Международный научный журнал
№
6
(100),
часть
1
«
Новостиобразования
:
исследование
в
XXI
веке
»
январь
, 202
3
г
1174
BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHNING YOZISHGA O’RGATISH BOSQICHIDA
PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARINI INOBATGA OLISH MASALASI
JDPU,Sirtqi bo’lim makatabgacha va boshlang’ich
yo’nalishlarda masofaviy ta’lim kafedrasi o’qituvchisi
Eshbekova Gulbahor Zafarboyevna
6-DMTT tarbiyachisi
Begimqulova Dildora Ne’matullayevna
Annotatsiaya
:
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga o’qish va yozish
ko’nikmalarini shakllantirish maqsadlari va ularni amalga oshirish mexanizmlari haqida
ma’lumotlar berilgan.MTT tarbiyachilari hamda ota-onalaraga metodik yordam sifatida
xizmat qilishi mumkin.
Аннотация.
В данной статье представлена информация о мерах по обучению и
поддержке детей дошкольного возраста и механизмах их реализации. Педагоги
дошкольнаяобразовательнаяорганизация
могут оказать методическую поддержку
родителям
Annotation.
This article provides information about measures to provide education
and support to preschool children and their implementation mechanisms. Preschool
education organization educators can provide methodical support to parents.
Kalit so’zlar:
maktabgacha ta’lim tashkiloti.maktabgacha yosh,o’qish mlakalari.yozish
ko’nikmalari, qo’l matorikasi,harf, bo’g’in,
Ключевые слова:
организация дошкольного образования, дошкольный
возраст, навыки чтения, письма, моторика рук, буквы, слоги,
Key words
:
preschool education organization, preschool age, reading skills, writing
skills, hand motor skills, letters, syllables
XXI asrga qadam qo‘ygan o‘zbek halqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi bu
ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Albatta ushbu g‘oyani amalga
oshirishda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy yo‘nalishlar bilan bir qatorda barkamol avlodni voyaga
yetkazish, ular nutqini o‘stirish muhim o‘rin tutadi.Har
bir inson rivojlanishida, boshqa
kishilar bilan muloqot qila olishida
nutq asosiy omil hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi
ta’lim tizimida o‘z fikrini ta’sirchan
yetkazishda tushunarli, mantiqiy, aniq, ravon nutqqa
ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash kabi masalalar dolzarb bo‘lib kelmoqda.Ushbu
dasturda
maktabgacha ta’lim tizimida, tadqiqot ishining samarali yakunlanishida tajriba-sinov
ishlarining ilmiy-pedagogik va tashkiliy-metodik jihatdan to‘g‘ri
tashkil etilishi muhim
ahamiyatga ega.
Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida maktabga tayyorlash ikkita asosiy vazifani
o'z ichiga oladi: bolani har tomonlama tarbiyalash (jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik) va u