Islom dinida tarbiya masalalari



Yüklə 70,22 Kb.
səhifə1/3
tarix12.07.2023
ölçüsü70,22 Kb.
#136408
  1   2   3
islom dinida tarbiya masalalari



ANGREN UNIVERSITETI


MUSTAQIL ISH


Mavzu: “Islom dinida tarbiya masalalari.”

Bajardi: Xolboyeva G.
Guruh: 109 PP
Tekshirdi: ________________

Angren 2023




Reja:



  1. Islom dinining tarqalishi, Qur`oni karim axloqiy-falsafiy ta`limotlar manbayi




  1. Islomda tarbiya vojibdir



  1. Go`zal tarbiyadan yaxshi meros yo`q, Tarbiya fanining o`rni




  1. Islom dinining tarqalishi va uning tarbiyaga ta`siri

Din- (arab.- e`tiqod, ishonch, itoat) – Xudo yoki xudolarga, g'ayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. Din muayyan ta'limotlar, his-tuyg'ular, toat-ibodatlar va


diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo'ladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o'ziga xos usuli. Dinning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yo'q. Islom dini ta'limotiga ko'ra, Din - Alloh tomonidan o'z payg'ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur bo'lgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga to'g'ri, haqiqiy hayot yo'lini ko'rsatadigan va o'rgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan ta'limotdir. Ta'lim bilim berish, malaka va ko'nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Tarbiya shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini ta'minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi. < - dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarning muqaddas kitobi bo'lib, arab tilida «qiroat» ma'nosini anglatadi. Qur'on 114 suradan iborat. Qur'on kishilarni birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi. Shuning uchun ham u katta axloqiy ahamiyatga ega. «Qur'on»ning axloqiy qimmati haqida fikr yuritilar ekan, uning insonnmg ma'naviy kamolga etishida qay darajada muhim o'ringa ega ekanligiga amin bo'lamiz.
Markaziy Osiyo xalqlari pedagogik fikrlari tarixiy taraqqiyotida VII asrda Arabiston yarim orolida paydo bo'lgan va VIII asrda mintaqamizga ham yoyilgan islom dini muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Chunki islom dini, uning asosiy kitobi «Qur'oni Karim>> va undan keyingi asosiy manba hisoblangan hadislar Allohga, uning payg'ambari Muhammad alayhissalomga e'tiqod qilish bilan birga ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, ilmga intilish, o'zaro ahil bo'lish, mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafo-sadoqatlilik, poklik, adolat, diyonat kabi insoniy sifatlar haqidagi jihatlari va yaxshi fazilatli hamda odob-axloqli bo'lishlik yo'llari bayon etilgan. Xuddi shuningdek, islom dinida millatidan, elatidan, tanasining rangidan qat'iy nazar, inson insonligi uchun ulug'lanadi. Millatchilik, bir-birini kamsitish, talon-tarojlik, irqchilik islomda yo'q va bo'lmagan. Islom dini har qanday millatchilik kayfiyatidan yuqori turadigan olamshumul ta'limot. U barcha millatlarni birlashtirib, teng, do'st, yoru-birodar qilib, tinch-omon yashashlarini o'qtirib keladi. Ayni paytda islom dinida razolat, kibr-havo, adovat, xasad, xiyonat, zulm kabi illatlar qoralanadi. Qur'oni karimdagi oyatlardan biri madinalik sahobalar Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga kelib, uylari uzoqlik qilayotgani bois, uylarini sotib, yaqinroq joyga ko'chib kelishlari haqida shikoyat qilganlarida nozil bo'lgan. Ya'ni uylarni sotishga hojat yo'q, uzoqdan kelayotgan bo'lsalar, har bir bosilgan qadamlariga savob beriladi, mazmunida.< ismi bilan bitta o'zakdan olingani tarbiyachilar mas'uliyatini oshirsa kerak, deb oʻylayman.Demak, bu yengil ish emas. Tarbiya- faqat ta'sir, tartib yoki nazorat, taftish emas, u ilohiy narsa. Tarbiya farzandni doim nazoratga olish, kuzatib borish degani, chunki Alloh taolo surai Fotihaning birinchi oyatida olamlarning robbisi Allohga maqtovlar bo'lsin, degan.Bu oyatda Alloh Rob ismini keltirgan. «Robbil a'lamiyn»> - butun olamlarning murabbiysi degani. Agar Alloh murabbiyligi, ya'ni nazorati, kuzatuvini lahza toʻxtatsa, olamlar izdan chiqib ketadi. Agar murabbiy yoki ota-ona farzandiga bir lahza e'tiborsiz bo'lsa, farzandlar tarbiyasi buzilib ketadi. Rasuli akram sollalohu alayhi vasallam marhamat qilganlarki, har bir tug'iladigan bola fitratda tug'iladi, ya'ni har bir chaqaloq pokiza bo'ladi, u oq qog'oz kabidir.Bu hadisni muhaddislarimiz ota-ona bobida keltirmasdan taqdir bobida keltirganlari tarbiyaning taqdirga bog'liqligini bildiradi. Tarbiyaga kech qolinmasa bo'ldi.
Shariyati Islom farzandga birinchi o'rinda ota onani javobgar qilib qo'ygan. Ota-ona
zimmasiga tarbiyani vojib qilib yuklagan. O'qituvchilar bola hayotining ma'lum qismida uning tarbiyasiga go'yoki ota-onalar tomonidan yollangan murabbiylar hisoblanadilar. Ularni aybdor qilish hech mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Abu Hanifaning bir o'g'li bor edi. Ustozlari Hammod bin Sharaf nomlariga atab o'g'liga Hammod deb ism qo'ygandilar. Imom hazratlari katta savdogar bo'lganlar. U juda band edi va farzandiga avvalgi Qur'oniy ta'limni berish uchun ustoz yolladilar. Iltimos qildilarki, o'g'limizga Qur'on o'qishni o'rgatib bering. Ustoz Hammodga surai Fotihani yodlatdi. Ustozni huzurida otasiga Hammod fotiha surasini chiroyli qilib tilovat qilib berdi. Shunda Imom Hanifa cho'ntaklaridagi 500 dinorni ustozning oldiga qo'ydilar. 1 dinor tanga 5 gramm oltindan bo'ladi 500 dinor katta pul bo'lgan. 1 dinorga o'sha mahalda katta qo'y berilgan. Bu degani Fotiha surasini o'rgatgani uchun ustozga 500 ta qo'y berildi. Shunda ustoz biroz xijolat bo'ldi. Hazratga juda ko'p pul berganligi bitta dinor ham ko'plik qilishini aytganida Imom Hanifa bir gap aytdi: «Ustoz, xizm ngizni yengil sanamang. Bu hali yonimda bo'lganidir. Agar yonimda butun molim bo'lganida poyingizga qo'ygan bo'lardi. O'g'limga Fotihani, Qur'onning onasi bo'lgan surani o'rgatganingiz uchun" Go'zal tarbiyadan yaxshi meros yo'q To'g'ri, har bir ota ona farzandiga faqat yaxshilikni ilinadi. Farzandi uchun ortiqcha orzu-havas qiladi va ikkalasi birgaishlaydi. Ota-ona farzandini tarbiya qilish kerak bo'lgan paytda orzu-havas uchun tirikchilik qilishga majbur bo'ladi, bola tarbiya oladigan yoshda to'liq tarbiya ololmay qoladi. Ammo, afsuski, ertaga orzu - havaslar o'tmay qolishi bor. Aslida orzu-havas chiroyli tarbiya bilan bo'ladi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: <



  1. Yüklə 70,22 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin