Kazus
Fuqaro B O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-maydagi “Istiqbolli boshqaruv
kadrlarni tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora tadbirlari
to‟g‟risida”gi 3755-conli Qaroriga muvofiq O‟zbekiston Respublikasi Prezidenoti huziridagi
Davlat boshqaruvi Akademiyasida tashkil etilgan “Taraqqiyot” Respublika tanlovida ishtirok
etadi. Fuqaro Bning tanlov veb-partali orqali jo‟natgan hujjatlari tanlov shartlariga mos
kelganligi, uning anketalarida ishtirokchilarga qo‟yilgan ta‟lablarga zid holatlar
aniqlanmaganligi tufayli, dastlabki to‟rt bosqichdan yuqori natijalar bilan o‟tgandi. Biroq fuqaro
B Komissiya tomonidan “soliq va bojhona sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi” nominatsiyasi
bo‟yicha o‟tgazilgan novbatdagi “Yozma tahliliy material bosqichi” natijalari e‟lon qilinganidan
so‟ng, rahbarlik lavozimida ishlamagan nomzod sifatida tanlov ishtirokchilari ro‟yhatidan
chiqariladi. Bundan norozi bo‟lib, fuqaro B ushbu mazmundagi shikoyat arizasi bilan ma‟muriy
sudga murojaat qilib, unda javbgar Istiqbolli boshqaruv kadrlarni tanlab olish bo‟yicha
“Taraqqiyot” Respubilka tanlovini o‟tkazishni tashkil etish bo‟yicha komissiyaning uni tanlov
ishtirokchilaridan chiqarishda ifodalangan xatti-harakatlarini g‟ayriqonuniy deb topib,
Komissiya zimmasiga uni tanlovda ishtirok etish huquqlarini tiklash majburiyatini yuklashni
so‟ragan. Birinchi instansiya sudi, javobgar Istiqbolli boshqaruv kadrlarni tanlab olish bo‟yicha
“Taraqqiyot” Respublika tanlovini o‟tkazishni tashkil etish bo‟yicha komissiyasi ma‟muriy
orgon emasligi, shunga ko‟ra fuqaro Bning shikoyatda keltirilgan talablari ma‟muriy sudning
sudloviga taaluqli emasligini asos qilib, shikoyatni ish yurituviga qabul qilishni rad etish haqida
ajrim chiqardi.
Mazkur vaziyatni “Ma‟muriy tartib-tamoillar to‟g‟risida”gi qonun doirasida tahlil qiling va
huquqiy baho bering. Maskur kazusga oid bo‟lgan soha qonunchiligidagi muammolarni tahlil
qiling.
Javob
Bu vaziyatda fuqaro B Istiqbolli boshqaruv kadrlarni tanlab olish bo‟yicha “Taraqqiyot”
Respubilka tanlovini o‟tkazishni tashkil etish bo‟yicha komissiyaning uni tanlov ishtirokchilari
safidan chiqarganliklari o‟rinli deb hisoblayman. So‟zim tasdig‟i sifatida Istiqbolli boshqaruv
kadrlarini tanlab olish bo„yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini tashkil etish va o„tkazish
tartibi to„g„risida NIZOMI 2-bob. Tanlovni tashkil etish va o„tkazish
8-bo‟limi Tanlovning onlayn saralashbosqichi quyidagilarni o„z ichiga oladi: a) punktida ko‟zda
tutilgan talabni etiboringizga havola etsam.
a) qatnashchilarni veb-portalda elektron tarzda ro„yxatga olish.
Tanlovda ishtirok etish uchun veb-portalda tayanch oliy ma‟lumotga va tegishli sohada rahbarlik
lavozimida kamida 3 yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo„lgan(45 yosh ham
qo„shilgan holda) O„zbekiston Respublikasi fuqarolari ro„yxatdan o„tishi mumkin.
Talabgorning veb-portalda ro„yxatdan o„tishiuning tanlovni o„tkazish qoidalari bilan
tanishganligi va ularni to„liq ma‟qullashini tasdiqlaydi. Har bir tanlov qatnashchisi faqat bir
marta va bitta nominatsiya bo„yicha ro„yxatdan o„tishi mumkin;
Demak bundan ko‟rinib turibdikin fuqaro B tanlov shartlari bilan tanishib chiqmagan, yohud
tanishib chiqib bil vosita so‟rovnomaga yolgon malumotlarni kiritgan. NIZOMNING 2-bobining
8-bo‟lim b)punktiga etibor berishingizni so‟rayman.
b) ro„yxatga olingan qatnashchilar tomonidan veb-portalda onlayn buyurtmanoma berish va
tanlovda ishtirok etish uchun so„rovnomalarni to„ldirish.
Tanlov qatnashchilari tomonidan taqdim etiladigan buyurtmanoma qaysi nominatsiyaga taalluqli
ekanligini ular mustaqil ravishda tanlaydilar. Ishchi guruh buyurtmanomalarni ko„rib chiqishda
ishtirokchi tomonidan so„rovnomada ko„rsatilgan tegishli sohadagi ish tajribasiga qarab
nominatsiyani o„zgartirishni tavsiya etishga haqlidir.
Tanlov qatnashchilari so„rovnomada belgilangan shaklga muvofiq haqqoniy ma‟lumotlarni
ko„rsatishi shart. So„rovnomaga bila turib yolg„on axborotni kiritish ishtirokchini tanlovdan
chetlatish uchun asos bo„ladi.
Talabgorlar tomonidan tanlovda qatnashishga buyurtma berish uchun so„rovnomaning shakli
Akademiya rektorining buyrug„i bilan tasdiqlanadi; Xulosa o‟rnida sizga shuni aytishim
mumkinki fuqaro B Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo„yicha “Taraqqiyot” respublika
tanlovida ishtirok etishi uchun tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida 3 yil ish tajribasiga
ega bo‟lishi kerakligi NIZOMDA ko‟rsatilgan. Demak Komissiya tomonidan “soliq va bojhona
sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi” nominatsiyasi bo‟yicha rahbarlik lavozimida ishlamagan
nomzod fuqaro B tanlov ishtirokchilari ro‟yhatidan saoali ravishda chiqarilgan. Fuqaro Bning
ma‟muriy sudga kiritgan arizasi va birinchi instansiya sudi, javobgar Istiqbolli boshqaruv
kadrlarni tanlab olish bo‟yicha “Taraqqiyot” Respublika tanlovini o‟tkazishni tashkil etish
bo‟yicha komissiyasi ma‟muriy orgon emasligi, shunga ko‟ra fuqaro Bning shikoyatda
keltirilgan talablari ma‟muriy sudning sudloviga taaluqli emasligini asos qilib, shikoyatni ish
yurituviga qabul qilishni rad etish haqida ajrim chiqarishiga to‟htaladigan bo‟sak. Fuqaro B
tomonidan berilgan ariza MA‟MURIY TARTIB-TAMOILLAR TO‟G‟RISIDAGI O‟zbekiston
Respublikasi Qonunining 42-moddasida. Arizaning mazmuni va unga qo„yiladigan talablar
Ma‟muriy organga beriladigan arizada quyidagi ma‟lumotlar ko„rsatilgan bo„lishi kerak:
1) ariza berilayotgan ma‟muriy organning nomi;
2) arizachi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning yashash joyi, agar
arizachi yuridik shaxs bo„lsa — uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), shuningdek
agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo„lsa, vakilning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi)
va manzili;
3) arizachining talabi;
4) arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning ro„yxati (agar bunday hujjatlar mavjud bo„lsa);
5) ariza berilgan sana.
Ariza arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan
bo„lsa, unga ishonchnomaning yoki vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjatning
ko„chirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning
manfaatlarini ko„zlab berilgan arizada ushbu moddada ko„rsatilgan ma‟lumotlardan tashqari o„z
manfaati himoya qilinayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning manzili
(pochta manzili) va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborot ko„rsatilgan bo„lishi
kerak.
Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarga nisbatan qonun hujjatlarida boshqa talablar ham
nazarda tutilgan bo„lishi mumkin.
Ma‟muriy organ arizachidan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan axborotni yoki hujjatlarni
taqdim etishni talab qilishga, shuningdek arizaga va unga ilova qilingan hujjatlarga nisbatan
talablar qo„yishga haqli emas.
Elektron shaklda beriladigan arizalarda arizachining elektron manzili hamda yagona
identifikatori, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa elektron raqamli imzo va boshqa
rekvizitlar ko„rsatilishi kerak.
Arizada elektron manzilning ko„rsatilganligi arizachining xabarlarni axborot tizimi orqali qabul
qilishga bo„lgan roziligidir.
Jismoniy va yuridik shaxslar arizalarni og„zaki shaklda berishga ham haqli, bundan qonun
hujjatlarida to„g„ridan to„g„ri taqiqlangan hollar mustasno.
Ushbu talabga to‟laligicha mosdeb topilib. Yuqorida takidlangan Ma‟muriy tartib-tamolillar
to‟g‟risidagi qonunnng ” 46-modda. Manfaatdor shaxsning arizasini taalluqliligi bo„yicha
vakolatli ma‟muriy organga yuborish
Talab qilinayotgan ma‟muriy hujjatni qabul qilish o„z vakolatiga kirmaydigan ma‟muriy organga
kelib tushgan ariza qonun hujjatlariga muvofiq ma‟muriy ishlarni ko„rib chiqishga vakolatli
bo„lgan ma‟muriy organga ko„pi bilan besh kunlik muddatda yuboriladi va bu haqda arizachiga
xabar beriladi”siga muvofiq ta‟luqlilik darajasi bo‟yicha vakolatli o‟rgonga yuborilishi maqsadga
muvofiq bo‟lardi. Qisqacha qilib aytganda bu masala yuzasidan tizimli muammolar ko‟zga
tashlanib turibdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1- Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo„yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovini
tashkil etish va o„tkazish tartibi to„g„risida NIZOMI
2- MA‟MURIY TARTIB-TAMOILLAR TO‟G‟RISIDAGI O‟zbekiston Respublikasi
Qonuni
3- LexUZ