Mavzu: Tanlov savdolari



Yüklə 102,25 Kb.
səhifə1/5
tarix02.06.2023
ölçüsü102,25 Kb.
#122806
  1   2   3   4   5
Tanlov savdolari 2

Mavzu: Tanlov savdolari

Tayyorladi: Ismoilov Ahrorbek

Salimov Og’abek

Reja: 1. Tanlov tushunchasi va uni o’tkazish mezonlari. 2. Tanlov o’tkazilishi to’g’risidagi e’lon va tanlov hujjatlari. 3. Tanlov ishtirokchilarining takliflarini berish, ularni ko’rib chiqish va baholash tartibi.

1-savol bayoni Tanlov-bu shartnomani bajarish bo’yicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi g’olib deb topiladigan xarid qilish tartib-taomilini amalga oshirishning turi hisoblanadi. Davlat xaridi to’g’risidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga tanlov o’tkazilishi to’g’risidagi e’lonni va tanlov hujjatlarini joylashtirish orqali cheklanmagan doiradagi shaxslarga ma’lum qilinadi.

Tanlovni o’tkazish mezonlari. Tanlov vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning o’zida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi: - tovarning (ishning,xizmatning) batafsil va aniq ta’rifini tavsiflash imkoniyatining mavjudligi; - g’olibni aniqlash mezonlari tovar (ish,xizmat) davlat xaridining nafaqat pul ifodasiga, balki miqdoriy va sifat bahosiga ham ega bo’lishi; - Tovar qiymati bir shartnoma bo’yicha bazaviy hisoblash miqdorining 5000 baravaridan 25000 baravarigacha bo’lgan miqdorni tashkil etishi;

- xizmatlarning,ishlarning qiymati bir shartnoma bo’yicha bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 25000 baravarigacha bo’lgan miqdorni tashkil etishi. Byudjet buyurtmachilari uchun tanlovdagi davlat xaridlari: * tovarning qiymati bir shartnoma bo’yicha bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravaridan 6000 baravarigacha bo’lgan miqdorni tashkil etishi kerak;


* ishlarning,xizmatlarning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan 6000 baravarigacha bo’lgan miqdorni tashkil etishi kerak.
Agar investitsiya loyihalari doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,qarorlari va farmoyishlari bilan davlat buyurtmachilariga tenderni o’tkazmasdan tovarlarni (ishlarni,xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish huquqi berilgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomilini davlat xaridining summasidan qat’iy nazar tanlov o’tkazish orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 102,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin