O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA IONNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
«ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV» FAKULTETI IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI fanidan
WORKSHOP
Bajardi: 82 - 23 guruh talabasi Safaraliyeva Maxfuzabonu Qabul qildi:Tuxtasiniva Muhayyo
Farg’ona – 2023
Mavzu: Qadimgi dunyo va feodal jamiyati davridagi iqtisodiy ta`limotlar Reja: 1. Hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotining predmeti, uslubi (metodi) va ilmiy davrlash.
2. Qadimiy Sharq mamlakatlarida iqtisodiy g'oyalarning shakllanishi.
3. Antik dunyo davlatlaridagi dastlabki iqtisodiy qarashlar.
4. Arab va G'arbiy Evropa davlatlarida feodalizm davridagi iqtisodiy g'oyalar.
Hozirgi zamon iqtisodiy taʼlimotining predmeti, uslubi (metodi) va ilmiy davrlash.Hozirgi zamon iqtisodiy ta'limoti fanning predmeti bo'lib, ma'lum davrlardagi u yoki bu sinflar ijtimoy qatlamlar insonlar manfaatlarini ifoda etuvchi iqtisodiy g'oyalaring vujudga kelishi, rivojlanishi va almashuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi. Hozirgi zamon iqtisodiy ta'limoti mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab, to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g`oya, qarash, nazariya va ta'limotlarini o'z ichiga oladi.Bu fan boshqa iqtisodiy va tarix iy, ayniqsa iqtisodiyot nazariyasi fani bilan bevosita bog'liq. Iqtisodiy tarix ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o'rganish orqali ekonomist, xalq xoʻjaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy kontseptsiyalari hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o`zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o`zgarishlarni shart- sharoitlari va oqibatlarini taxlil etishga katta ko'mak beradi. Masalan: bizga bugun yangidek tuyilgan bozor iqtisodiyoti to'g'risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan "halqlar boyligi asarida asosan to'la tahlil etib berilgan. Ba'zi iqtisodiy g`oyalar esa qadimdan ma'lum, ularni o`rganishda eng muhimi hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko`p xollarda Amerikani yangidan kashf etishga xojat qolmaydi.Bu fanni o`rganish metodologiyasi asosida tarixiylik, ob'ektivlik va dialektik usuli yotadi. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi"ni o`rganishda ma'lum davrlash tizimidan foydalaniladi. Hozircha eng maqbul usul ijtimoiy iqtisodiy formatsiyalarning o`zgarishiga qarab ish yuritishdir. Chunki qaysi formatsiya ustun, ilg`or boshqarishning amalga oshirish bo`lsa o`sha(masalan, quldorlik yoki kapitalizm) davrga xos jamiyatning sinfiy tuzilishi iqtisodiy manfaatlari va boshqalar yotadi.Quldorlik va feodalizm davrida g'oyalarning tarqalishi (migratsiyasi) juda qiyin bo`lgan. Shuning uchun bu davrlardagi iqtisodiy fikrlarni mamlakatlar miqyosida alohida-alohida o`rganishmoqda.