“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-7, Issue-1, April - 2022
55
JAMIYATNING HUQUQIY SOVODXONLIGINI OSHIRISH
Zokirov Shohruxbek Zohidjon o’g’li
Qo’qon Davlat Pedagogika Instituti Tarix fakulteti Milliy g'oya ma'naviyat
asoslari va huquq ta'limi yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Email:
shohruxzokirov2320@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqola jamiyatimizda aholining huquqiy savodxonligini
oshirish yangi ishlab chiqilayotgan qonun, qarorlar bilan ularni tanishtirish va
ularning ushbu loyihalarda ishtirokini ta'minlash maqsadida chora tadbirlar va
qo'shimcha takliflar to'g'risida yozilgan.
Kalit so'zlar:
Jamiyat, Huqiq ong, Huquqiy ta'lim, Huquq, Qonun,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Kirish:
Mamlakatimiz milliy huquq tizimida keng ko‘lamli yangi islohatlatlar
olib borilmoqda bu esa o‘z navbatida jamiyatning huquqiy savodxonligini oshirishni
talab qiladi.
"Biz jamiyatimizda shunday huquqiy madaniyatni shakllantirishimiz kerakki,
unga muvofiq Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquq va
erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyat emas, balki kundalik
qoida va odatga aylanishi shart"
Shavkat Mirziyoyev
Ma’lumki mamlakatimizda jamiyatning har bir jabhasida jadal o'zgartirishlar
bo'layotganida huquq sohasida ham yangi narmativ-huquqiy hujjatlar ishlab
chiqilishi ham jadallashmoqda. Bunga asosiy sabab hozirgi tezkor zamonda huquqiy
bilimlar oshib borilyotganligidir. Shuningdek aholini huquqiy savodxonligini
oshirish uchun qator ishlar qilinmoqda. Masalan O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining 09.01.2019 yildagi PF-5618-son farmoni ham buning isboti.
Dostları ilə paylaş: |