Kafedra: gistologiya va tibbiy biologiya fan: tibbiy biologiya va umumiy genetika odamlarda parazitlik qiluvchi sporalilar, sarkodalilar, infufo



Yüklə 178,75 Kb.
səhifə1/18
tarix07.01.2024
ölçüsü178,75 Kb.
#202140
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Xusnobod opaga


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

"TASDIQLAYMAN"
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
Baymurodov Sh.A.__________
"____" _________ 2022 yil


KAFEDRA: GISTOLOGIYA VA TIBBIY BIOLOGIYA
FAN: TIBBIY BIOLOGIYA VA UMUMIY GENETIKA


ODAMLARDA PARAZITLIK QILUVCHI SPORALILAR, SARKODALILAR, INFUFO`RIYALAR MAVZUSIDA VAZIYATGA DOIR MASALALAR VA TESTLAR TO'PLAMI

tibbiyot oliy o'quv yurtlarining davolash,tibbiy profilaktika va tibbiy-biologiya fakultetlarining birinchi kurs talabalari uchun o'quv uslubiy qo'llanma

Toshkent-2022

Tuzuvchilar: dotsent Qurbonov A.K., Professor Xoliqov P.X., assistentlar: Husayinova H., Sh.A.Islomova,Samadova F.R.

O`quv uslubiy qo‘llanma TTA ning MUH kengashida “____” _______ 2022 yil “___” sonli bayonnomasida ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.


Taqrizchilar:
R.I.Isroilov – Respublika patologik anatomiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori,professor
R.A.Sobirova – TTA Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori.

KIRISH
Tibbiyot oliy o`quv yurtlari bo‘lajak shifokor shaxsini shakllantiradi, insonparvar va ijodiy kasbni egallashga yordam beradi, mustaqil ijodiy faoliyat qobiliyatini rivojlantiradi. Tibbiyot oliy o`quv yurtlarida kredit-modul tizimining zaruriy sharti mustaqil ishni to'g'ri tashkil etishdir. Tibbiy biologiya va genetika fani bo`yicha talabalarning mustaqil ishlari ikki shaklda: auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil shaklda olib boriladi. Auditoriyadan tashqari ishlarda talabalarning mustaqil ta'lim olishlari uchun mavzular darsliklarda to'liq belgilangan. O'z-o'zini nazorat qilish uchun talaba darsning har bir mavzusi bo'yicha vaziyatli masalalar yechadi, ochiq va yopiq test savollariga javob beradi. Talaba ish daftaridagi mustaqil ta'lim jarayonida uning oldiga qo`yilgan har bir alohida mavzu bo'yicha shartlarni to`liq to'ldirishi kerak. Bunday yozuvlar talabalarga bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, faol ish ko'rsatkichi bo'lib xizmat qiladi, talabaning bergan javoblari o'qituvchi tomonidan tekshiriladi.
Kafedrada talabaning mustaqil ishlarini bajarilishini bevosita o`qtuvchi nazorati ostida amalga oshiriladi, bunda tibbiyot parazitalogiyasi odamlarda parazitlik qiluvchi sporalilar, sarkodalilar, infuzoriyalar mavzusida vaziyatga doir masalalar yechish muhim hisoblanadi. Auditoriyada talaba mustaqil ishi bevosita o`qituvchi ishtirokida amalga oshiriladi, ular mustaqil ravishda vaqtinchalik mikropreparatlar tayyorlaydilar, mikroskopda tayyorlangan mikropreparatlar ko`rilib, o`rganilib, taxlil qilinadi va albomga chizib olinadi. Vaziyatga doir masalalar va testlar talabaning fan bo`yicha nazariy bilimlarini oshirib bu bilimlaridan kasbiy maxoratida foydalanish imkonini beradi. Ularda tibbiy biologiya va genetika faniga qiziqishni shakllantiradi va olgan nazariy bilimlarini shifokorlik tibbiy faoliyatida foydalanish imkonini beradi.
Bundan tashqari vaziyatga doir masalalar va testlarni o`zlashtirish talabalarga axborotlarni faol yig`ish qayta ishlash va taxlil qilish imkoniyatini beradi.Hamda klinik fikrlashni rivojlantirib noananaviy xulosalar qilishga sharoit tug`diradi,taabalarga tajribalar o`tkazish va o`zlarining o`ylagan fikr mulohazalarini to`liq ochib berish hamda tasdiqlab berish imkoniyatini beradi.
Odamlarda parazitlik qiluvchi sporalilar, sarkodalilar, infuzoriyalar mavzusidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanma tibbiyot oliygohlari davolash, tibbiy profilaktika va tibbiy-biologiya fakultetlari uchun o‘quv rejasiga muvofiq kredit-modul tizimi asosida tuzilgan bo‘lib, mavzu bo`yich vaziyatga doir masalalar va testlarni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 178,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin