63b3409ba540f Jamiyatning huquqiy savodxonligini oshirish
“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-7, Issue-1, April - 2022 57 ekanligini hisobga olgan holda shuni e’tirof etish kerakki, huquqiy ong bo’lishi
uchun avvalo huquqiy savodxonlik juda zarurdir. Huquqiy savodxonlik fazilati
shaxs – jamiyat –davlat munosabatlariga muhim ta’sir ko’rsatadi, hayotda mehnat
faoliyatida yoki boshqa bir sohada yuzaga keladigan muammolarni adolatli va xolis
hal qilish imkonini beradi. Yuridik adabiyotlarda huquqiy savodxonlik
tushunchasiga yakdil ta’rif berilmagan bo’lsa-da, ulardan quyidagicha tushuncha
hosil qilish mumkin: huquqiy savodxonlik – bu yuridik matnlardagi atamalarni
tushunish, ulardan umumiy xulosalar chiqarish va bu bilimlarni amaliyotda qo’llay
olish qobilayatidir. Xorijiy yuridik adabiyotlar ham shunga yaqin mazmunni
ifodalaydi, ya’ni shaxsning o’z huquq va majburiyatlarini tanishi, qaysi holatlar
yuridik nizo ekanligini bilishi va ularga qonuniy yechim topa olishi, huquqiy
axborotni qayerdan topishni, yuridik yordamni qayerdan va qanday qilib olishni,
qonunchilik tizimida qaysi choralar borligini hamda protsessual tartibni bilishi
huquqiy savodxonlik belgilari hisoblanadi.
Xulosa: Jamiyatning esa huquqiy savodxonligini oshirish uchun ommaviy
axborot vositalari ornini kengaytirish lozim deb hisoblayman. Qonunlar tuzilishida
xalq fikrini bilish, ishlab chiqilgan qonunlarni xaqlga yetkazishni yaxshi yo'lga
qoyilgandagina xalqning, jamiyatning xuquqiy savodxonligi oshishi mumkun. Yana
bir yo'li huquqiy talimni chuqurlashtirish. Huquqiy ta’lim – huquqiy madaniyat,
ya’ni insonga huquq beradigan barcha ijobiy va qimmatli tomonlarni
o‘zlashtirishning qo‘shimcha tarkibiy qismi. Axloqiy fazilatlar va huquqiy bilimlar
yig‘indisi yuqori darajadagi huquqiy madaniyat asosini tashkil etadi. Davlat
qonunchilik asoslarini o‘zlashtirish huquq va qonunlarga ijobiy munosabatda
bo‘lishga imkoniyat yaratadi, ularni bajarish zaruratini yuzaga keltiradi.