Jamiyatning ijtimoiy,siyosiy va ma'naviy tizimi



Yüklə 118,5 Kb.
səhifə1/15
tarix08.04.2023
ölçüsü118,5 Kb.
#95120
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Jamiyatning ijtimoiy,siyosiy va ma\'naviy tizimi

Jamiyatning ijtimoiy,siyosiy va ma'naviy tizimi

REJA:

1. Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi hamda Sharq mutafakkirlarining jamiyat to‘g‘risidagi qarashlari.

2. G‘arb sotsiologiyasida ijtimoiylik atamasi va Maks Veber konsepsiyasida ijtimoiy tiplar nazariyasi.

3. Jamiyat va davlat, jamiyatning mexanistik, organik va boshqa tarzlarda ta’riflanishi.

4. An’anaviy va industrial jamiyat hamda ularning belgilari.

Tayanch so‘z va iboralar:Murojaatnoma, HarakatlarStrategiyasi, Jamiyat, ijtimoiylik, sektorlar, davlatbelgilari, T.Parsons nazariyasi, Harakatning umumiy nazariyasi, Davlat mexanizmi, sotsiologiyadajamiyatyo‘nalishlari, Davlat funksiyalari, zamonaviy jamiyat turlari, industrial (sanoat)va postindustrial jamiyat, fuqarolikjamiyati.

Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi va sharq mutafakkirlarining jamiyat to‘g‘risidagi qarashlari

Jamiyat (arab. umumiy) – tabiatning bir qismi, borliqning alohida shaklini ifodalaydigan falsafiy tushuncha, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan ko‘plab munosabatlar majmuasi, o‘zida moddiylik va ma’naviylikni, ob’ektivlik va sub’ektivlikni, tabiiylik va ijtimoiylikni mujassamlashtiradigan tushuncha.1 Yoki boshqacha aytganda, jamiyat – insonlarning barcha o‘zaro harakatlari uslublari va bir-biridan har tomonlama bog‘liqligi ifodalanadigan birlashmalarning yig‘indisi.

Ijtimoiylik atamasi – jamiyat hayotining turli tomonlarini belgilash uchun xizmat qiluvchi tushunchadir.

Aksariyat sotsiologik lug‘atlarda jamiyat deyilganida, “Tarixiy rivojlanish jarayoni davomida tashkil topgan inson o‘rtasidagi moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o‘zaro faoliyati natijasida yuzaga kelgan sotsial aloqalar va munosabatlarning mustahkam tizimi2” tushuniladi.


Yüklə 118,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin