Jamiyatni axborotlashtirish jarayonlarining ta’limni axborotlashtirish rivojlanishiga ta’siri



Yüklə 9,02 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü9,02 Kb.
#211257
  1   2   3
loyiha

Jamiyatni axborotlashtirish jarayonlarining ta’limni axborotlashtirish rivojlanishiga ta’siri

Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga aylanmoqda. Ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlaming tutgan o‘rni tobora yuksalmoqda va ular strategik resursga aylangan. Dunyoda jamg'arilgan axborot va bilimlaming 90 % i so'nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida, jumladan, ta’limda ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng ko'lamda samarali foydalanishni talab etmoqda. Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, zamonaviy ax­borot texnologiyasi, modellash, ma’lumotlar manbayi, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta’minlash va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi.

Axborotlashtirish jarayoni deganda — inson faoliyatining muhim yo'nalishlarida olingan bilimlardan samarali foydalanish uchun ko'rilgan kopleks chora-tadbirlar tushuniladi. Zamonaviy va samarali yechimlar topish uchun ko'plab, struktura jihatidan murakkab axborot tizimi yaratilmoqda, natijada, axborotlashtirish jarayonida ishtirok etuvchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu jamiyat va moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining ko'plab mablag'larini shu sohaga jalb qilishga olib kelmoqda. Bu o'z navbatida insonlami axborot resurslari- dan ratsional foydalanish yo'llarini qidirishga majbur qilmoqda. Zamo­ naviy sharoitda yangi axborot oqimi qanchalik tez ko'paysa, shu bilan birga ularning eskirish muddatlari ham tezlashmoqda, bu o'z navbatida, axborotni tanlash, unga erishish qiyinchiliklarini keltirib chiqarmoqda.

Jamiyatni axborotlashtirish – jamiyat hayotining barcha sohalarida axborot resurslarini faol shakllantirish va ulardan keng miqyosda foydalanish jarayonini ifodalaydigan tushuncha. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonida ishlab chiqarishning odatdagi texnologik usuli va turmush tarzi axborot vositalari va usullaridan foydalanishga asoslanadigan yangicha (postindustrial) shakl-shamoyil va mazmun-mohiyat kasb etadi. Axborotlashgan jamiyat konsepsiyasiga ko‘ra, jamiyatni axborotlashtirish sivilizatsiya rivojlanishining yangi tarixiy bosqichi bo‘lib, unda axborot va bilim ishlab chiqarishning eng asosiy mahsullaridan biri hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlari: a) jamiyat hayotida axborot va bilimlar rolining ortishi; b) yalpi ichki mahsulotda axborot kommunikatsiyalari,mahsullari va xizmatlari ulushining ko‘payishi; v) global axborot maydonining yaratilishi. Bu esa, o‘z navbatida, odamlarning samarali informatsion o‘zaro aloqa qilishini, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishini hamda ularning axborot mahsullari va xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishini taqozo qiladi.


Yüklə 9,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin