muhabbat ko‘ngilda abadiy qoladi. Yoshlarni ko‘zga ulug‘ qilib ko‘rsatadigan fe’l-atvor - odobdir. Odoblilarning yurish-turishida xalq ulug‘vorlik ko‘radi. Demak, odob Navoiyga ko‘ra yaxshi xulqning asosi, barcha ezgu fazilatlarning bosh bo‘g‘inidir. Bu xislatlarning har biri go‘zal axloqli kishilar qiyofasidagina namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi. Xo‘sh, kishi go‘zal axloqni nimadan o'zlashtiradi? Hadislarda aytiladiki, kishidagi amallarning afzali ilm orqali hosil bo‘ladi. Ilmning sharafi va ulug‘ligiga shubha yo‘q. Inson ko‘p jihatdan boshqa mavjudotlar bilan sherik, biroq ilmda emas. Ilm insonlarga dunyo va oxiratda to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi, haqiqiy foyda nima-yu, zarar nima ekanini anglatuvchi vositadir. Ilm sohibi barcha axloqi hamidalarga erishadi. U saxiy, kamtarin shikastadil, iffatli va boshqa xislatlarning fayzu barakotidan bahramand bo‘ladi. Baxillik, qizg‘anchiqlik, qo‘rqoq va jur'atsizlik, manmanlik kabi axloqi zamimalardan o‘zini saqlab, kishilar ko‘rganlarida suhbatiga oshiqadigan go‘zal xulq egasi bo‘lib kamol topadi. Hazrat Navoiy ana shu go‘zal xulq sifatlaridan birini hilm (yumshoq tabiatlik) deb biladi. “Hilm inson vujudining favoqihlig‘ bog‘idur, odamiylig‘ olamining javohirlig‘ tog‘i. Axloq shaxsning og‘ir baholig‘ libosidur va ul libos jinsining sangin debosi. Muxolif nafslar sarsari uchurmoqdin asrag‘uvchi va munofiq, bulhavaslar harzasi tundbodi sovurmoqdin saqlag‘uvchi. Xaloyiqdin kishiga mujibi ta’zim va e’zoz va akobirdin asog‘irg‘a boisi iltifot va imtiyoz. Necha ulug‘ kishi tamasxur va tiybat qilsa, aning qoshida beshukuh va viqor. Nechakim, inusin kishi hazl va xiffat ko‘rguzsa, aning qoshida beshafqat va bee’tibor”.[A.Navoiy: To‘la asarlar to‘plami, 9-jild, 2012. 509.] (Ma’nosi: Hilm inson vujudining xushmanzara mevalik bog‘idir va odamiylik olamining javohirga boy tog'idir. Yumshoq ko‘ngillilik — hodisalar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo'ladi va insoniyat qadrini o‘lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo‘ladi. Hilm – axloqli odamning " qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. U-yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi. Hilm natijasida odam xaloyiqning izzathunnatiga sazovor bo'ladi; hilm tufayli kattalardan kichiklarga iltifot va marhamat yetishadi. Katta kishilar yoshlarni masxara va kulgi qilsa, ular qoshida o'zi shuncha obro‘siz va bachkana tuyuladi; yoshlar ham kattalarga nisbatan hazil va yengiltaklik qilsa, uning qoshida uyatsiz va e’tiborsiz bo‘ladi).[A.Navoiy: Mahbub ul-qulub, 2019. 95.] Shu o‘rinda “Hilm” so‘zini yanada teranroq anglab olish maqsadida buyuk ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning ham hilm to‘g‘risida aytganlarini mulohaza qilsak: “Hilm deb boʻlar-boʻlmas ishga achchigʻlanmaydurgan, arslon yurakli, yumshoq tabiatli boʻlmoqni aytilur. Hilm insonlarning tabʼidan xusumat, adovat, gʻazab kabi yomon xulqlarni yoʻq qiladurgan har qancha maqbul bir sifatdur. Hilm ilmi axloq yuzasidan insonga eng kerakli narsadur. Nafsning rohati, qalbning matonati, fikrning salomati, vijdonning halovati halim tabiat boʻlmoq ila hosil boʻlur. Chunki halim kishilar har qancha quvvat va qudrat sohibi boʻlsa ham, oʻzidan ojiz kishilarga shiddat ila muomala qilmas. Fikri salomat kishilarning qalbi halim, tabʼi karim oʻlur. Zeroki, vujudimizdan paydo boʻladirgan afʼol va harakotimizning manbayi havas va orzudur. Bu havas va orzuga faqat hilm ila gʻolib kelurmiz va bu vasila ila toʻgʻri yoʻlga kirub, yaxshi xulq sohibi, din va millat xodimlaridan boʻlurmiz”.[A.Avloniy: Turkiy guliston yoxud axloq, ] Demak, hazrat Navoiyning hilm to‘g‘risidagi mulohazalarini Adbulla Avloniy fikrlari bilan taqqoslab shunday xulosaga kelamizki, jamiiyki ezgu sifatlarning debochasi hilm. Kishi bu yumshoq tabiatlik bilan yuksak darajalarga ko‘tariladi. Shu o‘rinda haqli bir savol yuzaga keladi. Xo‘sh hilmning yaxshi fazilat ekanini bildik, biroq bu sifatni kishi qanday hosil qiladi?! Javob shuki, albatta, bu sifat ilm cho‘qqilarini zabt etishi orqali amalga oshadi. Shuning uchun ham ilm o‘rganmoq odam bolalariga farz va shart qilingan. Kim ilm lazzatini, uning halovatini izlasa va unga amal qilish rohatini topsa, insonlar qo‘lidagi narsalarga kam rag‘bat qiladi, qiziqmaydi. Tama’ qilishga o‘zini yo‘latmaydi. Insonni kamolot sari yetaklovchi vosita, albatta - ilmdir. Ilm o‘z sohibini haq so’zni aytadigan pok v botir qilib tarbiyalaydi. Navoiy yozadi: “Odamiyning yaxshirog’i uldurkim, porso va pok bo’lg’ay va Haq so’zin ayturda bevahmu bok bo’lg’ay. O’zi poku ko’zi pokni inson desa bo’lur…” Albatta, ahli ilm o‘zini tama’girlik illatidan saqlashi lozim. Xususan, tolibi ilmlar kamtarin, kamsuqum bo‘lishlari kerak. Tavoze'likni o‘zlariga kasb qilishlarini istagan Navoiy insonlardagi jamiiyki sifat va illatlarni o‘z asarida qiyosiy tahlil qiladi. “Mahbub ul-qulub” da ijobiy xislatlarga zid bo‘lgan salbiy illatlar xususida ham fikr boradi. Navoiy bu kabi sifatlarni axloqsiz kishilarda uchrashini ta’kidlaydi: “Takabbur shayton ishi va biyiklik nodon ishi. Mutakabbir Tengri do‘stlari olida mat’un va Tengri qoshida mardud va mal’un. Xudpisand, ishi bari elga nopisand. Bilikig‘a mag‘rur, bilur elga ma’yub va Tengrig‘a maqhur” . (Ma’nosi: Takabburlik – shayton ishi va manmanlik – nodon ishi. Takabbur odam – barchaga yoqimsiz. Xudbinning hech bir ishi elga ma’qul emas. U o‘z bilimi bilan mag‘rur, ammo bilimdonlar qarshisida esa aybdor.[A.Navoiy: Mahbub ul-qulub, 2019. 86.]) Asarda Navoiy kishi uchun or sanalmish baxillik haqida ham original fikr yuritadi: “Baxilning andoqki, bugun topqoni zaxira bo‘lg‘ay, tongla qabri ham bu kungi maoshi uyidek tiyra bo‘lg‘ay. Zuhdu taqvo barcha vaqtda dilpisanddur, yigitlikda dilpisandroq. Tavba va istig‘no hama vaqtda sudmanddur, qariliqda sudmandroq. Hilmu-hayo ahli har yerda arjumanddur, ulug‘lar nazarida arjumandroq. Yaxshiliq va yomonliqni kim qildikim, jazo ko‘rmadi. Saloh va fasod tuxmin kim ektikim, o‘rmadi” [A.Navoiy: To‘la asarlar to‘plami, 9-jild, 2012. 532.] Baxil bugun topganini asrab qo‘ysa, ertaga uning qabri bugungi ro‘zg‘oridek qorong‘i bo‘ladi. Yumshoq ko‘ngilli va hayoli odam hamma joyda azizdir, ulug‘lar nazarida yanada qadrliroq. Kim yomonlik va yaramaslik qilibdiki, jazosini tortadi, kim yaxshilik va to‘g‘rilik urug‘ini ekibdiki, hosilini teradi. Navoiy baxillikning ziddini ehson deb biladi. Shuni alohida aytish kerakki, inson uchun yana bir ulug’ farz – ehson qilishdirki, bu haqidagi fikrini Navoiy muqaddas hadislarga bog’lagan holda davom ettiradi: “Hal jazo ulehsoni illa-l ehsan”. Jumladan, hamma ta’limotlarda va barcha millat kishilari qoshida ham yaxshilikka yaxshilikdan boshqa mukofot yo’qligi isbotlangan. Navoiy shoshqaloqlik va uning aksi bo’lmish sabr mavzusiga ham murojaat qiladi: “Sabr bilan ko’p bog’liq ish ochilur, ishda oshiqg’on kishi ko’p toyilur, ko’p toyilg’on ko’p yiqilur. Ishda oshiqmoq yosh o’g’lon ishidur. Sabr bila ish qilg’uchi tajribalig’, ulug’ yoshlig’ kishi ishidir”. Bayt: Har kimsaki, aylamas oshiqmoqni xayol, Yafrog’ni ipak qilur, chechak bag’rini bol.[A.Navoiy: To‘la asarlar to‘plami, 9-jild, 2012. 526.] Asarda sabr haqida so‘z borar ekan, yana bir o‘rinda ijodkor sabrning o‘zi achchiq bo‘lsa ham, u faqat manfaat keltiradi, u qattiq narsa, ammo zararni daf etadi deya ta’kidlaydi. Sabrni ta’riflash uchun turli tashbehlardan foydalanadi. Sabrni suhbati zerikarli bo‘lsa ham, maqsadga aniq olib boruvchi musohibga, oxiri murodga yetkazuvchi, uzoqni ko‘zlovchi ulfatga, yurishi sust bo‘lsa-da manzilga yetkazuvchi ulovga o‘xshatadi. Shuningdek, shoir sabrni tabibning achchiq dorisiga qiyoslaydi. Zero, hech kim uni xushlamasa-da, u shifo baxsh etadi.[4. 173-174-b] Bayt: Ajab ranjeki andin sa’b yo‘q ranj, "Экономика и социум" №11(90) 2021 www.iupr.ru 149 Vale chekkan kishining bahrasi ganj.[A.Navoiy: To‘la asarlar to‘plami, 9- jild, 2012. 490.] Ko‘rinib turibdiki, asarda insonning ezgu sifatlarga qanday yetishishi, va bu yo‘lda kishi qanday yomon illatlardan xoli bo‘lishi zarurligi aytib o‘tilgan. Umuman olganda, buyuk mutafakkir, shoir Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari umuminsoniy tarbiya sohasidagi yaxlit bir asar hisoblanadi. Tarbiya haqida gap borar ekan, mutafakkirning barcha o‘gitlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. Ijodkor asarlarda har bir so‘zdan unumli va o‘rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarni tarbiyalashda, ularda umuminsoniy fazilatlarni singdirishda bizga har tomonlama namunadir.

Xulosa
Muxtasar xulosamiz so‘ngida yana shuni ta'kidlashni istardikki, Alisher Navoiy tanbehlari nafaqat yoshlarni tarbiyalash, balki barcha yoshdagilar hatto keksalar uchun ham ibrat tazkirasi bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. O‘n jildlik: 9-jild. – Toshkent: G‘.G‘ulom, 2012-yil. 765 bet. 2. Alisher Navoiy, "Mahbub ul-qulub. Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2019-yil. 316 bet. 3. A.Muhammadiyev “Mahbub ul-qulub” da insoniy fazilatlar tarannumi. “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzusidagi xalqaro ilmiy-nazariy anjumani materiallari. Toshkent: 2019-yil. 4. “Alisher Navoiyning hayoti va ijodi bo‘yicha o‘quv qo‘llanma” T.Matyoqubova, Toshkent – 2009. 5. Abdulla Avloniy, “Turkiy guliston yoxud axloq” 6. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. 4 tomlik. 1-tom. –Toshkent: Fan, 1983. 642 bet 7. www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 150,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin