JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/
Volume–28_Issue-1_May_2023
217
KORXONA PUL MABLAGʻLARI HARAKATI TAHLILI VA PUL
MABLAGʻLARINI BUXGALTERIYA HISOBIDA TURKUMLANISHI
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
DSc., prof.
Xajimuratov N.Sh.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistri
Iskandarov Saida’zamxon Salohiddin o‘g‘li
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada, korxona pul mablagʻlari harakati tahlili va pul
mablagʻlarini buxgalteriya hisobida turkumlanishi haqida so‘z yurutilgan.
Kalit so‘zlar:
korxona faoliyati, naqd pulsiz hisob-kitoblar, to‘lov, pul resurslari,
mablag‘larni turkumlash, hisob-kitob schoti, bankdagi pul maablag‘lari, valyuta schoti.
Annotation:
This article talks about the analysis of the movement of funds of the
enterprise and the classification of funds in accounting.
Keywords:
business activity, non-cash payments, payment, monetary resources,
classification of funds, settlement account, bank balances, currency account.
Аннотация:
В данной статье говорится об
анализе движения денежных
средств предприятия и классификации денежных средств в бухгалтерском учете.
Ключевые слова:
хозяйственная деятельность, безналичные расчеты,
платеж, денежные средства, классификация денежных средств, расчетный счет,
остатки в банках, валютный счет.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida naqd pulsiz hisob-kitoblardan samarali foydalanish
korxonalar iqtisodiyotining barqaror rivojlanishining ta’minlovchi asosiy omillaridan
biridir. Chunki korxonalar faoliyatining uzluksiz davom etishini ta’minlash
uchun
zarur ishlab chiqarish zahiralari va mehnat vositalari sotib olish,
davlat budjetidan
tashqari fondlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun ma’lum miqdorda naqd pulsiz
hisob kitoblar talab qilinadi. Shuning uchun ham korxonalar mavjud pul mablag‘larini
yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlarga sarflashda iqtisodiy jihatdan manfaatli va tejamli
bo‘lgan hamda korxonaga o‘z mablag‘laridan ratsional foydalanish imkonini berishni
birinchi navbatda hisobga olish zarur. Yuqoridagi
fikr va mulohazalar ushbu
mavzuning dolzarbligini belgilab beradi va bozor munosabatlari sharoitida
korxonalarning pul mablag‘lari va ularning xarajati to‘g‘risidagi
boshqaruv apparati
uchun zarur ma’lumotlarni buxgalteriya shakllantirish masalalarini o‘rgatadi.
Pul to‘lov vazifasini ham bajaradi. Bunda pul korxona mol yuboruvchilar,
pudratchilar va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik subyektlariga va davlat budjeti va
budjetdan tashqari fondlarga bo‘lgan qarz majburiyatlarini bajaradi.
Pul mablag‘larining korxona iqtisodiyotida tutgan o‘rni uning asosiy vazifalarini
bajarish uchun buxgalteriya hisobi boshqaruv apparatini tegishli ma’lumotlar to‘plami